13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan hamkorligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-700-son) · Sana: 06.07.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi hamda ushbu organlar va tashkilotlarning qoʻriqlanadigan shaxslar xavfsizligini taʼminlash masalalariga doir faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi.
Qoʻriqlanadigan shaxslarning, qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlarning hamda harakatlanish yoʻnalishlarining xavfsizligini taʼminlash uchun jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarining kuch va vositalari qoʻriqlash tadbirlari oʻtkazilayotgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruvida boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.
