Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasi bilan moliyaviy hamkorlikda “Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (328-son)
27.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi PQ-4301-son qarori ijrosini taʼminlash hamda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, xalqaro standartlarga mos boʻlgan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam turlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan 2019-yil 27-iyunda Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — EDCF jamgʻarmasi) tomonidan “Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga 0,15 % yillik foiz stavkasida jami 124 million AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan miqdorda Koreya vonida imtiyozli qarz ajratilishi maʼqullanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va EDCF jamgʻarmasi oʻrtasida 2021-yil 28-yanvarda loyiha yuzasidan qarz bitimi imzolanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha 2020-yil 1-iyulga qadar maʼqullangan, toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shuningdek, ularni olib kirishga qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinmasligi qonunchilik hujjatlarida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) EDCF jamgʻarmasi qarzidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi oʻrinlarda — Milliy bank) EDCF jamgʻarmasi qarzi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi;
EDCF jamgʻarmasi boʻyicha asosiy qarz, unga hisoblangan foiz, vositachilik haqi hamda boshqa toʻlovlarni qoplash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoplanadi.
3. Quyidagilar:
“Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasi boʻyicha Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi boʻyicha asosiy qarz, unga hisoblangan foiz va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Vazirlik va Milliy bank (moliyaviy agent) oʻrtasida EDCF jamgʻarmasi qarzidan foydalanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha agentlik bitimini imzolash vakolati berilsin.
5. Milliy bankka EDCF jamgʻarmasi qarzi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi imzolangan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga “Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobiga loyihani amalga oshirish doirasida tegishli oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent shahar hokimligi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda Toshkent shahri, Yashnobod tumanida joylashgan sobiq 56-son harbiy shaharcha hududining:
Bolalar milliy tibbiyot markazi va yer usti metro liniyasi oraligʻidagi 15,3 gektar boʻsh yer uchastkasini bir hafta muddatda Toshkent shahar hokimligi zaxira fondiga topshirilishini;
er usti metro liniyasi va “Qorasuv” koʻchasi oraligʻidagi 5,05 gektar yer uchastkasining ushbu hududda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari bilan birgalikda belgilangan tartibda koʻchirilgandan soʻng Toshkent shahar hokimligi zaxira fondiga olinishini taʼminlasin.
Toshkent shahar hokimligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Toshkent shahar hokimligi zaxira fondiga olingan 15,3 gektar boʻsh yer uchastkasining 10 gektarini loyihani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berilishini taʼminlasin.
9. Vazirlik:
a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda loyiha va kelgusida EDCF jamgʻarmasi qarzi hisobiga sogʻliqni saqlash tizimiga tegishli loyihalarni muvofiqlashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan 6 ta shtat birligidan iborat boʻlgan birlashgan loyihalarni amalga oshirish guruhini tashkil qilsin va uni yuqori malakali xodimlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
b) Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda loyiha doirasida olib kelinadigan tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni, istisno tariqasida, davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan hamda majburiy sertifikatsiyalashtirishdan ozod etgan holda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmanomalari boʻyicha loyihada ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-may,
328-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 328-son qaroriga 1-ILOVA
“Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI
T/r Komponentning nomi Oʻlchov birligi Jami Moʻljallanayotgan moliyalashtirish manbalari EDCF qarzi** Budjet mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati* ming AQSh doll (ekv) 149 796,0 124 000,0 25 796,0 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, jami ming AQSh doll. 99 337,9 99 337,9 Shu jumladan, komponentlar boʻyicha: 2.1 1-komponent: Qurilish ming AQSh doll. 43 533,8 43 533,8 2.2 2-komponent: Tibbiy texnika, tibbiy buyum va jihozlar xaridi ming AQSh doll. 49 938,0 49 938,0 - 2.3 3-komponent: Konsalting xizmatlari ming AQSh doll. 5 225,6 5 225,6 - 2.4 4-komponent: Axborot tizimi ming AQSh doll. 4 366,1 4 366,1 - 2.5 5-komponent: Uskunalar/mebel ming AQSh doll. 1 500,0 1 500,0 - 2.6 6-komponent: Oʻqitish va malaka oshirish ming AQSh doll. 5 053,1 5 053,1 - 2.7 7-komponent: Koʻzda tutilmagan xarajatlar ming AQSh doll. 14 259,4 14 259,4 - 3. Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlari shaklidagi ulushi ming AQSh doll (ekv) 24 296,0 0,00 24 296,0 4. Loyihani boshqarish ming AQSh doll (ekv) 400,0 400,0 5. Boshqa xarajatlar, jami ming AQSh doll (ekv) 1 224,0 124,0 1 100,0 6. Muassasa quvvati: koyka �oni 300 7. Kutilayotgan band boʻlganlar soni odam soni 720 8. Loyihani amalga oshirish davri oy 44 9. qarzni qaytarish muddati yil 40 Shu jumladan asosiy qarzning imtiyozli davri yil 10
* Yakuniy xarajatlar koʻrsatkichlari tovar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha tender natijalari boʻyicha aniqlanadi.
