2021-yilning 23-24-iyun kunlari Buxoro shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusidagi xalqaro forumni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida (1049-IV-son)
14.06.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 3-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 9-apreldagi “Buxoro shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusidagi xalqaro forumni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 852-IV/KQ-211-IV-sonli Qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar:
“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusidagi xalqaro forum (bundan buyon matnda Global forum deb yuritiladi) dasturi 1-ilovaga;
Global forumni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar hisob-kitobi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlarining rahbarlari Global forumni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq koʻzda tutilmagan sarf-xarajatlar yuzaga kelganda 2021-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasida xorijiy delegatsiyalarni kutib olish va chet elga delegatsiyalar yuborish uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan toʻlovlarni haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, ularning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 1-ilovada keltirilgan Global forumning xorijiy ishtirokchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari tomonidan, shuningdek, zarur hollarda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Global forumning xorijiy ishtirokchilari uchun kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarni qoplash uchun hisob raqamiga yigʻimlar undirmasdan rasmiylashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent va Buxoro shaharlarida tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda Global forum ishtirokchilari xavfsizligini, shuningdek, forum ishtirokchilari uchun ajratilgan avtobuslarning harakatlanishi xavfsizligini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Global forumning ochilish marosimida, tanaffus va tushlik, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan forum ishtirokchilari uchun tashkil etiladigan rasmiy kechki qabul davomida konsert dasturi taqdimotini tashkil etish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Buxoro viloyati hokimligi Global forum ishtirokchilarini barcha tarixiy-madaniy meros obyektlariga kirish chiptalari bilan bepul taʼminlasin, tashrif mobaynida foto va videolavhalarni suratga olish imkoniyatini yaratsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Global forum oʻtkaziladigan joyda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini olib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda Global forum xorijiy ishtirokchilarining “COVID-19” boʻyicha bepul laboratoriya tekshiruvidan (PCR test) oʻtkazilishini taʼminlasin.
8. “Uzbekistan airways”, “Uzbekistan airports” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatlari tegishincha Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportini, Buxoro xalqaro aeroportini, Toshkent va Buxoro temir yoʻl vokzallarini hamda ulardagi VIP zallarini Global forum ishtirokchilarini kutib olish, kuzatish va ularga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlash choralarini koʻrsin hamda VIP zallaridan yigʻim va bojlar, shuningdek, zal xizmati uchun toʻlovlar undirilmay foydalanilishini taʼminlasin.
9. Buxoro viloyati hokimligi:
Global forum ishtirokchilarini Buxoro temir yoʻl vokzalida kutib olish va kuzatish, shuningdek, Buxoro shahri boʻylab sayohatni tashkil etish uchun zarur avtotransport vositalarini ajratsin;
Buxoro shahrida keng koʻlamda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda Global forum oʻtkaziladigan binolar va hududlarni talab darajasida tayyorlash choralarini koʻrsin;
Global forum oʻtkaziladigan joyda hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati koʻrgazmalarini tashkil etish, forumning xorijiy ishtirokchilari uchun Buxoro viloyati hokimligi nomidan esdalik sovgʻalarini berish choralarini koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Xalqaro press-klub va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
Global forumning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritish;
Global forum ishtirokchilari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xorijiy mamlakatlar parlamentlari aʼzolari, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralar vakillari hamda ekspert va olimlar bilan intervyular, maxsus reportajlar, brifing, press-klub koʻrsatuvlarini tashkil etish;
Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida xolis va toʻliq maʼlumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
11. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
12. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-iyun,
1049-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 14-iyun,
KQ-235-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 14-iyundagi 1049-IV/KQ-235-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 1-ILOVA
Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumi
DASTURI
2021-yil 23-24-iyun kuni, Buxoro shahri “Sahid Zarafshon” mehmonxonasi
BIRINChI KUN 2021-yil 23-iyun 08.30-09.00 Roʻyxatdan oʻtkazish 09.00-10.00 Kirish nutqlari: Tanzila Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Sh.M. Mirziyoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti (murojaat) Tanzila Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nurdinjon Ismoilov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Martin Chungong, Parlamentlaro ittifoq bosh kotibi Akram Munir, BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi raisi (videomurojaat) Piter Lord Bauness, EXHT Parlament assambleyasi Prezidenti Altinbek Mamayusupov, Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasi Bosh kotibi Moxammad Rezo Majidiy, Osiyo parlament assambleyasi bosh kotibi (videomurojaat) Dmitriy Kobitskiy, MDH Parlamentlararo assambleyasi kotibiyati rahbari, Bosh kotib (videomurojaat) Mustafa Shentop, Turkiya Buyuk milliy Majlisi raisi (tabrikni Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining huquqiy va xalqaro aloqalar masalalari boʻyicha komissiya raisi, Turkiya Buyuk milliy Majlisi deputati Ismet Uchma oʻqib eshittiradi) Xelena Freyzer, BMTning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori 1-SESSIYA Barqaror rivojlanish maqsadlari samarali amalga oshirilishini taʼminlashda parlament roli MODERATORLAR Sodiq Safoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Xelena Freyzer, BMTning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori Vaqti: 10.00-11.00 10.00-10.10 Boriy Alixanov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmit�si raisi 10.10-10.20 Moxammad Rezo Majidiy, Osiyo Parlament assambleyasi Bosh kotibi (videotranslatsiya) 10.20-10.30 Raxmat Gobel, Indoneziya Vakillar palatasi Spikeri oʻrinbosari 10.30-10.40 Chjan Esuy, Xitoyning Butunxitoy xalq vakillari yigʻilishining Xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi raisi, parlamentlararo doʻstlik guruhining Xitoy tomoni hamraisi (videotranslatsiya) 10.40-11.00 Savollar va javoblar 11.00-11.30 Guruh boʻlib rasmga tushish. Kofe-breyk 2-SESSIYA Mamlakatni rivojlantirish milliy strategiyalari nuqtai nazaridan BRMni amalga oshirish MODERATORLAR: Akmal Saidov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Matilda Dimovska, BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Vaqti: 11.30-13.00 11.30-11.40 Djamshid Kuchkarov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliyaviy-iqtisodiy masalalar va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, milliy BRMni amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari 11.40-11.50 Moxd Rashid bin Xasnon, Malayziya Parlamenti Vakillar palatasi Spikeri oʻrinbosari (videotranslatsiya) 11.50-12:00 Reynxold Lopatka, EXHT PAning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, Yevropa ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, Avstriya Milliy maslahatchisi 12.00-12.10 Arzu Nagiyev, Ozarbayjon Respublikasi Milli Majlisi deputati (onlayn videotranslatsiya) 12.10-12.20 Fulvio Martushello, Yevropa parlamenti deputati, Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Moʻgʻiliston bilan aloqalar delegatsiyasi raisi (onlayn videotranslatsiya) 12.20-12.30 Rejep Sheker, Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasi delegatsiyas� aʼzosi, Turkiya Buyuk milliy Majlisi deputati 12.30-13.00 Savollar va javoblar 13.00-14.00 Tushlik 3-SESSIYA Barqaror rivojlanish maqsadlari tadbirlarini moliyalashtirishning asosiy masalalari MODERATORLAR: Erkin Gadoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Marko Mantovanelli, Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Vaqti: 14.00-15.30 14.00-14.10 Timur Ishmetov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri 14.10-14.25 Rishard Charnetskiy, Yevropa Parlamentining Polshadan saylangan deputati 14.25-14.40 Ziyad Aboultaif, “Kanada-Oʻzbekiston” doʻstlik guruhi raisi (videotranslatsiya) 14.40-15.00 Suren Pogosyan, BMTTDning Istanbul mintaqaviy ofisida BRMni moliyalashtirish masalalari boʻyicha maslahatchi (videotranslatsiya) 15.00-15.30 Savollar va javoblar 15.30-16.00 Kofe-breyk 4-SESSIYA Statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish: Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha maʼlumotlarni qismlarga boʻlish MODERATORLAR: Odiljon Iminov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Zeynal Gadjiyev, Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo boʻyicha submintaqaviy koordinatori Munir Mamedzade, Birlashgan millatlar tashkiloti Bolalar jamgʻarmasining (YUNISEF) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Vaqti: 16.00-18.00 16.00-16.10 Maxmudjon Ziyadullayev, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 16.10-16.25 Vladimir Sokolin, MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi raisi, MDHga aʼzo davlatlar Statistika xizmatlari rahbarlari kengashi aʼzosi 16.25-16.40 Aida