Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-694-son)
07.06.2021
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda maʼqullangan
1-modda. 15-aprel Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-iyun,
OʻRQ-694-son
