Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (312-son)
19.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq, shuningdek, xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarorining:
1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillari lavozimlari tashkil etilganligi;
2-bandiga muvofiq Agentlik va uning vakillari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 34 ta shtat birligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimining 39 ta shtat birligi hisobidan tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Agentlik:
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat taʼlim muassasalarining xorijiy tillarni oʻqitishni ommalashtirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
xorijiy va mahalliy hamkorlar bilan aloqalar oʻrnatib, ularning moliyaviy, tashkiliy va uslubiy koʻmagini mamlakatda xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishga jalb qilishni tashkil etadi;
vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyatini xorijiy tillarda amalga oshirish imkoniyatini beruvchi uslubiyotlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etadi;
talab yuqori boʻlgan kamida oʻnta xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilaydi;
xorijiy tillar oʻqituvchilari uchun malaka talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqadi hamda ularga malaka toifasini berish jarayonini ochiqlik tamoyili asosida tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlarning roʻyxatini hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning darajalari oʻrtasidagi muvofiqlikni tasdiqlaydi.
Vazirliklar va idoralar xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlarning roʻyxati hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari oʻrtasidagi muvofiqlik jadvali asosida tizimlaridagi xodimlarga ustamalar belgilash uchun har yili oʻzlariga taalluqli boʻlgan sertifikatlar roʻyxatlarini tasdiqlaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki:
Agentlik Markazning butun uzluksiz taʼlim tizimi uchun chet tillari boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini, oʻquv hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va doimiy tarzda takomillashtirish boʻyicha shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari hamda xoʻjalik shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Markazning 4 ta shtat birligi negizida Xorijiy mamlakatlarning chet tillarini oʻqitish sohasidagi nufuzli malaka oshirish markazlari bilan hamkorlikda ikki tomonlama sertifikatlash tizimi boʻyicha tarmoq malaka oshirish tuzilmasi tashkil etiladi;
Agentlik hududiy vakilliklari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi hamda ularning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
2021-yilda Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun ajratilishi nazarda tutilgan mablagʻlar;
Davlat budjeti mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari, grantlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Agentlik huzurida taʼlim tashkilotlarining xorijiy tillar pedagoglarining malakasini oshirish boʻyicha mobil guruhlar (keyingi oʻrinlarda — mobil guruhlar) tashkil etilsin. Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:
mobil guruhlar eng avvalo, olis hududlarda joylashgan yoki xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha koʻrsatkichi past boʻlgan taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilarining malakasini oshirishga jalb etilishi;
mobil guruhlar respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari va xorijiy hamkorlar vakillaridan iborat tarkibda shakllantirilishi va ularning faoliyati Agentlik, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi;
mobil guruhlar tomonidan “kaskad” tamoyili asosida hududlarda tajribali xorijiy tillar oʻqituvchilari orasidan xorijiy tillarni oʻqitish va ommalashtirish boʻyicha trenerlar (coach)ni tayyorlab, ularning hududdagi chet tillari oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha faoliyatini tashkil etishga uslubiy va tashkiliy yordam koʻrsatiladi.
Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab mobil guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mobil guruhlarga taʼlim jarayonini joylarda tashkil etishi uchun Agentlik bilan kelishilgan holda avtotransport vositalari (mikroavtobus)ni doimiy asosda biriktirib, ularni ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanishini taʼminlasin.
6. Quyidagilar:
Negizida xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda ularga biriktirilayotgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2021-yilda xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni texnik vositalar bilan jihozlash dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda:
mazkur qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan maktablarni texnik vositalar bilan jihozlash mahalliy budjet va uning qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshirilsin;
xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalariga xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi etib belgilansin va ularda Agentlikning hududiy vakilliklari joylashtirilsin.
7. Quyidagilar xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
oʻquvchilarning asosiy til koʻnikmalarini (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan oliy taʼlim muassasalarining xorijiy tillar kafedralarini biriktirish orqali oʻquvchilarning xorijiy tillarni chuqur oʻrganishini tashkil etish;
oʻquvchilarni xorijiy tillarga oʻqitish va ularning bilimlarini baholashning xalqaro tan olingan uslublarini joriy qilish, shu jumladan taʼlim jarayonida masofaviy va boshqa zamonaviy taʼlim shakllarini keng qoʻllash hamda boshqa fanlarni xorijiy tillarda oʻqitish;
oʻquvchilarning kamida ikkita xorijiy tilni mukammal oʻzlashtirishi orqali ularning dunyoqarashi kengayishi, salohiyati oshishi hamda mehnat bozorida raqobatbardoshligi oshirilishini taʼminlash.
8. Quyidagilar xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
oʻquv jarayonini metodik qoʻllab-quvvatlash, oʻquvchilarning asosiy til koʻnikmalarini mustahkamlash va qoʻllashda koʻmaklashish, shu jumladan taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
taʼlim jarayoniga malakali professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalarni jalb qilish choralarini koʻrish hamda ular ishtirokida mahorat darslarini tashkil qilish;
xorijiy tillarga oʻqitish kurslari va toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, oʻquvchilar oʻrtasida koʻrik-tanlovlar va olimpiadalar tashkil etish.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktiriladigan oliy taʼlim tashkilotlarining xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarda xorijiy tillarni oʻqitishni ommalashtirishga oid xarajatlari ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplansin.
9. Davlat taʼlim muassasalari xorijiy tillar oʻqituvchilari uchun xorijiy tillarni oʻzlashtirish darajasi boʻyicha quyidagi talablar belgilansin:
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, davlat taʼlim muassasalarining (davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan tashqari) xorijiy tillar oʻqituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozim;
2022/2023 oʻquv yiliga qadar davlat oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozim;
2024/2025 oʻquv yiliga qadar davlat oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) oʻqituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozim;
2025/2026 oʻquv yiliga qadar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozim.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari tegishli sertifikatni olish uchun tayyorlanishini tashkil etsin.
10. Quyidagilar:
Xorijiy tillarni oʻqitish sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, aholining xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Taʼlim tizimida xorijiy tillarga oʻqitish tizimini takomillashtirishga oid maqsadli koʻrsatkichlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar hamda xorijiy tillarga oʻqitish tizimini takomillashtirishga oid maqsadli koʻrsatkichlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) xorijiy tillar boʻyicha oʻtkaziladigan respublika olimpiadalarida ishtirokchilarning 4 ta koʻnikmasini (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) baholash tartibi joriy etiladi.
