16-modda. Qoʻriqlanadigan obyektlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-700-son) · Sana: 06.07.2021 · Amalda
Qoʻriqlanadigan obyektlar quyidagilardan iborat:
1) qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlar;
2) qoʻriqlanadigan shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport vositalari, shuningdek ularning doimiy joylashuv joylari;
3) qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruviga berilgan binolar, imoratlar, inshootlar (shu jumladan alohida xonalar), yer uchastkalari va suv obyektlari;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga muvofiq qoʻriqlanishi lozim boʻlgan boshqa obyektlar.
