34-modda. Huquqbuzarliklar uchun javobgarlik
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida (O‘RQ-692-son) · Sana: 04.06.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyatlar, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yoki doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar turish qoidalarini buzganlik hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish qoʻllanilishi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi uchun taqiq qoʻyilishi, shuningdek ularning turish muddati qisqartirilishi ham mumkin.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida turish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
