Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida (326-son)
26.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son Farmoniga asosan hamda ilmiy maktablarni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ilmiy tashkilotlarda barqaror moliyalashtirish mexanizmini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligining Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimlaridagi davlat ilmiy tashkilotlarini 2021-yil 1-iyundan boshlab bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkaziladigan davlat ilmiy tashkilotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Bazaviy moliyalashtirishga oʻtkaziladigan davlat ilmiy tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanadigan xodimlarning shtat birliklari jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq bazaviy moliyalashtirishga oʻtkaziladigan davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, 2022-yildan esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
b) bazaviy moliyalashtiriladigan davlat ilmiy tashkilotlarida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalar boʻyicha ustama xarajatlar hisoblanmaydi;
v) bazaviy moliyalashtirishga oʻtkaziladigan davlat ilmiy tashkilotlari rahbar va ilmiy xodimlarining ish haqi budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning ilmiy faoliyatga oid dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy tashkilotlar rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;
g) bazaviy moliyalashtirish doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat ilmiy-amaliy markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining faqat ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadigan tuzilmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
d) bazaviy moliyalashtirish doirasida davlat ilmiy tashkilotlarining quyidagi xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi:
boshqaruv (shu jumladan, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimlari) rahbarlari, ilmiy xodimlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan ilmiy tuzilma, shuningdek amaldagi shtatlar jadvaliga muvofiq), texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining ish haqini toʻlash;
majburiy sugʻurta badallari;
xizmat safarlari xarajatlarini qoplash (ilmiy xodimlarning xizmat safarlaridan tashqari, Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari bundan mustasno);
Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarida ilmiy ekspeditsiya xarajatlari;
kommunal xizmatlar (suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti, kanalizatsiya, ventilyatsiya) toʻlovlari;
bino va inshootlarni, asbob-uskuna va boshqa mol-mulklarni saqlash va ularni joriy taʼmirlash xarajatlari;
transport ijarasi;
telefon, kommunikatsiya va boshqa telekommunikatsion xizmatlar toʻlovlari;
asosiy vositalarga kiruvchi tovarlarni sotib olish, sarf materiallari, boshqa tovarlarni sotib olish, boshqa joriy xarajatlar, qoʻriqlash (harbiylashtirilgan xizmatlar), xavfsizlik signalizatsiyasi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-may,
326-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26 maydagi 326-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkaziladigan davlat ilmiy tashkilotlari
ROʻYXATI
T/rDavlat ilmiy tashkilotining nomi I. Sogʻliqni saqlash vazirligi1.Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)2.Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)3.Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)4.Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)5.Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)6.Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)7.Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)8.Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)9.Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)10.Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)11.Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)12.Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)13.Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)14.Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)15.Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)16.Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)17.Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya va qon quyish ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy boʻlim va laboratoriyalari)18.Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)19.Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning L.M. Isayev nomidagi filiali (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)20.Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)21.Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)22.Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)23.Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)24.Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi25.Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti26“Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutiII. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻyicha1.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi2.Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tizimidagi “Fan va taraqqiyot” davlat muassasasiIII. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boʻyicha1.Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi*
Izoh. Bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish 2021-yil 1-iyundan hisoblanadi.
* Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-son qarori bilan tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashkiliy tuzilmasida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi tashkil etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi 326-son qaroriga 2-ILOVA
Bazaviy moliyalashtirishga oʻtkaziladigan davlat ilmiy tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanadigan xodimlarning shtat birliklari
JADVALI
T/rTashkilot nomiLavozimlar nomiShtat birligi soniI. Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻyicha1.Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudiri1Laborant1Jami52.Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari5Laborantlar5Jami133.Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudirlari5Laborantlar5Jami134.Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari2Laborantlar2Jami75.Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari2Laborantlar2Jami76.Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudirlari5Laborantlar5Jami137.Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudirlari4Laborantlar4Jami118.Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudiri1Laboratoriya mudirlari6Laborantlar8Jami189.Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari5Laborantlar5Jami1310.Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari3Laborantlar3Jami911.Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari2Laborantlar2Jami712.Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudirlari4Laborantlar4Jami1113.Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtiri?gan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari3Laborantlar3Jami914.Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari5Laborantlar5Jami1315.Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudiri9Laborant9Jami2116.Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari5Laborantlar5Jami1317.Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya va qon quyish ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudirlari2Laboratoriya mudirlari3Vivariy mudiri1Laborantlar6Jami1518.Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutiDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudirlari6Laborantlar6Jami1519.Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudiri1Laboratoriya mudirlari4Laborantlar4Jami12L. Isayev nomidagi filialFilial direktori1Boʻlim mudirlari4Laborantlar2Jami7Jami1920.Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutiDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari9Laborantlar9Jami2121.Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudirlari5Laboratoriya mudirlari4Laborantlar4Jami16211.Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari)Direktor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudirlari2Laborantlar2Jami7212.Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Laboratoriya mudirlari3Laborantlar4Jami9213.Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Boʻlim mudirlari6Laboratoriya mudirlari2Laborantlar2Jami13214.Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutiDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari6Laborantlar6Jami15215.“Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutiDirektor1Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Laboratoriya mudirlari3Laborantlar3Jami9Jami 322II. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻyicha23.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markaziDirektor1Direktorning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Sektor mudirlari4Kadrlar boʻyicha inspektor1Bosh hisobchi11-toifali buxgalter1AKT va axborot resurslari guruhi boshligʻi1AKT texnik muhandisi1Maxsus boʻlim inspektori1Ishlar boshqarmasi va devonxona boshligʻi1Devonxona mudiri1Jami15231.Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tizimidagi “Fan va taraqqiyot” davlat muassasasiDirektor1Ilmiy va innovatsion ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari1Ilmiy kotib1Bosh hisobchi1Iqtisodchi1Xodimlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis1Ilmiy va oʻquv jarayonlarini tashkil etish boʻlimi1Bosh patentshunos1Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis1Laboratoriya mudirlari6Katta ilmiy xodim2Kichik ilmiy xodim4Jami21Jami 36III. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boʻyicha24.Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markaziDirektor1Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari1Bosh hisobchi1Yuriskonsult1Kadrlar boʻlimi mutaxassisi1Moddiy texnika taʼminoti boʻyicha yetakchi mutaxassis1Ish yurituvchi1AKT texnik muhandisi1Boʻlim mudirlari6Haydovchi1Jami15Jami 15Jami tashkilotlar boʻyicha373
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi 326-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyuldagi 366-son qarori 23-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish
JADVALI
T/r Laboratoriya nomi Ilmiy xodimlarning shtat birliklar soni 2020 — 2022 yy. 2023-2024 yy. 2025-yildan boshlab 1. Oʻsimlik resurslari laboratoriyasi 7 5 3 2. Oʻzbekiston florasi laboratoriyasi 15 11 7 3. Kamyob oʻsimlik turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi 7 5 3 4. Geobotanika va ekologiya laboratoriyasi 10 7 4 5. Mikologiya va algologiya laboratoriyasi 7 5 3 6. Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi 8 6 3 Akad. F.N. Rusanov nomidagi Botanika bogʻi 1. Anatomiya va sitoembriologiya laboratoriyasi 6 2. Daraxtlar va oʻtsimon oʻsimliklar introduksiyasi laboratoriyasi 6 3. Dorivor oʻsimliklar introduksiyasi laboratoriyasi 6 3 1 Jami 72 54 30 ”.