Xalq taʼlimi vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab xorijiy tillar boʻyicha olimpiadalarning respublika bosqichini takomillashtirilgan tartib asosida oʻtkazilishini hamda hakamlar hayʼatiga faoliyat yuritayotgan xususiy va xorijiy, shu jumladan xorijiy tillar boʻyicha imtihon oʻtkazadigan xalqaro tashkilotlarning mutaxassislari jalb qilinishini taʼminlasin;
b) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, tanlangan umumtaʼlim maktablari 4-sinf bitiruvchilari, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab esa 9-sinf bitiruvchilarining xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash boʻyicha maxsus sinov oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Xalq taʼlimi vazirligi Agentlik va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan maxsus sinov natijalari asosida xorijiy tillarni oʻqitish uslubiyotini takomillashtirish choralarini koʻrib borsin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻz hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish sifatini oshirish maqsadida:
har yili tuman (shahar)dagi maktablarni xorijiy tillarni oʻqitish uchun zarur boʻlgan adabiyotlar, asbob-uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan taʼminlashga mahalliy budjetdan 1 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻlar ajratib borsin;
Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim muassasalariga til egasi boʻlgan malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlarini yoʻlga qoʻyib, ularning jalb etilishi, shu jumladan joylashtirilishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirib borsin;
Agentlik bilan birgalikda har bir tuman (shahar)da ochiq tanlov oʻtkazib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kamida ikki nafar ingliz tili oʻqituvchilari va bir nafar boshqa xorijiy til oʻqituvchisining xorijiy davlatlarga qisqa muddatli malakasini oshirishga yuborish tizimini yoʻlga qoʻysin.
13. Xorijiy tillarni oʻqitishni raqamlashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida:
a) hududlardagi IT-markazlarda yoshlarni xorijiy tillarga onlayn oʻrgatish kurslari yoʻlga qoʻyilsin hamda mazkur xarajatlarining bir qismi qonunchilikda belgilangan tartibda Yoshlar jamgʻarmasi hisobidan qoplab berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda IT-markazlarda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda onlayn oʻquv kurslarini tashkillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
b) taʼlim berish jarayonini oʻqitishning masofaviy (onlayn) texnologiyalari asosida tashkil etuvchi taʼlim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillari quyidagilarni nazarda tutgan holda soddalashtirilsin:
taʼlim tashkilotining oʻquv vositalariga oid shartlarini qayta koʻrib chiqib, oʻqitishning masofaviy (onlayn) texnologiyalariga oid alohida talablarni belgilash;
taʼlim berish jarayonini tan olingan xorijiy va xalqaro standartlar asosida tashkil etish uchun huquqiy asoslarni shakllantirish;
taʼlim berish jarayonini avtomatlashtirilgan dastur va videokurslar orqali masofaviy (onlayn) tarzda olib borish imkonini inobatga olish;
taʼlim berish jarayoniga ayrim sohalar, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishida pedagog kadrlar bilan bir qatorda amaliy koʻnikmalarga ega shaxslarni ham jalb etish imkonini yaratish.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Adliya vazirligi ikki oy muddatda taʼlim berish jarayonini oʻqitishning masofaviy (onlayn) texnologiyalari asosida tashkil etuvchi taʼlim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan davlat boshqaruvi organlari 2021-yil yakuniga qadar oliy taʼlim muassasalarida davlat-xususiy sheriklik asosida oʻqituvchi va talabalarga xorijiy tillarni oʻqitish markazlari (kurslari)ni tashkil etish choralarini koʻrsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
bir oy muddatda umumtaʼlim maktablarning xatlovdan oʻtkazilishi va ularning boʻsh joylari, shu jumladan oʻquv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, bino va inshootlarining xorijiy tillarni oʻqitish va boshqa taʼlim faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli asosda ijaraga berilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda Davlat budjeti parametrlarida unga ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, xorijiy tillar fanlari boʻyicha darsliklarni ulardagi mashqlarni eshitib bajarish imkonini beradigan interaktiv havola va kodlar bilan boyitish hamda eshitish uchun moʻljallangan vazifalarni barcha tanishishi mumkin boʻlgan axborot resurslarida joylashtirish choralarini koʻrsin.
16. Agentlik Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, G-9a, 21-uy manzilidagi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Milliy axborot agentligi va Agentlik bilan birgalikda:
uch oy muddatda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatiladigan tele va radio kanallarini ishga tushirsin va bunda har kuni kamida 3 soatlik dasturni xorijiy tillarni onlayn oʻrgatishga ajratib borsin;
xalqaro tashkilotlar bilan birga xorijiy tillarda yoshlarga moʻljallangan va ular ishtirokida tayyorlangan turli ilmiy-ommabop hamda koʻngilochar koʻrsatuvlar efir vaqtini oshirsin hamda muntazam ravishda tegishli teleradiokanallar orqali efirga uzatib borsin;
bolalar uchun moʻljallangan xorijiy tildagi televizion asarlarni dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda oʻzbek, ingliz va rus tillariga titrli tarjima qilgan holda efirga uzatishni yoʻlga qoʻysin;
mazkur qaror mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-may,
312-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga 1-ILOVA
Negizida xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda ularga biriktirilayotgan oliy taʼlim muassasalari
ROʻYXATI
T/r T/r Tuman (shahar) nomi Maktab raqami (nomi) va ixtisosligi Oliy taʼlim muassasasi (kafedra nomi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. 1. Nukus shahar 31-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 2. 2. Amudaryo tumani 16-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 3. 3. Boʻzatov tumani 2-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 4. 4. Qoraoʻzak tumani 2-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 5. 5. Qonlikoʻl tumani 1-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 6. 6. Kegeyli tumani 9-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 7. 7. Qoʻngʻirot tumani 35-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 8. 8. Moʻynoq tumani 1-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 9. 9. Nukus tumani 1-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 10. 10. Taxiatosh tumani 9-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 11. 11. Taxtakupir tumani 3-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 12. 12. Toʻrtkoʻl tumani 18-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 13. 13. Xoʻjayli tumani 15-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 14. 14. Chimboy tumani 36-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 15. 15. Shumanay tumani 9-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 16. 16. Ellikqalʼa tumani 13-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili Qoraqalpoq davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi 17. 17. Beruniy tumani 48-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qoraqalpoq davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Andijon viloyati 18. 1. Asaka tumani 42-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati Ingliz tili Andijon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 19. 2. Baliqchi tumani 18-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi 20. 3. Boʻston tumani 22-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi 21. 4. Jalaquduq tumani 15-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 22. 5. Izboskan tumani 39-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati Ingliz tili Andijon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 23. 6. Ulugʻnor tumani 5-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Ingliz tili grammatikasi kafedrasi 24. 7. Shahrixon tumani 28-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Ingliz tili grammatikasi kafedrasi 25. 8. Qoʻrgʻontepa tumani 12-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili, Nemis tili Andijon davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari(aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi Nemis tili va adabiyoti kafedrasi 26. 9. Xoʻjaobod tumani 23-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Ingliz tili fonetikasi kafedrasi 27. 10. Andijon shahar 53-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Ingliz tili fonetikasi kafedrasi 28. 11. Buloqboshi tumani 21-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 29. 12. Paxtaobod tumani 17-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari (ijtimoiy-gumanitar fanlar) kafedrasi 30. 13. Oltinkoʻl tumani 40-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 31. 14. Andijon tumani 40-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari (ijtimoiy-gumanitar fanlar)kafedrasi 32. 