10-modda. Identifikatsiyalovchi kartaning amal qilish muddati
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida (O‘RQ-692-son) · Sana: 04.06.2021 · Amalda
Identifikatsiyalovchi karta quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
yangi tugʻilgan bir yoshgacha boʻlgan bolalarga — ikki yilga;
bir yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslarga — besh yilga;
oʻn olti yoshdan oltmish yoshgacha boʻlgan shaxslarga — besh yilga;
oltmish yoshdan oshgan shaxslarga — oʻn yilga.
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolariga identifikatsiyalovchi karta ularning milliy pasportlarining amal qilish muddatidan oshmaydigan muddatga beriladi.
Ushbu Qonun 9-moddasining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga identifikatsiyalovchi karta oʻn yil muddatga, biroq oʻz harakatlanish hujjatlarining amal qilish muddatidan oshmaydigan muddatga beriladi.