Kasimaliyeva, Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi Spikeri oʻrinbosari 16.40-16.55 Byon Chje Il, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi deputati, Osiyo suv resurslari boʻyicha parlamentlararo maslahat kengashi raisi 16.55-17.10 Siradj Maxmudlu, YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi uchun rejalashtirish va monitoring boʻyicha mutaxassisi (EKARO) 17.10-18.00 Savollar va javoblar BIRINChI KUN XULOSASI 18.00-20.00 Labi Hovuz majmuasida rasmiy kechki ovqat IKKINChI KUN 2021-yil 24-iyun 08.30-09.00 Roʻyxatdan oʻtkazish 5-SESSIYA Parlament nazorati, BRM bajarilish jarayonini mo�itoring qilish va baholash MODERATORLAR: Mavludaxon Xodjayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi Sharlotta Adrian, Elchi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rahbari Vaqti: 09.00-11.00 09.00-09.10 Jaxongir Shirinov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi 09.10-09.25 Erve Morey, Fransiya Senati huzuridagi “Fransiya-Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi raisi 09.25-09.40 Bair Jamsuyev, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi Xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi raisi oʻrinbosari 09.40-09.55 Endax Tjaxjani Dvirini Retnoastuti, Indoneziya parlamenti Vakillar palatasi Parlamentlararo hamkorlik byurosi rahbari, Korrupsiyaga qarshi global tashkilot kotibiyati ofisi ijro etuvchi direktori (videotranslatsiya) 09.55-10.10 Yonas Chekuolis, BRM ustidan parlament nazorati boʻyicha xalqaro maslahatchisi, BMTTD (Litva) 10.10-10.30 Savollar va javoblar 10.30-11.00 Kofe-breyk 6-SESSIYA BRMni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik ishtiroki MODERATORLAR: Shuxrat Bafayev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi Syuzan Fayn, Xalqaro taraqqiyot agentligining (YuSAID) Oʻzbekistondagi direktori vazifasini bajaruvchi Vaqti: 11.00-12.00 11.00-11.10 Bobur Bekmurodov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi “Yuksalish” Umummilliy harakati raisi 11.10-11.20 Baronessa Elison Satti, Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi aʼzosi (videotranslatsiya) 11.20-11.30 Aleksandr Trepelkov, BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻlimi rahbari vazifasini bajaruvchi 11.30-11.40 Karlos Uriarte, Ispaniyadagi Pan-Yevropa Ittifoqining Bosh kotibi 11.40-11.50 Til Mansmann, Germaniya Bundestagi deputati, Erkin demokratik partiya fraksiyasining Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish qoʻmitasi aʼzosi (videotranslatsiya) 11.50-12.10 Savollar va javoblar 7-SESSIYA Barqaror rivojlanish manfaatlari yoʻlida jahon parlamentlari oʻrtasida xalqaro muloqot va global hamkorlikni yoʻlga qoʻyish MODERATORLAR: Ravshan Alimov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Matyo Lemuan, EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi Vaqti: 12.00-13.00 12.00-12.10 Ravshan Alimov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi 12.10-12.30 Keysuke Suzuki, Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputati, Oʻzbekiston bilan doʻstlik Yaponiya parlamenti ligasi Ijroiya qoʻmitasi rahbari (videotranslatsiya) 12.30-12.50 Simona Suriana, “Italiya-Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisi (videotranslatsiya) 12.50-13.00 Savollar va javoblar 13.00-14.00 Tushlik 8-SESSIYA Barqaror rivojlanish manfaatlari yoʻlida gender yoʻnaltirilgan siyosat va yoshlar parlamentarizmini rivojlantirish MODERATORLAR: Zuxra Ibragimova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Jamalittin Tuney, Turkiya xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Vaqti: 14.00-16.00 14.00-14.10 Malika Kadirxanova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi 14.10-14.25 Djetn Siratranont, Aholishunoslikni rivojlantirish boʻyicha Osiyo parlamenti forumi bosh kotibi, Tailand Qirolligi Senati Milliy assambleyasi Sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi 14.25-14.40 Gulalay Akbari, Afgʻoniston Milliy Assambleyasi Meshrano Jirgasi (yuqori palatasi) Xotin-qizlar va fuqarolik jamiyati komissiyasi raisi 14.40-14.55 Mariya Musmuti, Yevropa konstitutsiyaviy huquq markazi ijro etuvchi direktori, London universiteti huquqshunos oʻqituvchisi. 14.55-15.05 Baxtiyor Sayfullayev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi 15.05-15.20 Osman Mesten, Turkiya Buyuk Millat Majlisi “Turkiya-Oʻzbekiston” parlamentlararo guruhi raisi 15.20-15.35 Ilxan Kyuchyuk, Yevropa parlamentining Bolgariyadan saylangan deputati, Yevropa parlamentining Oʻzbekiston boʻyicha maʼruzachisi (videotranslatsiya) 15.35-15.45 Egor Makarevich, Belarus Respublikasi Milliy Majlisi huzurida Yoshlar kengashi (parlamenti) raisi 15.45-16.00 Savollar va javoblar 16.00-16.30 Kofe-breyk YAKUNLOVChI SESSIYA Jahon mamlakatlari parlamentlari global hamkorligi uchun takliflar va tavsiyalarni aniqlab olish Vaqti: 16.30-16.50 16.30-16.50 Yakunlovchi nutqlar: Tanzila Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Xelena Freyzer, BMTning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori
