Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (PQ-5152-son)
19.06.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash hamda koʻp kvartirali uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan samarali foydalanish va uni taʼmirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarining izchil amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
1. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining 2022-yil 1-iyulga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1-ilovaga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar joylashgan hududlarini ochiq tanlov oʻtkazish yoʻli bilan boshqaruvchi tashkilotlarga biriktirish (keyingi oʻrinlarda — biriktirilgan hudud) yuzasidan loyihani amalga oshirish (keyingi oʻrinlarda — loyiha) toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, loyiha doirasida biriktirilgan hududda:
a) tanlangan boshqaruvchi tashkilotga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
shartnomalarga asosan barcha koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish, shuningdek, yakka tartibda qurilgan uylarga, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar tashkilotlarga (obyektlarga) kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini koʻrsatish;
tegishli hokimlik bilan tuzilgan shartnomaga asosan hududni koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan dispetcherlik va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatini tashkil etish;
b) barcha davlat buyurtmachilariga tanlangan boshqaruvchi tashkilot bilan biriktirilgan hududda istisno tariqasida tanlov oʻtkazmasdan kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish ruxsat etiladi;
v) yakka tartibda qurilgan uylar mulkdorlari, xususiy tashkilotlar vakillari tomonidan tanlangan boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma ixtiyoriy ravishda tuziladi;
g) boshqaruvchi tashkilotga biriktirilgan hududda muhandislik tarmoqlari hamda kommunikatsiyalarini qurish va oʻzgartirish ishlari boshqaruvchi tashkilotga maʼlum qilgan holda amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
2022 — 2025-yillarda koʻp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha reja koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2023-yillarda koʻp kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish boʻyicha reja koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
respublika boʻyicha ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan koʻp kvartirali uy-joylarni instrumental oʻrganish va renovatsiya qilish boʻyicha reja koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
a) 2021-yil 1-iyuldan boshlab uy-joy mulkdorlarining shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi, bevosita boshqaruvchi (keyingi oʻrinlarda — boshqaruvchilar) tomonidan har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun majburiy badallarning yoki toʻlovlarning alohida hisobi yuritilishi shart;
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish mazkur uy-joylarni taʼmirlash ishlari umumiy smeta qiymati doirasida amalga oshiriladi, bunda:
2023-yil uchun Moliya vazirligi tomonidan respublika budjetidan 156,4 milliard soʻm ajratiladi;
2024-yil 1-yanvardan boshlab mablagʻlarning:
50 foizi mulkdorlar hisobidan qoplanadi;
50 foizi mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
5. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq shakllantiriladigan roʻyxatdagi uy-joylarni taʼmirlash umumiy smeta qiymatining 30 foizini koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari hisobidan jamgʻarib borilishini tashkil etsin.
6. Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Maxsus hisobvaragʻiga yoʻnaltirish uchun koʻp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga joriy yilda 100 milliard soʻm ajratsin.
Belgilansinki, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari koʻp kvartirali uy-joylarni taʼmirlash ishlari uchun ajratilayotgan mablagʻlarning samarali va manzilli ishlatilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
b) boshqaruvchilar bir yilda bir marta koʻp kvartirali uy-joylardagi tayanch va toʻsiq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligini xatlovdan oʻtkazadi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga maʼlumot kiritib boradi;
v) koʻp kvartirali uyni boshqarish bilan bogʻliq amalga oshirilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar hamda ularning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boshqarish organi tomonidan har chorakda chorak yakunlangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar “Mening uyim” billing tizimiga kiritib boriladi hamda yil yakuni bilan ushbu maʼlumotlar asosida avtomatik ravishda yillik hisobotlar shakllantiriladi;
g) quruvchi tashkilot qurilishi tugallangan koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni jalb qiladi hamda birinchi ikki yilga koʻp kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilinadi. Bunda:
quruvchi tomonidan mazkur koʻp kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining ikki yillik kafolat muddati taʼminlanadi;
quruvchi koʻp kvartirali uydagi joyni sotib olish istagida boʻlgan shaxslarni tanlangan boshqaruv usulidan xabardor qilishi va uy-joyni oldi-sotdi shartnomasi bilan bir vaqtda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzilishini tashkillashtirishi lozim;
koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari oʻzgarishi natijasida umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni taʼmirlash uchun umumiy xarajatlarda ishtirok etish boʻyicha majburiyatlar yangi mulkdorga oʻtadi;
birinchi ikki yil ichida koʻp kvartirali uy-joydagi quruvchidan tashqari mulkdorlarning soni ellik foizdan oshgan taqdirda mulkdorlar tomonidan belgilangan tartibda umumiy yigʻilishning qaroriga muvofiq koʻp kvartirali uy-joyni boshqarish usuli tanlanadi.
i) koʻp kvartirali uy-joydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlarini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan taqdirda mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga oʻtishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazishga asos boʻladi;
k) quyidagi masalalar boʻyicha umumiy yigʻilishning qarori, agar uni yoqlab uy-joy mulkdorlari yoki ular vakillarining 80 foizidan koʻprogʻi ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi:
koʻp kvartirali uy-joyga tutash hududlarda yangi obyektlarni qurish;
mulkdorlar amal qilishi majburiy boʻlgan koʻp kvartirali uy-joylarda umumiy mol-mulkni boshqarishning talab va qoidalarini tasdiqlash.
8. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2021-yil 1-avgustga qadar loyiha doirasida biriktirilgan hududlar, 2022-yil 1-yanvarga qadar esa butun respublika hududlarida koʻp kvartirali uy-joyga xizmat koʻrsatish jarayoniga uy-joy mulkdorlarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va ularning tegishli mol-mulki kadastr raqamidan foydalangan holda billing tizimini joriy qilsin;
2021-yil 1-oktabrga qadar koʻp kvartirali uy-joylarni boshqaruvchilarning elektron reyestrini shakllantirsin va ishga tushirsin.
9. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Qurilish vazirligining Uy-joy fondi inspeksiyasiga quyidagi vakolatlarni berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
koʻp kvartirali uy-joydagi mulkdor tomonidan olib borilayotgan qayta qurish va qayta rejalashtirish ishlari holatini nazorat qilish maqsadida, ushbu uy-joy mulkdorlari va (yoki) boshqaruvchilardan kelib tushgan murojaatga asosan mazkur ishlarni olib borayotgan mulkdorni oldindan xabardor qilgan holda unga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar yoki noturar joyga boshqaruvchi bilan birga kirish;
uy-joy mulkdorlarining murojaatlariga asosan umumiy yigʻilishlarning oʻtkazilishini va hisobotlarning mulkdorlarga oʻz muddatlarida berib borilishini oʻrganish.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohada nazorat qilish inspeksiyasi qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy-joy obyektlarini (yakka tartibdagi uy-joylar va hududiy inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtmaydigan obyektlar bundan mustasno) va unga tutash hududlarni hamda koʻp kvartirali uy-joylardagi muhandislik uskunalarining rekonstruksiya qilingan tizimlarini oʻrganish davomida qurilish (rekonstruksiya) loyihasidan chetga chiqish holatlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar yoki ushbu obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonida yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklar yuzasidan aybdor shaxslar harakati (harakatsizligi)ga huquqiy baho berish uchun tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga doimiy ravishda taqdim etib borsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli tijorat banklari bilan birgalikda 2021-yil 1-iyuldan boshlab koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish usuli shirkatlardan boshqaruvchi tashkilotlarga oʻtgan uy-joylar uchun jalb qilingan kreditlarning muddatini, mahalliy hokimliklar kafilligi asosida, besh yilgacha uzaytirish choralarini koʻrsin.
11. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga istisno tariqasida davlat xaridlari uchun oʻrnatilgan tartib-taomillarni oʻtkazmasdan sohani isloh qilish, shu jumladan billing tizimini ishlab chiqish, doimiy ekspluatatsiya qilish va rivojlantirib borish boʻyicha Kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
13. Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib, “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va javobgar etib uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari N.T. Nazirov belgilansin.
Qarorning ijrosini har chorakda muhokama qilish, ijro uchun masʼul organlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyun,
PQ-5152-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq tanlov oʻtkazish yoʻli bilan boshqaruvchi tashkilotlarga biriktiriladigan HUDUDLAR
T/r Hudud nomi MFY, Mavze nomi Tanlangan hududning maydoni (kv.m) Koʻp kvartirali uylar soni (dona) Xonadonlar soni (dona) Xonadonlar umumiy maydoni (kv.m) Aholi soni (kishi) Maktablar soni (dona) Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni (dona) Oliy taʼlim muassasasi va kollejlar soni (dona) Avtoturargohlar soni (dona) Bolalar maydonchalari (dona) Yashil hudud (kv.m) Respublika boʻyicha jami 16 281 878 1 227 54 920 2 981 036 180 435 30 64 9 90 173 1 883 345 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri Gulzor MFY Qumbiz ovul MFY 5 700 000 56 2 304 124 600 9 491 0 2 1 4 22 4 600 2. Andijon viloyati, Andijon shahri Yoyilma MFY Sogʻlom avlod MFY 638 140 134 4 980 212 742 15 164 3 6 0 5 12 425 400 3. Buxoro viloyati, Buxoro shahri Istiqlol MFY Doʻstlik MFY 535 240 45 2 458 167 540 11 604 2 3 1 0 7 286 300 4. Jizzax viloyati Jizzax shahri Zargarlik MFY 1 000 060 54 2 224 124 469 11 227 2 2 0 11 2 636 600 5. Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri Tabassum MFY A.Temur MFY 664 700 54 2 313 115 228 6 939 1 4 0 3 5 900 6. Navoiy viloyati, Navoiy shahri Jambul MFY Yangi obod MFY Orzu MFY Muruvvat MFY Lochin MFY 1 200 688 101 4 652 307 812 14 560 5 8 2 1 23 15 300 7. Namangan viloyati, Davlatobod tumani Mustaqillik MFY Navbahor MFY Toʻquvchi MFY 926 624 103 5 268 251 239 14 329 2 5 0 1 10 6 700 8. Samarqand viloyati, Samarqand shahri Qorasuv MFY Bahodir Yalangtoʻshbiy MFY 140 100 53 3 768 207 180 11 189 2 2 0 30 19 39 000 9. Surxondaryo viloyati, Termiz shahri Alpomish MFY Bogʻishamol MFY Oʻzbekiston MFY 1 464 435 109 4 006 222 742 16 813 2 6 1 0 0 45 800 10. Sirdaryo viloyati, Guliston shahri Boʻston MFY Buyuk kelajak MFY 426 000 85 3 718 208 346 12 835 3 4 0 1 12 10 000 11. Toshkent viloyati, Chirchiq shahri Iftixor MFY Lola MFY Quyosh MFY Yulduz MFY 666 726 71 4 049 216 516 12 147 2 2 1 3 6 15 300 12. Toshkent viloyati, Angren shahri Nurchi MFY Bobotogʻ MFY Istiqbol MFY 834 986 92 4 471 234 196 13 388 3 5 0 5 8 320 545 13. Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri Shodiyona MFY Mashʼal MFY Iftixor MFY A. Temur MFY 680 000 90 2 236 145 244 6 708 0 3 0 2 2 20 000 14. Xorazm viloyati, Urganch shahri Istiqlol MFY Umid MFY J. Manguberdi MFY Olimpiya MFY 167 400 70 2 734 104 200 9 996 0 6 2 0 13 17 100 15. Toshkent shahar, Yunusobod tumani 13-mavze 14-mavze 1 236 779 110 5 739 338 982 14 045 3 6 1 24 32 39 800
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qaroriga 2-ILOVA
2022 — 2025-yillarda koʻp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha reja koʻrsatkichlari
T/r Hududlar nomi Kapital taʼmirlash lozim (dona) Jami talab etiladigan mablagʻ* (mln. soʻm) shu jumladan, ish turlari boʻyicha: tomni taʼmirlash kirish yoʻlaklarini taʼmirlash (podyezd) kodli qulfli temir eshiklarni oʻrnatish elektr taqsimlovchi shitlarni taʼmirlash yertoʻla qismidagi muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash uy ichidagi muhandislik tarmoqlarini taʼmirlash fasadni taʼmirlash uylar soni (dona) maydoni (ming kv.m) talab etiladigan mablagʻ* (mln. soʻm) yoʻlaklar soni (dona) talab etiladigan mablagʻ* (mln. soʻm) temir eshik soni (dona) kodli qulf (dona) talab etiladigan mablagʻ* (mln. soʻm) shitlar soni (dona) talab etiladigan mablagʻ* (mln. soʻm) uylar soni (dona) talab etiladigan mablagʻ* (mln. soʻm) uylar soni (dona) talab etiladigan mablagʻ* (mln. soʻm) uylar soni (dona) talab etiladigan mablagʻ* (mln. soʻm) Jami 6 085 734 040 3 227 165 564 375 082 9 985 49 603 7 389 7 070 22 484 10 413 16 200 2 079 53 817 1 432 42 338 3 812 174 516 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 696 93 450 140 149 45 615 1 066 4 264 1 095 1 151 2 670 305 1 373 364 18 460 337 5 055 346 16 014 2. Andijon viloyati 90 7 325 34 20 2 946 227 1 084 54 179 560 17 53 33 399 16 155 75 2 128 3. Buxoro viloyati 499 67 526 265 213 40 762 1 412 7 337 434 359 999 882 1 865 51 1 238 1 10 434 15 316 4. Jizzax viloyati 709 62 980 651 439 42 816 1 332 3 996 1 145 965 1 036 4 076 1 218 21 315 207 13 598 5. Qashqadaryo viloyati 408 108 742 385 277 75 590 383 4 678 902 1 030 3 848 1 309 3 308 103 4 061 74 2 548 367 14 710 6. Navoiy viloyati 451 61 072 181 66 10 766 357 5 783 798 843 7 166 550 2 104 364 12 636 220 10 849 235 11 768 7. Namangan viloyati 442 9 994 96 31 2 508 385 1 510 224 10 333 75 824 25 45 96 4 774 8. Samarqand viloyati 408 49 150 210 103 15 608 238 975 297 297 604 566 905 118 2 197 141 1 574 230 27 288 9. Surxondaryo viloyati 250 15 741 61 42 6 200 579 2 103 294 294 878 439 750 37 727 7 140 171 4 943 10. Sirdaryo viloyati 89 20 548 89 54 12 075 108 1 377 159 150 439 167 346 13 158 18 1 646 84 4 508 11. Toshkent viloyati 682 138 127 680 691 86 271 1 667 6 805 941 941 1 953 1 069 751 401 7 585 168 6 714 679 28 049 12. Fargʻona viloyati 935 42 737 199 176 10 549 1 325 5 614 621 426 678 612 1 419 328 3 102 314 10 379 551 10 997 13. Xorazm viloyati 426 56 649 236 163 304 23 376 906 4 079 425 425 1 320 421 2 110 171 2 117 111 3 223 337 20 425 Shu jumladan yillar boʻyicha: 2022-yil 1 250 153 424 725 24 810 83 732 1 848 9 266 1 472 1 320 4 508 2 334 3 058 419 10 541 308 9 771 705 32 548 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 93 12 895,5 25 26,1 7 950,1 133 532,0 76 76 190,0 40 180,0 63 3 248,4 53 795,0 2. Andijon viloyati 24 1 508,5 7 3,6 593,0 70 168,5 5 19,0 14 102,0 5 17,5 22 608,5 3. Buxoro viloyati 81 13 191,0 49 41,3 8 815,0 152 683,8 82 69 178,5 146 308,0 9 270,0 78 2 935,8 4. Jizzax viloyati 179 11 779,9 156 103,5 10 080,7 331 993,0 313 222 438,2 1 014 268,0 5. Qashqadaryo viloyati 99 26 949,2 93 72,3 19 286,9 94 1 072,0 216 259 912,5 285 676,5 21 836,3 22 717,5 89 3 447,5 6. Navoiy viloyati 103 14 119,7 37 14,8 2 502,9 84 1 253,0 154 157 1 383,5 123 404,4 92 3 062,5 60 2 620,1 54 2 893,3 7. Namangan viloyati 91 2 105,1 24 7,7 650,2 106 397,5 54 2 79,1 18 173,8 6 12,8 17 791,7 8. Samarqand viloyati 82 10 310,5 47 21,1 3 058,1 44 239,4 72 72 140,2 112 189,7 21 461,8 28 337,2 48 5 884,3 9. Surxondaryo viloyati 54 2 158,4 8 2,8 284,0 98 345,8 45 45 131,2 70 116,0 6 136,7 41 1 144,8 10. Sirdaryo viloyati 57 13 386,6 57 36,4 7 948,7 