Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha komissiyaning Oʻzbekiston qismi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (KQ-232/1-IV-son)
31.05.2021
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha komissiyaning Oʻzbekiston qismi tarkibi quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Safoyev Sodiq Solixovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston qismidan hamrais 2. Matmuratov Batir Djoldasovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari 3. Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator 4. Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Sirdaryo viloyati hokimi 5. Xursanov Abdullo Xalmuradovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzosi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi 6. Tulekova Ziba Tolibekovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi, Navoiy viloyati Tomdi tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari 7. Suyarova Sanobar Zarfullayevna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasiga qarashli “Umid” maktab internati direktori 8. Annaklicheva Gulistan Axmedovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi, “Qoraqalpogʻiston adabiyoti” gazetasi bosh muharriri
2. Mazkur Qaror tegishli davlat organlariga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 31-may,
KQ-232/1-IV-son
