Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (310-son)
17.06.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “Soʻm-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-apreldagi 195-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini takomillashtirish, pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 18-martdagi 146-son qarorning 10-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy valyutaning ichki erkin muomalada boʻlishi uchun resurslarni koʻpaytirish toʻgʻrisida” 1994-yil 8-noyabrdagi 540-son qarorning 1-bandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 17-iyun,
310-son
