“Reklama toʻgʻrisida”gi QL-750-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (884-IV-son)
23.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 25-fevralda kiritilgan “Reklama toʻgʻrisida”gi QL-750-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi haqidagi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-aprel,
884-IV-son
