“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyruqning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2971-5-son)
26.06.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 26-iyun 2021-yil roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2971-5]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 156-son “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 2971-1, 2019-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 3-son, 58-modda) 2-bandidagi “2021” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-iyun,
36-son