46 676,0 96 87 355,3 85 170,0 1 1,5 12 1 206,0 53 3 029,1 11. Toshkent viloyati 153 28 093,8 153 141,4 17 645,9 328 1 304,5 215 215 439,5 288 166,7 90 1 491,7 29 1 169,0 153 5 876,5 12. Fargʻona viloyati 156 7 112,2 33 29,4 1 758,3 220 935,6 103 71 113,0 102 237,0 55 517,0 52 1 718,4 91 1 832,9 13. Xorazm viloyati 78 9 813,7 36 24 310,0 3 158,2 143 665,5 46 46 147,5 64 322,5 29 239,3 41 1 177,1 59 4 103,6 2023-yil 1 424 156 424 711 45 203 83 920 2 497 12 774 1 448 1 381 3 279 1 450 2 991 406 10 841 302 8 184 843 34 435 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 271 40 471,4 66 71,3 22 017,1 542 2 167,5 505 561 1 194,8 183 823,5 114 5 670,0 95 1 425,0 155 7 173,5 2. Andijon viloyati 16 2 094,0 13 8,8 1 090,0 44 373,0 13 19 56,0 4 9,0 3 105,0 16 461,0 3. Buxoro viloyati 171 20 234,7 96 72,5 10 930,1 592 3 813,7 143 113 343,4 264 599,1 10 159,5 138 4 389,0 4. Jizzax viloyati 143 8 288,9 143 74,9 7 477,9 113 339,0 71 71 284 14,0 21 315,0 143,0 5. Qashqadaryo viloyati 54 12 109,9 51 34,5 8 744,5 49 474,0 100 118 402,4 88 154,0 9 315,0 8 265,0 49 1 755,0 6. Navoiy viloyati 43 7 694,8 27 11,8 2 070,9 38 549,0 22 22 125,0 51 191,9 34 1 755,0 20 1 190,0 32 1 813,0 7. Namangan viloyati 109 971,3 21 3,9 392,4 51 190,9 49 60,9 13 72,5 6 10,8 10 243,9 8. Samarqand viloyati 61 6 938,5 23 10,6 1 756,4 45 127,8 29 29 73,3 44 100,2 13 200,0 20 149,8 40 4 531,0 9. Surxondaryo viloyati 24 3 288,5 18 15,4 2 306,3 69 256,0 36 35 113,0 27 54,0 4 47,2 17 512,0 10. Sirdaryo viloyati 32 7 161,8 32 17,9 4 126,0 62 701,3 63 63 84,0 82 176,0 12 156,0 6 440,0 31 1 478,5 11. Toshkent viloyati 94 19 164,1 93 100,8 12 685,5 253 1 048,5 108 108 267,0 156 80,3 45 904,2 17 493,0 94 3 685,6 12. Fargʻona viloyati 312 14 258,2 67 58,4 3 516,3 445 1 871,7 209 142 225,9 204 473,8 109 1 034,0 105 3 471,0 185 3 665,5 13. Xorazm viloyati 94 13 747,9 61 44 721,6 6 806,9 194 862,0 100 100 333,4 63 315,0 22 212,3 22 634,0 76 4 584,3 2024-yil 1 685 216 936 880 24 917 100 467 2 626 13 917 2 266 2 210 8 272 3 869 5 716 617 17 614 419 11 900 1 151 59 051 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 152 21 545,2 28 29,7 9 060,9 196 784,0 214 214 535,0 49 220,5 122 6 190,0 119 1 785,0 64 2 969,8 2. Andijon viloyati 26 1 899,0 7 4,3 670,0 43 374,0 38 28 189,0 3 6,0 5 195,0 3 15,0 15 450,0 3. Buxoro viloyati 165 20 909,0 71 58,4 12 202,0 516 2 155,6 127 108 298,7 326 649,7 23 538,0 1 10,0 140 5 055,0 4. Jizzax viloyati 207 31 130,8 196 156,9 15 176,8 557 1 671,0 448 451 160,0 1 765 668,0 207 13 455,0 5. Qashqadaryo viloyati 156 42 734,0 148 97,4 28 271,7 146 2 060,0 370 395 1 620,8 651 1 801,0 52 2 073,0 22 847,5 140 6 060,0 6. Navoiy viloyati 202 25 137,3 80 25,0 3 688,7 151 2 728,0 469 507 4 274,0 253 1 103,3 146 4 756,0 80 4 418,9 95 4 168,4 7. Namangan viloyati 150 4 812,4 27 11,4 815,1 122 524,0 67 6 113,8 26 404,0 7 9,0 52 2 946,5 8. Samarqand viloyati 183 21 590,4 93 50,0 7 735,2 106 368,9 124 124 249,8 298 425,0 63 1 073,0 65 750,2 94 10 988,4 9. Surxondaryo viloyati 55 2 158,4 8 2,8 284,0 98 345,8 45 45 131,2 70 116,0 6 136,7 41 1 144,8 10. Sirdaryo viloyati 11. Toshkent viloyati 154 28 093,8 153 141,4 17 645,9 328 1 304,5 215 215 439,5 288 166,7 90 1 491,7 29 1 169,0 153 5 876,5 12. Fargʻona viloyati 156 7 112,2 33 29,4 1 758,3 220 935,6 103 71 113,0 102 237,0 55 517,0 52 1 718,4 91 1 832,9 13. Xorazm viloyati 79 9 813,7 36 24 310,0 3 158,2 143 665,5 46 46 147,5 64 322,5 29 239,3 41 1 177,1 59 4 103,6 2025-yil 1 726 207 256 911 70 635 106 963 3 015 13 646 2 204 2 159 6 424 2 761 4 436 637 14 821 403 12 484 1 113 48 482 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 180 18 537,8 21 21,6 6 587,3 195 780,0 300 300 750,0 33 148,5 65 3 351,6 70 1 050,0 127 5 870,5 2. Andijon viloyati 24 1 823,5 7 3,6 593,0 70 168,5 3 132 315,0 5 19,0 14 102,0 5 17,5 22 608,5 3. Buxoro viloyati 82 13 191,0 49 41,3 8 815,0 152 683,8 82 69 178,5 146 308,0 9 270,0 78 2 935,8 4. Jizzax viloyati 180 11 779,9 156 103,5 10 080,7 331 993,0 313 222 438,2 1 014 268,0 5. Qashqadaryo viloyati 99 26 949,2 93 72,3 19 286,9 94 1 072,0 216 259 912,5 285 676,5 21 836,3 22 717,5 89 3 447,5 6. Navoiy viloyati 103 14 119,7 37 14,8 2 502,9 84 1 253,0 154 157 1 383,5 123 404,4 92 3 062,5 60 2 620,1 54 2 893,3 7. Namangan viloyati 92 2 105,1 24 7,7 650,2 106 397,5 54 2 79,1 18 173,8 6 12,8 17 791,7 8. Samarqand viloyati 82 10 310,5 47 21,1 3 058,1 44 239,4 72 72 140,2 112 189,7 21 461,8 28 337,2 48 5 884,3 9. Surxondaryo viloyati 117 8 135,4 27 20,9 3 326,0 315 1 155,0 168 169 502,6 272 464,0 21 406,5 7 140,0 72 2 141,3 10. Sirdaryo viloyati 11. Toshkent viloyati 281 62 775,2 281 307,2 38 294,2 758 3 147,0 403 403 807,0 337 336,9 176 3 696,9 93 3 883,0 279 12 610,2 12. Fargʻona viloyati 311 14 254,7 66 58,9 3 516,4 440 1 870,7 206 142 225,9 204 471,0 109 1 034,1 105 3 471,1 184 3 665,5 13. Xorazm viloyati 175 23 273,9 103 69 962,0 10 252,4 426 1 886,0 233 233 691,7 230 1 150,0 91 1 425,8 7 235,0 143 7 633,1
* Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida aniqlik kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qaroriga 3-ILOVA
2022 — 2023-yillarda koʻp kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish boʻyicha reja koʻrsatkichlari
T/r Hududlar nomi Mahalliy budjetlardan ajratiladigan mablagʻ* (mln soʻm) Shu jumladan ish turlari boʻyicha Bolalar maydonchalarini qurish va taʼmirlash Irrigatsiya tarmoqlarini taʼmirlash Yoʻlaklarni betonlash Tashqi yoritish tizimini taʼmirlash va yangisiga almashtirish Umumfoydalanishdagi hojatxonalarni qurish soni (dona) talab etiladigan mablagʻ** (mln soʻm) uzunligi (p/m) talab etiladigan mablagʻ** (mln soʻm) maydoni (ming kv.m) talab etiladigan mablagʻ** (mln soʻm) soni (dona) talab etiladigan mablagʻ** (mln soʻm) soni (dona) talab etiladigan mablagʻ** (mln soʻm) Jami 175 542 905 59 042 83 908 17 006 554 64 870 7 196 12 352 382 22 284 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 9 094 32 2 276 0 0 12 1 378 528 2 634 32 2 808 2. Andijon viloyati 9 666 32 1 860 3 786 3 028 24 3 012 398 996 22 770 3. Buxoro viloyati 5 682 24 1 182 6 514 1 090 22 3 002 308 410 0 0 4. Jizzax viloyati 25 928 188 9 330 5 416 824 78 8 910 1 462 1 066 116 5 800 5. Qashqadaryo viloyati 17 550 64 7 560 2 396 590 36 3 966 486 2 674 34 2 760 6. Navoiy viloyati 6 582 34 2 004 4 632 492 20 2 780 116 312 18 994 7. Namangan viloyati 5 314 38 2 660 630 126 38 2 280 310 248 0 0 8. Samarqand viloyati 4 204 28 2 030 4 156 832 16 778 88 24 12 540 9. Surxondaryo viloyati 7 236 44 1 720 6 944 626 16 2 094 364 728 34 2 070 10. Sirdaryo viloyati 12 234 60 3 564 546 316 52 4 090 678 436 62 3 830 11. Toshkent viloyati 32 852 158 10 692 24 186 4 140 118 15 988 1 206 782 22 1 250 12. Fargʻona viloyati 32 728 142 9 870 24 186 4 838 118 15 988 1 206 782 26 1 250 13. Xorazm viloyati 6 472 61 4 294 516 104 4 604 86 1 260 4 212 Shu jumladan yillar boʻyicha: 2022-yil 87 771 451 29 520 41 953 8 499 276 32 435 3 597 6 175 191 11 141 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 547 16 1 138 6 689 264 1 317 16 1 404 2. Andijon viloyati 4 833 16 930 1 893 1 514 12 1 506 199 498 11 385 3. Buxoro viloyati 2 841 12 591 3 257 545 11 1 501 154 205 4. Jizzax viloyati 12 964 94 4 665 2 708 412 39 4 455 711 533 58 2 900 5. Qashqadaryo viloyati 8 775 32 3 780 1 198 295 18 1 983 243 1 337 17 1 380 6. Navoiy viloyati 3 291 17 1 002 2 316 246 10 1 390 58 156 9 497 7. Namangan viloyati 2 657 19 1 330 315 63 19 1 140 155 124 8. Samarqand viloyati 2 102 14 1 015 2 078 416 8 389 44 12 6 270 9. Surxondaryo viloyati 3 618 22 860 3 472 313 8 1 047 182 364 17 1 035 10. Sirdaryo viloyati 6 117 30 1 782 273 158 26 2 045 339 218 31 1 915 11. Toshkent viloyati 16 426 79 5 346 12 093 2 070 59 7 994 603 391 11 625 12. Fargʻona viloyati 16 364 71 4 935 12 093 2 419 59 7 994 603 391 13 625 13. Xorazm viloyati 3 236 31 2 147 258 52 2 302 43 630 2 106 2023-yil 87 771 450 29 520 41 953 8 499 276 32 435 3 597 6 175 191 11 141 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 547 16 1 138 6 689 264 1 317 16 1 404 2. Andijon viloyati 4 833 16 930 1 893 1 514 12 1 506 199 498 11 385 3. Buxoro viloyati 2 841 12 591 3 257 545 11 1 501 154 205 0 0 4. Jizzax viloyati 12 964 94 4 665 2 708 412 39 4 455 711 533 58 2 900 5. Qashqadaryo viloyati 8 775 32 3 780 1 198 295 18 1 983 243 1 337 17 1 380 6. Navoiy viloyati 3 291 17 1 002 2 316 246 10 1 390 58 156 9 497 7. Namangan viloyati 2 657 19 1 330 315 63 19 1 140 155 124 8. Samarqand viloyati 2 102 14 1 015 2 078 416 8 389 44 12 6 270 9. Surxondaryo viloyati 3 618 22 860 3 472 313 8 1 047 182 364 17 1 035 10. Sirdaryo viloyati 6 117 30 1 782 273 158 26 2 045 339 218 31 1 915 11. Toshkent viloyati 16 426 79 5 346 12 093 2 070 59 7 994 603 391 11 625 12. Fargʻona viloyati 16 364 71 4 935 12 093 2 419 59 7 994 603 391 13 625 13. Xorazm viloyati 3 236 30 2 147 258 52 2 302 43 630 2 106
* Mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga ajratiladi.
** Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida aniqlik kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qaroriga 4-ILOVA
Respublika boʻyicha ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan koʻp kvartirali uy-joylarni instrumental oʻrganish va renovatsiya qilish boʻyicha reja koʻrsatkichlari
T/r Hududlar nomi Renovatsiya qilinadigan koʻp kvartirali uylar (dona) shu jumladan Instrumental oʻrganish lozim boʻlgan uylar 2021-yilda buzib qayta quriladigan Shu jumladan, buzib qayta quriladigan uylarni moliyalashtirish manbasi 2021-yilda rekonstruksiya qilinadigan Uylar soni (dona) Xonadonlar soni (dona) Talab etiladigan mablagʻ * (mln soʻm) Uylar soni (dona) Xonadonlar soni (dona) Tadbirkorlar hisobidan (dona) Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan (dona) Uylar soni (dona) Xonadonlar soni (dona) Talab etiladigan mablagʻ* (mln soʻm) Jami 268 211 2 727 104 107 57 1 064 25 634 276 3 502 7 570 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 106 106 1 251 20 86 2. Andijon viloyati 5 5 38 4 1 1 24 30 3. Buxoro viloyati 28 28 349 28 18 306 48 4. Jizzax viloyati 2 2 16 2 2 24 59 5. Navoiy viloyati 4 2 31 2 2 60 984 6. Namangan viloyati 5 5 64 5 4 40 118 7. Surxondaryo viloyati 8 6 78 4 2 2 36 350 1 8 30 8. Sirdaryo viloyati 54 6 68 6 48 836 22 000 239 2 858 6 962 9. Toshkent viloyati 25 25 390 17 8 3 44 89 10. Fargʻona viloyati 1 1 16 1 8 198 236 11. Xorazm viloyati 8 3 28 3 5 132 2 300 12. Toshkent shahri 22 22 398 22
* Izoh: mazkur mablagʻlar koʻp kvartirali uy-joy joylashgan tuman (shahar) hokimiyatining mahalliy budjet va (yoki) uning qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qaroriga 5-ILOVA
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI
T/rChora-tadbirlar nomiIjro muddatiMasʼul ijrochilarI. Loyihani samarali tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar1.Mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq belgilangan hududlarni boshqaruvchi tashkilotlariga biriktirish boʻyicha tanlov oʻtkazish, boshqaruvchi tashkilotni aniqlash va tegishli hududni unga biriktirish.bir oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari2.Tanlangan boshqaruvchi tashkilotga:hududdagi koʻp kvartirali uy-joyni boshqarish, yakka tartibda qurilgan uylarga, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar tashkilotlarga (obyektlarga) kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomalarni tuzishda;hududni koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha mahalliy hokimliklar bilan shartnoma tuzishda;24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan dispetcherlik va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatish.ikki oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar3.Tanlangan boshqaruvchi tashkilotga yuklangan vazifalarning bajarilishini oʻrganish, muhokama qilib borish va mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha choralarni koʻrish.har oy Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar4.Tanlangan boshqaruvchi tashkilotlarga ofis sifatida hamda aholiga maishiy xizmatlar koʻrsatishni tashkil qilish va mutaxassislarini oʻqitish uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkada ijaraga uch qavatdan kam boʻlmagan bino berilishini yoki yangi bino qurib ijaraga berilishini taʼminlash.uch oyQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariII. Respublikadagi koʻp kvartirali uylarni samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar5.Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasida koʻp kvartirali uylarni taʼmirlashni moliyalashtirish maxsus hisobvaragʻini ochish.ikki haftaUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi6.Mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq shakllantiriladigan roʻyxatdagi uy-joylarni taʼmirlash umumiy smeta qiymatining 30 foizini koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari hisobidan jamgʻarib borilishini tashkil etish.doimiy ravishdaUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish organlari7.Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqaruvchilarning elektron reyestrini shakllantirish va ishga tushirish. 2021-yil 1-oktabrdan boshlabUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari8.Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan va doimiy ravishda yangilanadigan soliq va statistika hisobotlari maʼlumotlari (boshqaruvida boʻlgan uy-joylardagi mulkdorlarning “onlayn” taqrizlari, ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan malakali va sertifikatlangan mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va toʻlangan soliqlar, ish haqi toʻlash fondi va boshqa mezonlar) asosida avtomatik tarzda shakllanadigan boshqaruvchi tashkilotlarning reytingini yuritish.2021-yil 1-oktabrdan boshlabUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar9.Qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan koʻp kvartirali uy-joyni quruvchi tomonidan boshqaruvga olinganligini reja-grafikka asosan nazorat qilish.Doimiy ravishdaUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari10.Respublikadagi barcha koʻp kvartirali uylardagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari tomonidan tashkil etilgan umumiy yigʻilishlarda uy-joylar mulkdorlari shirkati faoliyatini davom ettirish yoki boshqa boshqaruv usulini tanlash, vakant boʻlib turgan shirkatlarga boshqaruv raislarini saylash boʻyicha tegishli choralar koʻrish va koʻp kvartirali uy-joylar boshqaruvchilarining elektron reyestrini toʻliq toʻldirilishini taʼminlash.Doimiy ravishdaUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari11.Koʻp kvartirali uy-joy mulkdorlari tomonidan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga koʻp kvartirali uy-joyga tutash yer uchastkasining chegaralari va oʻlchamlarini belgilash hamda koʻp kvartirali uyni boshqarish organiga bunday yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini belgilovchi zarur hujjatlarni berish toʻgʻrisida murojaatlar yuborilishini taʼminlash.ikki oy Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari12.Koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari chegaralari va oʻlchamlarini belgilash.murojaatni koʻrib chiqish muddatlariga asosanQurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari13.Koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkasining belgilangan chegaralari va oʻlchamlaridan kelib chiqib tegishli koʻp kvartirali uyning mulkdorlariga bunday yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini belgilovchi zarur