25-modda. Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning majburiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida (O‘RQ-692-son) · Sana: 04.06.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya etishi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi;
Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini asrab-avaylashi;
atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi shart.
