Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 11-dekabrdagi Farmonini roʻyobga chiqarish toʻgʻrisida (597-son)
29.12.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Afgʻoniston Respublikasida va boshqa davlatlar hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 7-maydagi Farmonining amal qilishini joriy etish toʻgʻrisida” 1992-yil 11-dekabrdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar 1979-yil dekabridan 1990-yil fevraligacha Afgʻoniston Respublikasidagi jangovar harakatlarda qatnashgan fuqarolarga, shuningdek, boshqa mamlakatlarning hududlarida turli yillarda jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq harbiy xizmatchilarga ular hozir yashab turgan davlatga va idoralarga qarashli uylar va kvartiralar shaxsiy mulk qilib berilishini taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 29-dekabr,
597-son