hujjatlarni berish.murojaatni koʻrib chiqish muddatlariga asosanQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kadastr agentligi14.Koʻp kvartirali uy-joylarning tutash yer uchastkasi kadastr hujjatlarini doimiy foydalanish huquqini belgilovchi hujjatga asosan rasmiylashtirish.murojaatni koʻrib chiqish muddatlariga asosanKadastr agentligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi16.Har bir koʻp kvartirali uy-joy uchun alohida hisob yuritilishini tashkil qilish.Majburiy badallar yoki toʻlovlarning kamida 30 foizi uy-joyni kapital taʼmirlash uchun yigʻilib borilishini tashkil qilish hamda ushbu mablagʻlarni uy-joy mulkdorlari va Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan kuzatib borish imkoniyatini yaratish.ikki oy Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklariIII. Mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq renovatsiya ishlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar17.268 ta koʻp kvartirali uy-joy boʻyicha renovatsiya (buzib qayta qurish va rekonstruksiya qilish) ishlarini amalga oshirish uchun:Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaria) 104 ta koʻp kvartirali uy-joyning buzib qayta qurilishini taʼminlash maqsadida tanlov asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish. Bunda tanlov sharti sifatida buzib qayta quriladigan koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ularning turar joylari maydonidan kam boʻlmagan miqdorda, “kaliti bilan topshirish” sharti bilan yangi turar joyni bepul topshirish va mazkur uy-joylarda istiqomat qiluvchi aholini qurilish toʻliq tugallangunga qadar vaqtincha yashash uchun bepul uy-joylar bilan taʼminlash majburiyatini yuklash;bir oyb) mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan:107 ta koʻp kvartirali uy-joyni buzib qurish ishlarini boshlash. Bunda renovatsiya ishlari olib boriladigan koʻp kvartirali uy-joylarda istiqomat qiluvchi aholini qurilish toʻliq tugallangunga qadar vaqtincha yashash uchun bepul uy-joylar bilan taʼminlash;57 ta koʻp kvartirali uy-joyni rekonstruksiya (shu jumladan, uylarning tayanch toʻsiqlarini kuchaytirish) ishlarini boshlash.bir oy18.Mahalliy budjet qoʻshimcha manbalari hisobidan 276 ta koʻp kvartirali uy-joylarni instrumental oʻrganish ishlarini boshlash. Bunda, batafsil instrumental oʻrganish tadbirlarini faqatgina ushbu yoʻnalishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan maxsus asbob-uskunalarni qoʻllagan holda amalga oshirish.ikki oyQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariIV. Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar19.Mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan loyiha yakunlari boʻyicha qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.2022-yil 1-iyulUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar20.Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining koʻp kvartirali uylarni taʼmirlashni moliyalashtirish maxsus hisobvaragʻi mablagʻlarining shakllanishi, taqsimlanishi hamda moliyalashtirilishi boʻyicha tartibni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.ikki oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar21.Koʻp kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.bir oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari22.Koʻp kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi Moliya vazirligi tomonidan olib boriladigan reyestrga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga majburiy badalni toʻlab berish uchun “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamgʻarmalari hisobidan subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.uch oyMoliya vazirligi, Iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar23.Koʻp kvartirali uy-joyni boshqarish toʻgʻrisidagi shartnomaning uslubiy namunasini Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining elektron “veb-sayti”ga joylashtirish.bir oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi24.Koʻp kvartirali uy-joydagi umumiy mulkni saqlash (foydalanish) qoidalarini tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash.bir oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar25.Koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatuvchi uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv tashkilotlari bilan kommunal (suv taʼminot, elektr energiya, issiqlik taʼminoti) idoralari oʻrtasidagi tegishli kommunikatsiyani saqlash va taʼmirlash boʻyicha masʼuliyat chegaralarini qayta koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.bir oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar26.Elektr energiyasi va suv taʼminotining tashqi tizimlari orqali uzatish xarajatlari koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchi organlarga qoplab berilishi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.ikki oy muddatdaUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi 27.Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:Inspeksiyani koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlab turish va ulardan foydalanish sohasi doirasidagi sudlarga kiritilayotgan daʼvo arizalari boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod qilish;Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari boshliqlariga, huquqbuzarlik faktiga eʼtiroz bildirilgan hollarda ishni koʻrib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlab turish va ulardan foydalanish sohasiga oid maʼmu?iy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini berish;koʻp kvartirali uy-joylardagi tayanch va toʻsiq konstruksiyalarini uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzgan holda oʻzgartirish, shu jumladan koʻp kvartirali uy-joylarda va ularga tutash hududlarda oʻzboshimchalik bilan qoʻshimcha qurilmalar qurganligi uchun qoʻllaniladigan jarimalar miqdorini oshirish;Oʻzbekiston Respublikasi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish;koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash;turar joyni noturar joyga oʻzgartirmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan turar joyni yuridik shaxsning manzili sifatida belgilash mazkur turar joyning mulkdorlariga yoki ularning roziligi bilan ushbu turar joyda qonuniy asoslarida istiqomat qiluvchi fuqarolarga ruxsat etish;boshqaruvchi tashkilot umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek, koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan va ishlar bajarilgan taqdirda, xizmatlar koʻrsatish va ushbu ishlarni bajarishga taalluqli qism boʻyicha barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritish.ikki oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar28.Koʻp kvartirali uylarda majburiy badal yoki toʻlovlar miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.ikki oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar29.