Andijon viloyatining Ulugʻnor tumanida qishloq hoʻjaligi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (314-son)
20.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Andijon viloyati Ulugʻnor tumanining qishloq xoʻjaligi sohalarini 2021 — 2023-yillarda kompleks rivojlantirish va mahallalar boʻyicha samarali ixtisoslashuvini taʼminlash hamda ushbu yoʻnalishdagi loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2021-2022-yillarda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlarini qishloq xoʻjaligi sohalari boʻyicha ixtisoslashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2021-yilda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida qoʻshimcha oʻzlashtiriladigan ekin yer maydonlari koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va yerlarning suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etishning prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilishning prognoz koʻrsatkichlari 6-ilovaga muvofiq;
2021-yilda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qayta ishlash loyihalarining manzilli roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi Ulugʻnor tumanida yuqori darajada samaradorlikka ega bogʻlar va tutzorlarni tashkil qilish va ularni zamonaviy navlar bilan taʼminlash uchun masʼul hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi va tijorat banklari bilan birgalikda Ulugʻnor tumanida amalga oshiriladigan loyihalar xalqaro moliya institutlarining tijorat banklariga jalb qilingan kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirilishini nazarda tutsin.
4. Andijon viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Ulugʻnor tumanida zamonaviy texnologiyalar asosida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha hukumat komissiyasiga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-may,
314-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 314-son qaroriga 1-ILOVA
2021-2022-yillarda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlarini qishloq xoʻjaligi sohalari boʻyicha ixtisoslashtirishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
T/r Ixtisoslashuv yoʻnalishi MFYlar nomi Oʻlchov birligi Koʻrsatkichlar Xonadonlar soni Band boʻladigan aholi soni 2020-yil amalda 2021-yil 2022-yil 2020-yil amalda 2021-yil 2022-yil 2020-yil amalda 2021-yil 2022-yil 1. Issiqxona sabzavotchiligi “Nurobod” MFY gektar 2 2,2 2,6 180 70 83 193 103 118 2. “Guliston” MFY gektar 1,8 1,8 2,1 70 58 74 87 70 84 3. “Toʻrttol” MFY gektar 1,5 2 2,4 12 50 60 19 73 97 4. Baliqchilik “Uchkoʻprik” MFY tonna 85 100 120 30 40 48 60 77 88 5. “Yangiobod” MFY tonna 70 75 90 25 30 36 28 45 57 6. “Mingchinor” MFY tonna 110 125 150 36 50 60 40 73 85 7. Chorvachilik (sut va goʻsht yoʻnalishi) “Choʻlobod” MFY bosh 2 500 100 120 650 20 24 650 22 27 8. “Fazogir” MFY bosh 1 300 80 100 320 16 19 320 17 20 9. “Yangiobod” MFY bosh 1 800 80 100 402 16 19 402 19 23 10. “Oqtom” MFY bosh 800 100 120 250 20 24 250 25 28 11. “Obod” MFY bosh 575 124 150 220 15 18 220 18 21 12. “Terakzor” MFY bosh 595 36 40 244 10 12 244 12 15 13. Parrandachilik “Choʻlobod” MFY (goʻsht yoʻnalishi) tonna 3 000 3 500 4 000 150 80 96 150 117 126 15. Ipakchilik “Nurobod” MFY tonna 5,7 7,2 8 76 96 115 81 112 148 16. “Fayzobod” MFY tonna 5,6 7,1 8 75 94 113 96 107 136 17. “Oʻzbekiston” MFY tonna 5,2 6,6 8 70 88 106 87 96 121 18. “Terakzor” MFY tonna 3 4 5 56 70 84 64 89 92 19. “Bobur” MFY tonna 0,5 0,6 0,7 24 30 36 29 37 41 20. Asalarichilik “Ovulmat” MFY tonna 2,2 5,3 6,6 5 7 9 6 9 11 21. “Mingbuloq” MFY tonna 0,3 0,7 0,8 4 6 10 5 7 9 22. “Farovon” MFY tonna 0,4 1,0 1,2 3 6 11 5 9 13 23. “Ulugʻbek” MFY tonna 0,4 1,0 1,2 4 7 12 5 8 11 24. Koʻp tarmoqli (xizmat koʻrsatish) “Shahriobod” MFY ish oʻrni 44 50 60 42 40 50 44 50 60 Jami 2 948 919 1 119 3 085 1 195 1 431
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 314-son qaroriga 2-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Talab etiladigan mablagʻ, mln soʻm Shundan Ijro muddati Ijro uchun masʼullar oʻz mablagʻi bank krediti boshqa mablagʻlardan I. Hududlarni ixtisoslashtirish boʻyicha 1. “Nurobod”, “Guliston”, “Toʻrttol” MFY hududlarida issiqxonalar tashkil etish va sabzavot yetishtirishga ixtisoslashtirish. 1. “Nurobod” MFYda 153 ta xonadonda 4,8 gektarda issiqxonalar tashkil etish va yiliga 440 tonna mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish (shundan, 220 tn pomidor, 70 tn bodring, 150 tn koʻkatlar), buning hisobiga 221 ta aholini ish bilan taʼminlash. 