15. Marhamat tumani 9-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Andijon davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari (ijtimoiy-gumanitar fanlar) kafedrasi Buxoro viloyati 33. 1. Romitan tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 34. 2. Buxoro tumani 3-son umumtaʼlim maktab Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 35. 3. Kogon tumani 21-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 36. 4. Qorakoʻl tumani 41-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi 37. 5. Buxoro shahar 4-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Nemis tili, Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi Ingliz tilshunosligi kafedrasi 38. 6. Kogon shahri 5-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Ingliz adabiyoti va stilistika kafedrasi 39. 7. Jondor tumani 25-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Tabiiy yoʻnalishlarda chet tili kafedrasi 40. 8. Peshku tumani 41-son umumtaʼlim maktab Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Ingliz adabiyotshunosligi kafedrasi 41. 9. Olot tumani 2-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Ingliz adabiyotshunosligi kafedrasi 42. 10. Shofirkon tumani 38-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Gumanitar yoʻnalishlarda chet tili kafedrasi 43. 11. Buxoro shahar 23-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Tarjimashunoslik va lingvodidaktika kafedrasi 44. 12. Vobkent tumani 23-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Nemis tili, Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi Ingliz tilshunosligi kafedrasi 45. 13. Gʻijduvon tumani 62-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati Fransuz tili, ingliz tili Buxoro davlat universiteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi Ingliz tilshunosligi kafedrasi 46. 14. Buxoro shahar 15-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Buxoro davlat universiteti Gumanitar yoʻnalishlarda chet tili kafedrasi Jizzax viloyati 47. 1. Jizzax shahri Umid nomli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi 48. 2. Paxtakor tumani 31-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi 49. 3. Sh.Rashidov tumani 60-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi 50. 4. Arnasoy tumani 8-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi 51. 5. Zafarobod tumani 4-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi 52. 6. Yangiobod tumani 12-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi 53. 7. Forish tumani 59-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi 54. 8. Baxmal tumani 6-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi 55. 9. Doʻstlik tumani 6-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi 56. 10. Zarbdor tumani 28-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiiy va aniq fanlarda chet tili kafedrasi 57. 11. Gʻallaorol tumani 57-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Nemis tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlarda chet tili kafedrasi 58. 12. Zomin tumani 56-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlarda chet tili kafedrasi 59. 13. Mirzachoʻl tumani 18-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Koreys tili Jizzax davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlarda chet tili kafedrasi Qashqadaryo viloyati 60. 1. Qarshi shahri 1-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 61. 2. Kasbi tumani 5-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 62. 3. Qarshi tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi 63. 4. Kitob tumani 3-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi 64. 5. Nishon tumani 13-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 65. 6. Dehqonobod tumani 69-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 66. 7. Koson tumani 33-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi 67. 8. Shaxrisabz tumani 36-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi 68. 9. Gʻuzor tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 69. 10. Mirishkor tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi 70. 11. Qamashi tumani 83-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi 71. 12. Chiroqchi tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 72. 13. Muborak tumani 5-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 73. 14. Yakkabogʻ tumani 14-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internat Nemis tili, Ingliz tili Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 74. 15. Shahrisabz shahri 14-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili, Yapon tili Qarshi davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi, Samarqand davlat chet tillari instituti Uzoq sharq tillari kafedrasi Navoiy viloyati 75. 1. Navoiy shahar 5-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili, Xitoy tili Navoiy davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tili kafedrasi Samarqand davlat chet tillari instituti Yaqin sharq tillari kafedrasi 76. 2. Zarafshon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Navoiy davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tili kafedrasi 77. 3. Konimex tuman 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Navoiy davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tili kafedrasi 78. 4. Nurota tuman 18-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Navoiy davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tili kafedrasi 79. 5. Karmana tuman 4-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Navoiy davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tili kafedrasi 80. 6. Qiziltepa tuman 5-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Navoiy davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tili kafedrasi 81. 7. Navbahor tuman 14-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 82. 8. Xatirchi tuman 7-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 83. 9. Uchquduq tuman 3-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 84. 10. Tomdi tuman 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi Namangan viloyati 85. 1. Namangan shahri 6-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Namangan davlat universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi 86. 2. Kosonsoy tumani 10-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Namangan davlat universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi 87. 3. Norin tumani 5-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Namangan davlat universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi 88. 4. Pop tumani 67-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Namangan davlat universiteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi 89. 5. Toʻraqoʻrgʻon tumani 13-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Namangan davlat universiteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi 90. 6. Uychi tumani 12-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Namangan davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 91. 7. Chortoq tumani 11-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Namangan davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 92. 8. Chust tumani 40-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Namangan davlat universiteti Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishlari boʻyicha chet tillar kafedrasi 93. 9. Yangiqoʻrgʻon tumani 10-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili Namangan davlat universiteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi 94. 10. Uchqoʻrgʻon tumani 21-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili Namangan davlat universiteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi 95. 11. Mingbuloq tumani 31-son umumtaʼlim maktabi Fransuz tili Namangan davlat universiteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi 96. 12. Davlatobod tumani 80-son umumtaʼlim maktabi Fransuz tili Namangan davlat universiteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi 97. 13. Namangan tumani 22-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlari boʻyicha chet tillar kafedrasi 98. 14. Yangi Namangan tumani 57-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlari boʻyicha chet tillar kafedrasi Samarqand viloyati 99. 1. Kattaqoʻrgʻon shahar 16-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 100. 2. Bulungʻur tumani 5-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili oʻqitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi 101. 3. Jomboy tumani 7-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 102. 4. Qoʻshrabot tumani 82-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi 103. 5. Narpay tumani 23-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 104. 6. Nurobod tumani 3-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafedrasi 105. 7. Pastdargʻom tuman 54-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasi 106. 8. Paxtachi tumani 18-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tilining integrallashgan kursi kafedrasi 107. 9. Samarqand tumani 21-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasi 108. 10. Toyloq tumani 26-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi 109. 11. Urgut tumani 11-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi 110. 