“Xalqaro avtobusda yoʻlovchilarni tashishni tashkillashtirish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash toʻgʻrisida (348-son)
03.06.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3584-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsiz harakatlanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, vaqtincha mehnat faoliyatini respublika tashqarisida amalga oshirishda xalqaro va shaharlararo avtomobil transportiga aholining talablarini toʻliq qondirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Xalqaro avtobusda yoʻlovchilarni tashishni tashkillashtirish” investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-iyun,
348-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 348-son qaroriga ILOVA
“Xalqaro avtobusda yoʻlovchilarni tashishni tashkillashtirish” investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKIChLARI
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Moliyalashtirish manbalari XDTB krediti Oʻz mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh doll. ekv. 25 894,9 19 989,9 646,7 5 258,3 2. Kapital mablagʻlar miqdori, jami ming AQSh doll. ekv. 20 636,6 19 989,9 646,7 0,0 shu jumladan: 2.1. Mashina-mexanizmlar (avtobuslar) ming AQSh doll. ekv. 19 989,9 19 989,9 0,0 0,0 2.2. Investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar ming AQSh doll. ekv. 509,4 0,0 509,4 0,0 2.3. Boshqa xarajatlar ming AQSh doll. ekv. 137,3 0,0 137,3 0,0 Loyihadan oldingi xarajatlar ming AQSh doll. ekv. 107,8 0,0 107,8 0,0 Bojxona rasmiylashtiruvi ming AQSh doll. ekv. 9,6 0,0 9,6 0,0 Qabul qilish xarajatlari va ISI ming AQSh doll. ekv. 20,0 0,0 20,0 0,0 3. Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSh doll. ekv. 5 258,3 0,0 0,0 5 258,3 4. Korxona quvvati yoʻlovchi yiliga 818 936 gacha yoʻlovchi shu jumladan: 4.1. Yoʻnalishlar soni dona 30 5. Yoʻlovchi tashish hajmi yiliga mln. yoʻlovchi km. 1 742,92 Ish bilan band boʻladiganlar soni nafar 657 6. Investitsiya davri davomiyligi oy 48 7. Xarajatlarni qoplash davri yil 4,7 8. Kreditni qaytarish muddati 7 yil, shu jumladan, 3 yil — imtiyozli davri