** Qarz mablagʻlari AQSh dollari ekvivalentida Koreya vonida taqdim etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 328-son qaroriga 2-ILOVA
“Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish” loyihasi boʻyicha Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi boʻyicha asosiy qarz, unga hisoblangan foiz va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 124 mln AQSh doll. ekvivalentida* Qarzni qaytarish muddati 40 yil Shu jumladan imtiyozli davr 10 yil Foiz stavkasi (maʼmuriy xarajatlarni oʻz ichiga olgan holda) 0,15% yillik AQSh doll. Toʻlov sanasi Toʻlovlar Vositachilik haqi Jami oʻzlashtirish Soʻndirish summasi Jami qarzdorlik Foiz stavkasi Jami hisoblangan Jami xarajatlar Jami toʻlovlar summasi** 01.07.2021 1 541 997 1 544 1 543 541 1 543 541 0,15% 01.01.2022 8 977 702 8 987 8 986 689 10 530 229 0,15% 1 167 1 167 1 167 01.07.2022 1 932 294 1 934 1 934 228 12 464 457 0,15% 7 833 7 833 9 000 01.01.2023 20 199 800 20 220 20 220 020 32 684 477 0,15% 9 425 9 425 18 425 01.07.2023 17 973 268 17 991 17 991 259 50 675 737 0,15% 24 312 24 312 42 737 01.01.2024 15 710 970 15 727 15 726 697 66 402 433 0,15% 38 319 38 319 81 056 01.07.2024 57 539 969 57 598 57 597 567 124 000 000 0,15% 49 665 49 665 130 722 01.01.2025 124 000 000 0,15% 93 764 93 764 224 486 01.07.2025 124 000 000 0,15% 92 236 92 236 316 722 01.01.2026 124 000 000 0,15% 93 764 93 764 410 486 01.07.2026 124 000 000 0,15% 92 236 92 236 502 722 01.01.2027 124 000 000 0,15% 93 764 93 764 596 486 01.07.2027 124 000 000 0,15% 92 236 92 236 688 722 01.01.2028 124 000 000 0,15% 93 764 93 764 782 486 01.07.2028 124 000 000 0,15% 92 745 92 745 875 231 01.01.2029 124 000 000 0,15% 93 764 93 764 968 996 01.07.2029 124 000 000 0,15% 92 236 92 236 1 061 231 01.01.2030 124 000 000 0,15% 93 764 93 764 1 154 996 01.07.2030 124 000 000 0,15% 92 236 92 236 1 247 231 01.01.2031 124 000 000 0,15% 93 764 93 764 1 340 996 01.07.2031 121 933 333 0,15% 92 236 2 158 902 3 499 898 01.01.2032 2 066 667 119 866 667 0,15% 92 202 2 158 868 5 658 766 01.07.2032 2 066 667 117 800 000 0,15% 89 654 2 156 320 7 815 086 01.01.2033 2 066 667 115 733 333 0,15% 89 076 2 155 743 9 970 829 01.07.2033 2 066 667 113 666 667 0,15% 86 087 2 152 753 12 123 583 01.01.2034 2 066 667 111 600 000 0,15% 85 951 2 152 617 14 276 200 01.07.2034 2 066 667 109 533 333 0,15% 83 012 2 149 679 16 425 879 01.01.2035 2 066 667 107 466 667 0,15% 82 825 2 149 492 18 575 371 01.07.2035 2 066 667 105 400 000 0,15% 79 938 2 146 604 20 721 975 01.01.2036 2 066 667 103 333 333 0,15% 79 700 2 146 366 22 868 341 01.07.2036 2 066 667 101 266 667 0,15% 77 288 2 143 954 25 012 295 01.01.2037 2 066 667 99 200 000 0,15% 76 574 2 143 241 27 155 536 01.07.2037 2 066 667 97 133 333 0,15% 73 788 2 140 455 29 295 992 01.01.2038 2 066 667 95 066 667 0,15% 73 449 2 140 115 31 436 107 01.07.2038 2 066 667 93 000 000 0,15% 70 714 2 137 381 33 573 488 01.01.2039 2 066 667 90 933 333 0,15% 70 323 2 136 990 35 710 478 01.07.2039 2 066 667 88 866 667 0,15% 67 639 2 134 306 37 844 784 01.01.2040 2 066 