12. Samarqand shahri 51-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Nemis tili Samarqand davlat chet tillari instituti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi 111. 13. Payariq tumani 8-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Nemis tili, Koreys tili Samarqand davlat chet tillari instituti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi, Uzoq sharq tillari kafedrasi 112. 14. Ishtixon tumani 38-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili, Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi, Ingliz filologiyasi kafedrasi 113. 15. Oqdaryo tumani 22-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili, Ingliz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi, Ingliz filologiyasi kafedrasi 114. 16. Kattaqoʻrgʻon tumani 25-son umumtaʼlim maktabi Fransuz tili, Xitoy tili Samarqand davlat chet tillari instituti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi, Yaqin sharq tillari kafedrasi 115. 17. Samarqand shahri 37-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili, Yapon tili Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi kafedrasi, Uzoq sharq tillari kafedrasi 116. 18. Samarqand shahri 43-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Fransuz tili Samarqand davlat chet tillari instituti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi Surxondaryo viloyati 117. 1. Bandixon tumani 36-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 118. 2. Boysun tumani 2-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 119. 3. Jarqoʻrgʻon tumani 19-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 120. 4. Muzrabot tumani 7-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi-internati Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 121. 5. Oltinsoy tumani 8-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 122. 6. Sariosiyo tumani 5-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi 123. 7. Uzun tumani 4-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi 124. 8. Termiz tumani 16-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi 125. 9. Sherobod tumani 6-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi 126. 10. Shoʻrchi tumani 43-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi 127. 11. Qiziriq tumani 16-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 128. 12. Qumqoʻrgʻon tumani 27-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi 129. 13. Termiz shahar 20-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Nemis tili Termiz davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi 130. 14. Denov tumani 10-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Termiz davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 131. 15. Angor tumani 3-son umumtaʼlim maktabi Fransuz tili Termiz davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi Sirdaryo viloyati 132. 1. Boyovut tumani 2-son xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internati Ingliz tili Guliston davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 133. 2. Mirzaobod tumani Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati Ingliz tili Guliston davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 134. 3. Sayxunobod tumani 41-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Guliston davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 135. 4. Yangiyer shahri Ijtimoiy fanlarga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati Ingliz tili Guliston davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 136. 5. Guliston tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Guliston davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 137. 6. Xovos tumani 24-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Guliston davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 138. 7. Oqoltin tumani 17-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Guliston davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 139. 8. Sardoba tumani 2-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili Guliston davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi 140. 9. Guliston shahar 7-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Guliston davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi 141. 10. Sirdaryo tumani 27-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Guliston davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi Fargʻona viloyati 142. 1. Quva tumani Xorijiy tillarni va aniq fanlarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi 143. 2. Buvayda tumani Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Ingliz tili kafedrasi 144. 3. Yozyovon tumani 36-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Gumanitar yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasi 145. 4. Rishton tumani 4-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Tabiiy yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasi 146. 5. Bagʻdod tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi 147. 6. Furqat tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Ingliz tili kafedrasi 148. 7. Quvasoy shahar 2-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi 149. 8. Qoʻshtepa tumani 9-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Ingliz tili kafedrasi 150. 9. Uchkoʻprik tumani 15-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi 151. 10. Toshloq tumani 2-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Gumanitar yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasi 152. 11. Oʻzbekiston tumani 21-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi 153. 12. Qoʻqon shahar 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Gumanitar yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasi 154. 13. Fargʻona tumani 31-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi 155. 14. Oltiariq tumani 31-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Gumanitar yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasi 156. 15. Dangʻara tumani 14-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Tabiiy yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasi 157. 16. Beshariq tumani 54-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Fargʻona davlat universiteti Tabiiy yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasi 158. 17. Fargʻona shahar 10-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili Fargʻona davlat universiteti Nemis va fransuz tili kafedrasi 159. 18. Soʻx tumani 12-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili Fargʻona davlat universiteti Nemis va fransuz tili kafedrasi 160. 19. Margʻilon shahar 6-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili Fargʻona davlat universiteti Nemis va fransuz tili kafedrasi Xorazm viloyati 161. 1. Xiva shahar 6-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 162. 2. Bogʻot tumani 3-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 163. 3. Gurlan tumani 43-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati Ingliz tili Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 164. 4. Xonqa tuman 7-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 165. 5. Yangiariq tumani 38-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 166. 6. Yangibozor tumani 33-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 167. 7. Tuproqqala tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Urganch davlat universitet Fakultetlararo chet tili kafedrasi 168. 8. Urganch shahar 19-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Nemis tili Urganch davlat universiteti Roman-german filologiyasi kafedrasi 169. 9. Qoʻshkoʻpir tumani 5-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili Urganch davlat universiteti Roman-german filologiyasi kafedrasi 170. 10. Xazorasp tumani 25-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili Urganch davlat universiteti Roman-german filologiyasi kafedrasi 171. 11.. Xiva tuman 37-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Urganch davlat universiteti Fakultetlararo chet tili kafedrasi 172. 12. Shovot tuman 27-son umumtaʼlim maktabi Fransuz tili Urganch davlat universiteti Roman-german filologiyasi kafedrasi 173. 13. Urganch tumani 36-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Urganch davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 174. 14. Xiva shahar 20-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Urganch davlat universiteti Fakultetlararo chet tili kafedrasi Toshkent viloyati 175. 1. Angren shahar 34-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi 176. 2. Bekobod tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi 177. 3. Bekobod shahar 5-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi 178. 4. Qibray tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 179. 5. Ohangaron tumani 10-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 180. 6. Olmaliq shahar 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 181. 7. Oʻrta Chirchiq tumani 42-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 182. 8. Yangiyul shahar 12-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi 183. 9. Toshkent tumani 18-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi 184. 10. Piskent tumani 28-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi 185. 