“Koʻchmas mulk menejeri” va “Uy ustasi (Nousemaster)” professional standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.ikki oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Uy-joy fondini professional boshqaruvchi va unga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar30.Quyidagilarni nazarda tutuvchi koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish:koʻp kvartirali uy-joylar boʻyicha alohida hisob yuritish;majburiy badallar yoki toʻlovlarning 30 foizini mazkur koʻp kvartirali uy-joyni kapital taʼmirlash uchun yigʻib borish;koʻp kvartirali uy-joy boshqaruvchisi billing tizimiga majburiy tartibda ulanish;koʻp kvartirali uy-joyning mulkdoriga yoki uning vakiliga boshqaruvchilar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot berish;billing tizimini joriy qilishga toʻsqinlik qilmaslik;billing tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritish;koʻp kvartirali uy-joylardagi umumiy mulk butligini xatlovdan oʻtkazish va Inspeksiyaga maʼlumot kiritish;Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzmaslik.ikki oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar31.Inspeksiya faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.ikki oyUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralarV. Billing tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar32.Billing tizimini tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining moliyaviy mablagʻlari hamda texnik koʻmaklashish mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarning jalb etilishini taʼminlash.ikki oyInvestitsiyalar va tashqi savdo vazi?ligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnolo?iyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 33.Billing tizimini ishlab chiqish hamda ishga tushirish. Bu borada Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bazasida zarur telekommunikatsiya infratuzilmasi tashkil etilishini, xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan belgilangan tartibda tegishli shartnomalar tuzilishini, shuningdek, unda qoʻshimcha ravishda:jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish maqsadida Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar bazalariga ulanishini;kadastr raqamlarini olish maqsadida Kadastr agentligining maʼlumotlar bazalariga ulanishini;mulkdorlarning qarzdorligini notarial idoralari tomonidan tekshirish uchun Adliya vazirligining maʼlumotlar bazalariga ulanishini;Markaziy bankning kliring tizimiga hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlar portalining maʼlumotlar bazalariga ulanishini;uy-joy mulkdorlarining umumiy yigʻilishlarini “onlayn” tarzda oʻtkazish, ularda ovoz berish, bayonnomalarini tasdiqlash, ishlab chiqilgan xarajatlar smetasini “onlayn” muhokama qilish va tasdiqlash, mulkdorlar tomonidan nosozliklar toʻgʻrisida xabar qilish va xizmatlarga buyurtma berish imkoniyatini yaratishni nazarda tutish.2022-yil fevralUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar VI. Sohadagi olib borilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish va muhokama qilish boʻyicha chora-tadbirlar34.Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar, shu jumladan:koʻp kvartirali uy-joydagi umumiy mol-mulkni, tutash yer uchastkalarni aniq belgilashning ijobiy taraflari toʻgʻrisida;xonadon ichidagi umumiy mulkning (tayanch va toʻsiq konstruksiyalar, shaxtalar va hokazo) butligini saqlash zaruriyati toʻgʻrisida;joylarning mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni birgalikda amalga oshirish majburiyati toʻgʻrisida;koʻp kvartirali uy-joyni boshqarish usullari toʻgʻrisida;koʻp kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy yigʻilishida qatnashishning ahamiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil qilish.doimiy ravishda grafik-reja asosidaOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari35.Uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish holatlari va ularning oqibatlari haqida maxsus koʻrsatuvlar va roliklar tayyorlab, muntazam ravishda efirga chiqarish choralarini koʻrish.doimiy ravishda grafik-reja asosidaOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-fevraldagi “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3-son qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“koʻp xonadonli uy-joyni kapital taʼmirlash dasturlariga koʻp xonadonli uy-joy mulkdorlari tomonidan uy-joy binosini kapital taʼmirlash umumiy smeta qiymatining kamida 30 foizi hajmida moliyalashtirilgan uylar kiritiladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2900-son qarorida:
a) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Belgilansinki, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining buyrugʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 2 baravarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalarida — 1,5 baravarga, tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlarida — 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi”;
b) 8-ilovada:
7-band quyidagi mazmundagi oltinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan zaruriy texnika, mebel, aloqa vositalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika vositalari bilan taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi xodimlarining xizmat safarlari, shu jumladan xorijiy xizmat safarlari;
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
vazirlikning kommunal xarajatlari bilan bogʻliq toʻlovlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga konsalting tashkilotlaridan va boshqa tashkilotlardan mutaxassislarni, jumladan mahalliy va xorijiy maslahatchilarni jalb qilish”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi “2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2922-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi xatboshisidan “buxgalterlik hisobini yuritish,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi “Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi PQ-4732-son qarorida:
a) 2-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Elektron roʻyxatga kiritilmagan qurilish majmualarini reklama qilish taqiqlanadi”;
b) ilovaning 18-bandi oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddati (ikki yildan kam boʻlmasligi lozim)”.