667 86 800 000 0,15% 67 198 2 133 864 39 978 648 01.07.2040 2 066 667 84 733 333 0,15% 64 922 2 131 588 42 110 236 01.01.2041 2 066 667 82 666 667 0,15% 64 072 2 130 739 44 240 975 01.07.2041 2 066 667 80 600 000 0,15% 61 490 2 128 157 46 369 133 01.01.2042 2 066 667 78 533 333 0,15% 60 947 2 127 614 48 496 746 01.07.2042 2 066 667 76 466 667 0,15% 58 416 2 125 083 50 621 829 01.01.2043 2 066 667 74 400 000 0,15% 57 821 2 124 488 52 746 317 01.07.2043 2 066 667 72 333 333 0,15% 55 341 2 122 008 54 868 325 01.01.2044 2 066 667 70 266 667 0,15% 54 696 2 121 363 56 989 687 01.07.2044 2 066 667 68 200 000 0,15% 52 556 2 119 222 59 108 910 01.01.2045 2 066 667 66 133 333 0,15% 51 570 2 118 237 61 227 147 01.07.2045 2 066 667 64 066 667 0,15% 49 192 2 115 859 63 343 006 01.01.2046 2 066 667 62 000 000 0,15% 48 445 2 115 112 65 458 117 01.07.2046 2 066 667 59 933 333 0,15% 46 118 2 112 784 67 570 902 01.01.2047 2 066 667 57 866 667 0,15% 45 319 2 111 986 69 682 888 01.07.2047 2 066 667 55 800 000 0,15% 43 043 2 109 710 71 792 598 01.01.2048 2 066 667 53 733 333 0,15% 42 194 2 108 861 73 901 458 01.07.2048 2 066 667 51 666 667 0,15% 40 190 2 106 856 76 008 315 01.01.2049 2 066 667 49 600 000 0,15% 39 068 2 105 735 78 114 050 01.07.2049 2 066 667 47 533 333 0,15% 36 894 2 103 561 80 217 611 01.01.2050 2 066 667 45 466 667 0,15% 35 943 2 102 610 82 320 220 01.07.2050 2 066 667 43 400 000 0,15% 33 820 2 100 486 84 420 707 01.01.2051 2 066 667 41 333 333 0,15% 32 818 2 099 484 86 520 191 01.07.2051 2 066 667 39 266 667 0,15% 30 745 2 097 412 88 617 603 01.01.2052 2 066 667 37 200 000 0,15% 29 692 2 096 359 90 713 962 01.07.2052 2 066 667 35 133 333 0,15% 27 824 2 094 490 92 808 452 01.01.2053 2 066 667 33 066 667 0,15% 26 567 2 093 233 94 901 685 01.07.2053 2 066 667 31 000 000 0,15% 24 596 2 091 263 96 992 948 01.01.2054 2 066 667 28 933 333 0,15% 23 441 2 090 108 99 083 056 01.07.2054 2 066 667 26 866 667 0,15% 21 522 2 088 188 101 171 244 01.01.2055 2 066 667 24 800 000 0,15% 20 316 2 086 982 103 258 226 01.07.2055 2 066 667 22 733 333 0,15% 18 447 2 085 114 105 343 340 01.01.2056 2 066 667 20 666 667 0,15% 17 190 2 083 857 107 427 197 01.07.2056 2 066 667 18 600 000 0,15% 15 458 2 082 124 109 509 321 01.01.2057 2 066 667 16 533 333 0,15% 14 065 2 080 731 111 590 052 01.07.2057 2 066 667 14 466 667 0,15% 12 298 2 078 965 113 669 017 01.01.2058 2 066 667 12 400 000 0,15% 10 939 2 077 606 115 746 623 01.07.2058 2 066 667 10 333 333 0,15% 9 224 2 075 890 117 822 513 01.01.2059 2 066 667 8 266 667 0,15% 7 814 2 074 480 119 896 994 01.07.2059 2 066 667 6 200 000 0,15% 6 149 2 072 816 121 969 809 01.01.2060 2 066 667 4 133 333 0,15% 4 688 2 071 355 124 041 164 01.07.2060 2 066 667 2 066 667 0,15% 3 092 2 069 758 126 110 922 01.01.2061 2 066 667 0 1 563 2 068 229 128 179 152 Jami 123 876 000 124 000 124 000 000 124 000 000 11,85% 4 179 152 128 179 152
* Qarz mablagʻlari AQSh dollari ekvivalentida Koreya vonida taqdim etiladi.
** Toʻlov miqdori qarz boʻyicha amaldagi oʻzlashtirish sanalariga aniqlashtirib boriladi.