11. Chirchiq shahar 10-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi 186. 12. Zangiota tumani 38-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 187. 13. Chinoz tumani 1-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 188. 14. Boʻka tumani 16-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 189. 15. Quyi Chirchiq tumani 11-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 190. 16. Yangiyoʻl tumani 10-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 191. 17. Boʻstonliq tumani 18-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi 192. 18. Nurafshon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Nemis tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 193. 19. Oqqoʻrgʻon tumani 30-son umumtaʼlim maktabi Nemis tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 194. 20. Parkent tumani 16-son umumtaʼlim maktabi Fransuz tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 195. 21. Yuqori Chirchiq tumani 19-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili, Koreys tili Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreys filologiyasi kafedrasi Toshkent shahri 196. 1. Uchtepa tumani Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi xorijiy tillar ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili, Fransuz tili, Arab tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-son ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi, Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arab filologiyasi kafedrasi 197. 2. Sergeli tumani 317-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-son ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi 198. 3. Yunusobod tumani 17-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-son ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi 199. 4. Yashnobod tumani 227-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-son ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi 200. 5. Yakkasaroy tumani 91-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-son ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi 201. 6. Yangihayot tumani 303-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-son ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi 202. 7. Mirobod tumani 60-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Nemis tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 203. 8. Mirzo Ulugʻbek tumani 112-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Nemis tili, Fransuz tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi, Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 204. 9. Chilonzor tumani 178-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Ingliz tili, Turk tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turk filologiyasi kafedrasi 205. 10. Olmazor tumani 24-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili, Hind tili Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Gʻarbiy tillar kafedrasi, Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi 206. 11. Shayxontohur tumani 59-son ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi Xitoy tili, Koreys tili Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoy filologiyasi kafedrasi, Koreys filologiyasi kafedrasi 207. 12. Mirzo Ulugʻbek tumani 205-son umumtaʼlim maktabi Ingliz tili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
Izoh: Xalq taʼlimi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu roʻyxatdagi umumtaʼlim maktablariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga 2-ILOVA
2021-yilda xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni texnik vositalar bilan jihozlash
DASTURI
T/r Hududlar Xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar soni Xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni mahalliy budjet va uning qoʻshimcha manbalari hisobidantexnik vositalar bilan jihozlash uchun sarflanadigan mablagʻ miqdori, (mln. soʻm) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 17 2 193,0 2. Andijon viloyati 15 1 935,0 3. Buxoro viloyati 14 1 806,0 4. Jizzax viloyati 13 1 677,0 5. Qashqadaryo viloyati 15 1 935,0 6. Navoiy viloyati 10 1 290,0 7. Namangan viloyati 14 1 806,0 8. Samarqand viloyati 18 2 322,0 9. Surxondaryo viloyati 15 1 935,0 10. Sirdaryo viloyati 10 1 290,0 11. Toshkent viloyati 21 2 709,0 12. Fargʻona viloyati 19 2 451,0 13. Xorazm viloyati 14 1 806,0 14. Toshkent shahri 12 1 548,0 Respublika boʻyicha 207 26 703,0
Izoh. Ushbu dasturga muvofiq mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tavsiya etiladigan chet tilini oʻrganish koʻnikmalarini shakllantirishga yordam beradigan jihozlar bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga 3-ILOVA
Xorijiy tillarni oʻqitish sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, aholining xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish boʻyicha kompleks
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Moliyalash-tirish manbasi Masʼul ijrochilar I. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xorijiy tillarni oʻqitish sifatini oshirish Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini samarali tashkil etish va sifatini oshirish, oʻquv-uslubiy materiallarni sodda va tushunarli tilda tayyorlash uchun maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin shaxsan masʼul hisoblanadi. 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xorijiy tillarni oʻrgatish uchun oʻquv-uslubiy taʼminot bazasini yaxshilash Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining katta va tayyorgarlik guruhlarida xorijiy tillarni oʻrgatish uchun oʻquv-uslubiy materiallarni yaratish va koʻpaytirish. 2022-yil 1-yanvardan Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi 2. Maktabgacha taʼlim tizimi uchun xorijiy tillar oʻqituvchilarini tayyorlash Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi pedagogika kollejlari, “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan oʻqituvchilar uchun ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari va oʻquv rejalarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab - Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 3. Maktabgacha taʼlim tizimida xorijiy tillarni oʻqitishga xususiy sektor vakillarini jalb etish Maktabgacha taʼlim muassasalari huzurida xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha kurslarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish. 2021-2022-yillar davomida - Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 4. 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga xorijiy tillarni samarali oʻrgatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish YUNISEF bilan hamkorlikda bolalarga xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni yaratib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida joriy etish. 2021-yil davomida Xorijiy grant mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari, buyurtmachining budjetdan tashqari mablagʻlari Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi II. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitish sifatini oshirish Umumtaʼlim muassasalarda xorijiy tillarni oʻqitish sifatini oshirish, darsliklarni sodda va tushunarli tilda tayyorlash, hududlarda xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil etish uchun xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov shaxsan masʼul hisoblanadi a) Xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tahlil qilish va tarmogʻini kengaytirish, mazkur maktablarga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish 5. Xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) tarmogʻini kengaytirish 1. Ixtisoslashtirilgan maktablar moddiy-texnik taʼminoti holatini toʻliq xatlovdan oʻtkazish. 2021-yil avgust Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Xatlov natijasiga koʻra maktablarda qurilish-taʼmirlash ishlarini investitsiya dasturlariga kiritish. 2022-yildan boshlab 6. Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni tanlab olish 1. Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni qabul qilish parametrlarini belgilash. 2021-yil iyun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat test markazi 2. 2021/2022 oʻquv yili uchun saralash tanlovini oʻtkazish. 2021-yil iyul-avgust 3. Saralash tanlovi natijalariga koʻra iqtidorli oʻquvchilarni qabul qilish. 2021-yil sentabr b) Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquv-metodik bazasini yaxshilash, oʻqitish jarayoniga zamonaviy oʻqitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda, joriy etish 7. Ilgʻor xorijiy oliygohlar va nashriyotlar bilan birgalikda xorijiy tillar boʻyicha darsliklar va oʻquv metodikalarini takomillashtirish va amaliyotga joriy etish 1. Rossiya Federatsiyasi Gersen nomidagi universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan 2-sinflar uchun rus tili darsligi va oʻquv metodikasini maktablarda joriy etish. 2021/2022-yil oʻquv yili Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi mablagʻlari Xalq taʼlimi vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 2. Kembridj universiteti nashriyoti darsliklarini 200 ta maktabda sinovdan oʻtkazish. 2021/2022-yil oʻquv yili 3. Rossiya Federatsiyasi Gersen nomidagi universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan 3 — 11-sinflar uchun rus tili darsligi va oʻquv metodikasini maktablarda joriy etish. 2022/2023-yil oʻquv yili 4. Kembridj universiteti nashriyoti darsliklarini maktablarda joriy etish. 2022/2023-yil oʻquv yili 5. Nemis, fransuz, koreys, xitoy va boshqa xorijiy tillar boʻyicha xorijiy darsliklarni jalb qilinishini tashkil etish choralarini koʻrish. 2022-yil yanvar 8. Oʻquvchilar xorijiy tillarni chuqur oʻrganishlari maqsadida Internet tarmogʻidagi videodarslar va oʻquv materiallarini ommalashtirish 1. Taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar, xorijiy nashriyot uylari va telekompaniyalar tomonidan yaratilgan xorijiy tilni oʻrgatuvchi audio va video materiallarni ijtimoiy tarmoqlari va onlayn platformalarga joylashtirish hamda televideniye orqali efirga uzatish. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab - Xalq taʼlimi vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 2. “Online-maktab” loyihasi doirasida tasvirga olingan televizion videodarslarni ommalashtirish. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab v) Pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan choralarni koʻrish, ularni kasbiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish 9. Xalq taʼlimi tizimidagi xorijiy tillar oʻqituvchilari til bilish xalqaro sertifikatlarini olishi uchun xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish 1. Xalqaro imtihonni oluvchi tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ularni aniqlash hamkorni aniqlash va ular bilan muzokaralar olib borish. 2021-yil iyul - Xalq taʼlimi vazirligi 2. Tegishli shartnomani imzolash. 2021-yil yakuniga qadar 10. Xalq taʼlimi tizimidagi xorijiy tillar boʻyicha dars berayotgan oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish 1. Xorijiy tillar oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. 2021yil sentabr Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar Xalq taʼlimi vazirligi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 2. Malaka oshirish kurslari uchun videodarslar va interaktiv dasturni yaratish. 2021-yil dekabr 3. Qayta ishlangan oʻquv dasturlarini malaka oshirish kurslariga joriy etish. 2022-yil yanvar 4. Ingliz tili oʻqituvchilarining xalqaro tan olingan malaka oshirish kurslari (TKT, TESOL, TEFL, CELTA va boshq.)da sertifikatlashtirish tizimini tashkil qilish. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab 5. Xorijiy tillar metodistlarini qisqa muddatli maqsadli malaka oshirish kurslariga jalb etish. 2022-yil yanvar 11. Xalq taʼlimi tizimidagi malaka oshirish markazlarining xorijiy tillar oʻqituvchilari faoliyatini takomillashtirish 1. Xalq taʼlimi tizimidagi malaka oshirish markazlari chet tillari boʻyicha professor-oʻqituvchilarning kasbiy salohiyati va bilim darajasini aniqlash. 2021-yil avgust Xalqaro va xorijiy hamkorlarning grantlari, mahalliy budjet mablagʻlari Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 2. Aniqlangan kasbiy ehtiyojlar va bilimdagi boʻshliqlar asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish. 3. Mazkur kurslarga xorijiy mutaxassislarni trener sifatida oʻquv-mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun jalb etish. 2021/2022 oʻquv yilidan 12. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va “Barkamol avlod” bolalar maktablarida ingliz tili boʻyicha toʻgaraklar va oʻquv kurslarini tashkil etish 1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va “Barkamol avlod” bolalar maktablarida ingliz tili toʻgaraklari va oʻquv kurslari boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirish. 2021-yil avgust Mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablarida xususiy sektor vakillarini jalb etgan holda ingliz tili kurslarini tashkil etish. Bunda, taʼlim muassasalarida pullik xizmatlar asosida ham toʻgaraklar tashkil etilishi yoʻlga qoʻyiladi; 2021/2022 oʻquv yilidan 3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari kutubxonalarini ingliz tili boʻyicha turli adabiyotlar, lugʻatlar va audio kitoblar bilan taʼminlash. doimiy ravishda 13. Umumtaʼlim muassasalariga til egasi boʻlgan malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlarini yoʻlga qoʻyish 1. Ixtisoslashtirilgan maktablarga jalb qilish maqsadida malakali oʻqituvchilar orasida tanlov oʻtkazish va ularni jalb qilish bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish. har yili iyun oyida Mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Xorijiy mutaxassislarni respublika hududlarida yashash joylari bilan taʼminlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish. doimiy ravishda 14. Taʼlim sifati past maktablarda xorijiy tillarni mukammal biladigan yosh bitiruvchilarni jalb qilish 1. Tegishli tanlovni eʼlon qilish. 2021-yil iyun — avgust - Xalq taʼlimi vazirligi, Ziyo-Forum NNT 2. Nomzodlarni saralab olish. 2021-yil iyun — avgust 3. Oliy taʼlim pedagogika yoʻnalishi bitiruvchilarini taʼlim sifati past maktablarga yuborish va ularga belgilangan ustamalarni toʻlab borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 2021-yil sentabr g) Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari iqtidorli oʻquvchilarini qoʻllab-quvvatlash va ularni ragʻbatlantirish 15. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining xorijiy tillardan oʻtkaziladigan xalqaro olimpiadalarda ishtirokini taʼminlash 1. Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO) va Xalqaro fransuz tili olimpiadalarida (IFLO) ishtirok etish uchun respublika terma jamoasini saralash. 2. Terma jamoa aʼzolarini yozgi oromgohda tayyorgarligini oshirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish. 3. Oʻquvchilarning xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq viza, aviachipta va mehmonxona masalalarida koʻmaklashish. 4. Xalqaro olimpiadalarda ishtirokni taʼminlash va OAVda keng yoritish. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 16. Umumtaʼlim maktablar oʻquvchilari oʻrtasida xorijiy tillar boʻyicha turli musobaqalar va tanlovlarni tashkil etish 1. 2021/2022 oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan tanlov va musobaqalar reja-jadvali va tavsiyalarni tayyorlash. 2021-yil sentabr Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 2. Reja-jadvalga muvofiq xorijiy tillar boʻyicha musobaqalarni tashkil etish. Rejaga muvofiq III. Oliy taʼlim muassasalarida chet tillarni oʻqitish sifatini oshirish Oliy taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitish sifatini oshirish, oʻquv adabiyotlarini yanada takomillashtirish, hududlarda xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun malakali kadrlar tayyorlashga oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov shaxsan masʼul hisoblanadi. 17. Xorijiy tillar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borayotgan pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish 1. Xorijiy tillar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borayotgan pedagog kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturini qayta koʻrib chiqish. 2021-yil avgust Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 2. Oʻquv dasturlari asosida malaka oshirish kurslari uchun videodarslar va interaktiv dastur yaratish. 2021-yil dekabr 3. Takomillashtirilgan oʻquv dasturlarini malaka oshirish kurslariga joriy etish. 2022-yil yanvar 18. Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish 1. Oliy taʼlim muassasalarining nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish. 2. Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv jarayonlariga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. 3. Xorijiy hamkor oliygohlar bilan qoʻshma dasturlar asosida kadrlar tayyorlashni kengaytirish. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oliy taʼlim muassasalari-ning budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 19. Xorijiy tillar boʻyicha lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli va ensiklopedik lugʻatlar yaratish 1. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirishda xorijiy tillar boʻyicha lugʻatlar yaratishga oid takliflar berish. 2. Xorijiy tillar boʻyicha lugʻatlar yaratishga oid ilmiy-tadqiqot ishlar tanlovini eʼlon qilish. 3. Xorijiy tillar boʻyicha mukammal lugʻatlar yaratilishi uchun yetuk olim va akademiklarni jalb qilish. 4. Yaratilgan lugʻatlarni chop ettirish va ommalashtirish choralarini koʻrish. Rejaga asosan Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 20. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga bir yoki bir necha xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli intensiv oʻquv kurslarini tashkil etish 1. Mutaxassislarning til bilish darajasiga qarab xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarida qisqa muddatli intensiv oʻquv kurslarini shartnoma asosida tashkil etish. 2. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sertifikatlar berish. 2021-2022 oʻquv yildan boshlab - Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 21. Xorijiy tillar boʻyicha oʻtkir ehtiyoj sezilgan yoʻnalish va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish 1. “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” taʼlim yoʻnalishi hamda “Sinxron tarjima” mutaxassisligiga qabul parametrlarini oshirish. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 2. “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” taʼlim yoʻnalishi hamda “Sinxron tarjima” mutaxassisligi oʻquv reja va dasturlarini qayta koʻrib chiqish va zamon talablariga moslashtirish. 2022-yil avgust 3. “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” taʼlim yoʻnalishi hamda “Sinxron tarjima” mutaxassisligi boʻyicha amaliyot davomiyligi va uni oʻtash joylarini qayta koʻrib chiqish. 2022-yil avgust 22. Xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarga ehtiyoji yuqori boʻlgan sohalar bilan aloqalarni mustahkamlash 1. Xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarga ehtiyoji yuqori boʻlgan sohalarni aniqlash. 2. Oliy taʼlim muassasalarining xorijiy tillar boʻyicha professor-oʻqituvchilari tomonidan ehtiyojlarga moslashtirilgan maxsus dasturlarni (tailor-made programs, executive courses) ishlab chiqish (biznes vakillari yoki hisobchilar uchun ingliz tili va boshqalar). 3. Xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarga ehtiyoji yuqori boʻlgan yoʻnalish uchun multimedia mahsulotlarini yaratish (turistlar uchun roliklar va boshqalar). 2021-yil iyun oyidan boshlab Oliy taʼlim muassasalar-ning budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 23. Oliy taʼlim muassasalarida tegishli mutaxassislik fanlari boʻyicha xorijiy tilda oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish 1. Tegishli mutaxassislik fanlari xorijiy tilda oʻqitiladigan 10 ta oliy taʼlim muassasasini belgilash. 2. Belgilangan oliy taʼlim muassasalarida tibbiyot, agrar, fizika, matematika, geologiya, texnika kabi yoʻnalishlar boʻyicha fanlarni xorijiy tilda oʻqitishni tashkil etish. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oliy taʼlim muassasalar-ning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 24. Oliy taʼlim muassasalariga til egasi boʻlgan malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlarini yoʻlga qoʻyish 1. Oliy taʼlim muassasalariga jalb qilish maqsadida malakali oʻqituvchilar orasida tanlov oʻtkazish va ularni jalb qilish bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish. Har yili iyun oyida Oliy taʼlim muassasalar-ning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 2. Xorijiy mutaxassislarni respublika hududlarida yashash joylari bilan taʼminlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish. doimiy ravishda 25. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turli soha mutaxassislariga xorijiy tillarni chuqur oʻrgatish markazini tashkil etish BMT vakolatxonasi bilan hamkorlikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turli soha mutaxassislariga xorijiy tillarni chuqur oʻrgatish markazini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2021-yil 1-iyul Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 26. Davlat test markazi tomonidan xorijiy tillar fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan test savollarini chet tillarini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari bilan oʻzaro muvofiqligini taʼminlash chorlarini koʻrish 1. Davlat test markazi tomonidan xorijiy tillar fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan test savollarini tahlil qilish. 2. Chet tillarini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari bilan oʻzaro muvofiqlashtirish. Muntazam ravishda - Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi IV. Xorijiy tillarni oʻqitish va oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari koʻlamini kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash Chet tillarni oʻqitish va oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari koʻlamini kengaytirish hamda chet tillarni tadqiqot qilish boʻyicha ilmiy padegogik kadrlar tayyorlashga innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov shaxsan masʼul hisoblanadi. 27. Xorijiy tillarni oʻqitish borasidagi ilmiy, ilmiy-amaliy izlanishlar koʻlamini kengaytirish 1. Xorijiy tillarni oʻqitishning zamonaviy uslublarini oʻrganishni yoʻlga qoʻyish, xorijiy tillar rivojlanish istiqbollari bilan bogʻliq ilmiy muammolarni aniqlash asosida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga asoslangan takliflar kiritish. 2. Xorijiy tillarni oʻqitishning zamonaviy uslublarini oʻrganishni yoʻlga qoʻyish va ular rivojlanish istiqbollari bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlovlar asosida shakllantirish. 3. Chet el mamlakatlarida xorijiy tillar boʻyicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan oʻzbekistonlik olimlar va tadqiqotchilar bilan suhbatlar, telekoʻrsatuvlar, ilmiy seminarlar tashkil etish. 2021/2022 oʻquv yildan boshlab Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 28. Doimiy ravishda mahalliy tadqiqotchi olimlar uchun “English for Science” oʻquv kurslarini tashkil etib borish 1. Tadqiqotchi-ilmiy xodimlarning ingliz tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularning yuqori impakt faktorli jurnallarda nashrlari bilan qatnashishlari va xalqaro grant loyihalarida faolliklarini oshirish “English for Science” oʻquv kursida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish. 2. Saralab olingan mahalliy tadqiqotchi olimlar uchun 3 oylik ingliz tilidan oʻquv-mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazish. Rejaga muvofiq Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 29. Xorijiy tillar va adabiyotlar boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarining ekspertizasi sifatini oshirish Xorijiy tillar va adabiyotlar boʻyicha bajariladigan dissertatsiya ishlariga ikkinchi ilmiy rahbar (maslahatchi) sifatida xorijiy mutaxassisni jalb qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 2022-yil 1-yanvardan boshlab - Oliy attestatsiya komissiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi V. Xorijiy tillar sohasida nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari Chet tillari sohasida nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini kengaytirishga, ularga kerakli infratuzilma yaratib berishga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev masʼul hisoblanadi. 30. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan yaratilgan “Alisher Navoiy” platformasini yanada takomillashtirish “Alisher Navoiy” platformasiga kiritilgan xorijiy tildagi ruboiy, gʻazal va hikmatli soʻzlar qatorini koʻpaytirish. 2021-2022-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi budjetdan tashqari mablagʻlar, xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 31. Xorijiy tillar oʻqituvchilarini manzilli ravishda, “El-yurt umidi” fondi yordamida yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari va markazlarga stajirovkaga yuborish va malakasini oshirish 1. Oʻqituvchilarining yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari va markazlarda malakasini oshirish uchun saralash tanlovalarini oʻtkazish. 2021-yil sentabr Xorijiy grant mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari, buyurtmachining budjetdan tashqari mablagʻlari “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 2. Saralash natijalari asosida tanlangan oʻqituvchilarni stajirovkaga joʻnatish. 2021-yil noyabr 32. Chet tillarni oʻrganishni samarali tashkil etish va ommalashtirishda shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish 1. Chet tillarini oʻrganishni tashkil etish va ommalashtirishda shartnoma asosida quyidagi xizmatlarni koʻrsatishni tashkil etish: chet tillari boʻyicha ilmiy-metodik va axborot-konsalting xizmatlari; tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning chet tillarini oʻrganishini sifatini taʼminlash masalalari boʻyicha malakasini oshirish; chet tillari boʻyicha xalqaro namunaviy testlarni tashkil etish; Britaniya Kengashi tomonidan oʻtkaziladigan IELTS imtihonlariga roʻyxatdan oʻtkazish; chet tillari boʻyicha namunaviy test topshiriqlari asosida talabgorlar oʻrtasida diagnostik test sinovlari oʻtkazish; chet tillari boʻyicha oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, jurnallar, axborotnomalar hamda boshqa adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish va realizatsiya qilishni tashkil etish; chet tillarini oʻrganishni tashkil etish va ommalashtirish boʻyicha qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xizmatlar. doimiy Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Moliya vazirligi 33. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining moddiy texnik bazasini zamon talablari asosida taʼminlash choralarini koʻrish 1. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining mavjud moddiy texnik bazasini xatlovdan oʻtqazish. 2. Xatlov natijalariga koʻra: axborot-komunikatsiya vositalarini zamon talablari asosida yangilash; chet tillarini oʻrganish boʻyicha zamonaviy va innovatsion oʻquv texnika vositalarini xarid qilish. 2021-yil Davlat budjeti mablagʻlari, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Moliya vazirligi 34. Aholining chet tillaridagi nutqi va muloqotini rivojlantirishga qaratilgan sifatli mediakontentlar sonini koʻpaytirish 1. Aholining xorijiy tillardagi nutqi va muloqotini rivojlantirishga qaratilgan chet tillaridagi multfilm, hujjatli va badiiy filmlar hamda eshittirishlar sonini koʻpaytirish. 