40-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining moddiy-texnika taʼminoti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-700-son) · Sana: 06.07.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini joylashtirish yoki uning boʻlinmalarini joylashtirish uchun moʻljallangan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalanishga transport vositalarini va boshqa mol-mulkni davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, tashkilotlardan, fuqarolardan qabul qilib olishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruvidagi binolar, imoratlar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk, mazkur binolar, imoratlar, inshootlarga tutash suv obyektlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan yaratilgan yoki olingan mol-mulk, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga berilgan yer uchastkalari davlat mulkidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikda belgilangan tartibda shakllantiriladigan xizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.
