“Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisidagi 187-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (SQ-308-IV-son)
29.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 27-aprel kuni qabul qilingan “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisidagi 187-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisidagi 187-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 29-may,
SQ-308-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 29-maydagi SQ-308-IV-sonli Qarori bilan TASDIQLANGAN
“Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisidagi 187-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochi Vazirlik va idoralardan Vazirlar Mahkamasidan I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish 1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish. 1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 2. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. 2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 2.2. Ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati II. Qonunni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar oʻtkazish 3. Ushbu Konvensiyaning ratifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga yuborish. 3.1. Ushbu Konvensiyaning ratifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarni tayyorlash. 3.2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarni Xalqaro mehnat byurosiga (Moskvadagi Xalqaro mehnat byurosiga) yuborish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 4. Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyati toʻgʻrisidagi umumiy xususiyatga ega yillik maʼruzalarni eʼlon qilish. 4.1. Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tahliliy materiallar va jadvallarni toʻplash hamda umumlashtirish. Har yili 15-yanvargacha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 4.2. Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyati toʻgʻrisidagi umumiy xususiyatga ega yillik maʼruzalarni eʼlon qilish. Har yili 1-fevralgacha 4.3. Yillik maʼruzalar nusxasini Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga yuborish. Har yili 20-fevralgacha III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish 5. Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. 5.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, OʻzA, MTRK, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 5.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida 6. OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish. 6.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, OʻzA, MTRK, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 6.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida
