Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2 000 (ikki ming) soʻmlik va 20 000 (yigirma ming) soʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida (KQ-232-IV-son)
31.05.2021
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2 000 (ikki ming) soʻmlik va 20 000 (yigirma ming) soʻmlik banknotlar chiqarish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan 2 000 (ikki ming) soʻmlik va 20 000 (yigirma ming) soʻmlik banknotlarning namunalari hamda dizaynlari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2 000 (ikki ming) soʻmlik va 20 000 (yigirma ming) soʻmlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi xabarni, shuningdek banknotlar tavsiflarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 31-may,
KQ-232-IV-son