2021-yil avgust Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar Milliy teleradiokompaniya, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 2. Mazkur kontenlar faoliyatiga taniqli madaniyat va sanʼat vakillari, sportchi va bloggerlarni faol jalb qilib borish. doimiy 3. 24 soat davomida toʻliq xorijiy tillarida efirga uzatiladigan tele- va radiokanallarni ishga tushirish va bunda har kuni kamida 3 soatlik dasturni xorijiy tillarni onlayn oʻrgatishga ajratish. 2021-yil sentabr 35. Xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha mahalliy elektron dasturlarini ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish 1. Mahalliy elektron dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha “startap” loyihalari yuzasidan tanlovlarni tashkil etish. 2. Tanlov gʻoliblariga kamida 100 mln. soʻm mablagʻ ajratish va 5 yil mobaynida qoʻllab-quvvatlash. 2021-yil iyul Davlat budjetidan ilmiy loyihalarni moliyalashti-rish uchun ajratilgan mablagʻlar Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 36. Respublikada kitob savdosi tizimini tubdan yaxshilash, xususan, chet tillarini oʻqitishga moʻljallangan kitoblarni joylarga yetkazib berish jarayonini uzluksiz yoʻlga qoʻyish, ushbu faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash 1. Kitob savdosi tizimini tubdan yaxshilash, xususan, chet tillarini oʻqitishga moʻljallangan kitoblarni joylarga yetkazish jarayonini uzluksiz yoʻlga qoʻyish, ushbu faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralarning takliflarini oʻrganish. 2021-yil avgust - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 2. Vazirliklar va idoralarning takliflarini hisobga olgan holda qaror loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish. 2021-yil sentabr 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2021-yil oktabr-noyabr 37. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ilgʻor xorijiy taʼlim tashkilotlarining doktoranturasida oʻqishi uchun 20 nafar xorijiy tillar oʻqituvchilari yuborilishini taʼminlash “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ilgʻor xorijiy taʼlim tashkilotlarining doktoranturasida oʻqishi uchun xorijiy tillar oʻqituvchilari orasida tanlov oʻtkazish va 20 nafar oʻqituvchini saralab olish. Har yili “El-yurt umidi” jamgʻarmasi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Izoh. Tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab normativ-huquqiy hujjatlar qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga 4-ILOVA
Taʼlim tizimida chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirishga oid
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Yillar kesimida Masʼul ijrochilar 2021 2022 2023 2024 2025 Maktabgacha taʼlim tizimi boʻyicha 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining katta va maktabga tayyorlov guruhlarida xorijiy tillarni oʻrgatishga oid oʻquv-didaktik materiallar hamda multimedia vositalari bilan taʼminlanganlik holati. foizda (katta va maktabga tayyorlov guruhlar soniga nisbatan) 20 30 40 50 60 Maktabgacha taʼlim vazirligi 2. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xorijiy til pedagoglari bilan taʼminlanganlik holati. foizda (jami band qilingan ish oʻrinlariga nisbatan) 88 90 92 94 96 Maktabgacha taʼlim vazirligi 3. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida malaka oshirgan xorijiy til pedagoglarining ulushi. foizda (xorijiy til pedagoglari soniga nisbatan) 2 10 20 30 40 Maktabgacha taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi tizimi boʻyicha 1. Umumtaʼlim muassasalarida chet tili boʻyicha milliy yoki xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega boʻlgan oʻquvchilar ulushi. foizda (jami 11-sinf oʻquvchilar soniga nisbatan) 1 3 5 7 10 Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat test markazi 2. Umumtaʼlim muassasalaridagi oliy toifali chet tili oʻqituvchilar ulushi. foizda (jami chet tili oʻqituvchilari soniga nisbatan) 4 5 6 7 8 Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 3. Umumtaʼlim muassasalaridagi birinchi toifali chet tili oʻqituvchilar ulushi. foizda (jami chet tili oʻqituvchilari soniga nisbatan) 14.5 15 16 17 18 Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 4. Nodavlat taʼlim tashkilotlarida malaka oshirgan chet tili oʻqituvchilar ulushi. foizda (jami chet tili oʻqituvchilari soniga nisbatan) 2 5 10 12 15 Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi 5. Xorijiy chet tili mutaxassislarini umumtaʼlim maktablariga va malaka oshirish markazlariga jalb etish. nafar 28 30 32 34 36 Xalq taʼlimi vazirligi 6. Chet tili sifatida rus tili oʻqitiladigan maktablar ulushi. foizda (jami maktablar soniga nisbatan) 95 96 97 98 100 Xalq taʼlimi vazirligi 7. Chet tili sifatida ingliz tili oʻqitiladigan maktablar ulushi. foizda (jami maktablar soniga nisbatan) 80 82 84 86 90 Xalq taʼlimi vazirligi 8. Chet tili sifatida nemis tili oʻqitiladigan maktablar ulushi. foizda (jami maktablar soniga nisbatan) 11 12 13 14 15 Xalq taʼlimi vazirligi 9. Chet tili sifatida fransuz tili oʻqitiladigan maktablar ulushi. foizda (jami maktablar soniga nisbatan) 8 9 10 11 12 Xalq taʼlimi vazirligi 10. Chet tili sifatida sharq tillari tili oʻqitiladigan maktablar ulushi. foizda (jami maktablar soniga nisbatan) 0,3 0,5 0,7 1 2 Xalq taʼlimi vazirligi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimi boʻyicha 1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda oliy toifali chet tili oʻqituvchilari ulushi. foizda (jami chet tili oʻqituvchilari soniga nisbatan) 15 17 20 22 25 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 2. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda birinchi toifali chet tili oʻqituvchilar ulushi. foizda (jami chet tili oʻqituvchilari soniga nisbatan) 17 19 21 25 28 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 3. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tili boʻyicha milliy yoki xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega boʻlgan oʻquvchilar ulushi. foizda (jami 11-sinf oʻquvchilar soniga nisbatan) 10 20 30 40 50 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 4. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda xalqaro darajada tan olingan kasbiy bilim va mahoratini belgilovchi sertifikatga ega boʻlgan chet tili oʻqituvchilar ulushi (TKT — teaching knowledge test). foizda (jami chet tili oʻqituvchilari soniga nisbatan) 1 2 3 5 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 5. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tillariga yoʻnaltirilgan olimpiada va koʻrik tanlovlarda oʻquvchilar ishtiroki. foizda (jami oʻquvchilar soniga nisbatan) 5 7 10 15 20 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimi boʻyicha: 1. Oliy taʼlim muassasalarida chet tili boʻyicha milliy yoki xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega boʻlgan talabalar ulushi. foizda (jami talabalar soniga nisbatan) 2,1 2,5 3,0 4,0 5,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi 2. Xorijiy tillarda amalga oshirilgan dissertatsiya himoyalari ulushi. foizda (jami dissertatsiya himoyalariga nisbatan) 4,2 4,5 5,0 5,5 6,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi 3. Oʻqitish xorijiy tillarda tashkil etilgan akademik guruhlar ulushi. foizda (akademik guruhlar umumiy soniga nisbatan) 12,8 13,5 14,0 14,5 15,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 4. Xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida dars berayotgan xorijiy professor-oʻqituvchilar ulushi. foizda (bunday dasturlarda dars berayotgan jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) 37,8 40,0 42,0 44,0 45,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 5. Dunyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktori, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan professor-oʻqituvchilar soni. foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) 0,3 2,0 4,0 6,0 8,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 6. Hisobot yilida xorijiy professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda yozib tayyorlangan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻquv adabiyotlari (ularning tarjimasi) soni. nomda 12 21 32 46 55 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 7. Hisobot yilida Scopus/Web of Science maʼlumotlar bazalarida ilmiy maqolalar chop etgan professor-oʻqituvchilar ulushi. foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) 11,4 12,0 15,0 17,0 19,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi 8. Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilar ulushi. foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) 0,7 1,0 1,5 2,0 3,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 9. Chet tillari boʻyicha professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati. foizda (chet tillari boʻyicha jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) 14,0 15,0 16,0 17,0 18,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi
Izoh. Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun tarkibida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar ham masʼul hisoblanadilar, shuningdek, boshqa manfaatdor davlat organlari oʻzlarining vakolatlari doirasida amaliy yordam koʻrsatadilar.