11 000 11 000 2021-2022-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Markaziy bank, tegishli tijorat banklari, Andijon viloyati hokimligi 2. “Guliston” MFYda 132 ta xonadonda 3,9 gektarda issiqxonalar tashkil etish va yiliga 400 tonna mahsul�t yetishtirishni yoʻlga qoʻyish (shundan, 180 tn pomidor, 100 tn bodring, 120 tn koʻkatlar), buning hisobiga 154 ta aholini ish bilan taʼminlash. 9 000 9 000 3. “Toʻrttol” MFYda 110 ta xonadonda 4,4 gektarda issiqxonalar tashkil etish va yiliga 380 tonna mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish (shundan, 150 tn pomidor, 150 tn bodring, 80 tn koʻkatlar), buning hisobiga 170 ta aholini ish bilan taʼminlash. 10 000 10 000 2. “Uchkoʻprik”, “Yangiobod”, “Mingchinor” MFY hududlarini baliqchilik yoʻnalishiga ixtisoslashtirish. 1. “Uchkoʻprik” MFYda 20 gektarda sunʼiy koʻllar tashkil etish va yiliga 100 tonna baliq mahsulot olishni yoʻlga qoʻyish, buning hisobiga 165 ta aholini ish bilan taʼminlash. 1 000 1 000 2021 — 2023-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Markaziy bank, tegishli tijorat banklari, Andijon viloyati hokimligi 2. “Yangiobod” MFYda 15 gektarda sunʼiy koʻllar tashkil etish va yiliga 75 tonna baliq mahsulot olishni yoʻlga qoʻyish, buning hisobiga 102 ta aholini ish bilan taʼminlash. 750 750 3. “Mingchinor” MFYda 25 gektarda sunʼiy koʻllar tashkil etish va ushbu koʻllardan yiliga 125 tonna mahsulot olishni yoʻlga qoʻyish, buning hisobiga 158 ta aholini ish bilan taʼminlash. 1 250 1 250 3. “Choʻlobod”, “Fazogir”, “Yangiobod”, “Oq tom”, “Terakzor” va “Obod” MFY hududlarini goʻsht va sut yoʻnalishida chorvachilikka ixtisoslashtirish. 1. “Choʻlobod” MFYda 220 bosh qoramollar parvarish qilinadigan loyihalarni amalga oshirish hisobiga yiliga 50 tonna goʻsht yetishtirish, buning hisobiga 49 ta aholini ish bilan taʼminlash. 2 500 2 500 2021 — 2023-yillar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Markaziy bank, tegishli tijorat banklari, Andijon viloyati hokimligi 2. “Fazogir” MFYda 180 bosh qoramollar parvarish qilinadigan loyihalarni amalga oshirish hisobiga yiliga 40 tonna goʻsht yetishtirish, buning hisobiga 37 ta aholini ish bilan taʼminlash. 2 000 2 000 3. “Yangiobod” MFYda 180 bosh qoramollar parvarish qilinadigan loyihalarni amalga oshirish hisobiga 40 tonna goʻsht yetishtirish, buning hisobiga 42 ta aholini ish bilan taʼminlash. 2 000 2 000 4. “Oqtom” MFYda 220 bosh qoramollar parvarish qilinadigan loyihalarni amalga oshirish hisobiga 50 tonna goʻsht yetishtirish, buning hisobiga 53 ta aholini ish bilan taʼminlash. 2 500 2 500 5. “Obod” MFYda 274 bosh qoramollar parvarish qilinadigan chorva kompleksi loyihasini amalga oshirish hisobiga 706 tonna sut yetishtirish, buning hisobiga 39 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. 4 400 4 400 6. “Terakzor” MFYda 76 bosh qoramollar parvarish qilinadigan chorva kompleksi loyihasini amalga oshirish hisobiga 205 tonna sut yetishtirish, buning hisobiga 27 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. 1 200 1 200 4. “Nurobod”,“Fayziobod”,“Oʻzbekiston”, “Terakzor”, “Bobur” MFYlari hududlarini ipakchilikka ixtisoslashtirish. 1. “Nurobod” MFYda 211 ta xonadonda 15,2 tonna pilla yetishtirish hisobiga 260 ta fuqarolarning bandligini taʼminlash. 2. “Fayziobod” MFYda 207 ta xonadonda 15,1 tonna pilla yetishtirish hisobiga 243 ta fuqarolarning bandligini taʼminlash. 3. “Oʻzbekiston” MFYda 194 ta xonadonda 4,6 tonna pilla yetishtirish hisobiga 217 ta fuqarolarning bandligini taʼminlash. 4. “Terakzor” MFYda 126 ta xonadonda 9 tonna pilla yetishtirish hisobiga 181 ta fuqarolarning bandligini taʼminlash. 5. “Bobur” MFYda 66 ta xonadonda 1,3 tonna pilla yetishtirish hisobiga 78 ta fuqarolarning bandligini taʼminlash. 2021-2022-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Markaziy bank, tegishli tijorat banki, Andijon viloyati hokimligi 5. “Choʻlobod”, “Obod” MFYlarida goʻsht va tuxum yoʻnalishida parrandachilikni, “Ovulmat”, “Mingbuloq”, “Farovon”, “Ulugʻbek” MFYlarida asalarichilikni rivojlantirishni yoʻlga qoʻyish. 1. “Choʻlobod” MFYda yiliga 3,5-4 mln goʻsht yoʻnalishida parranda boqishni tashkil etib, 3-3,5 ming tonna parranda goʻshti yetishtirishni yoʻlga qoʻyish hisobiga 243 ta yangi ish oʻrinlari yaratish. 10 000 10 000 “Parrandasanoat” uyushmasi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Markaziy bank, tegishli tijorat banklari, Andijon viloyati hokimligi 2. “Ovulmat”, “Mingbuloq”, “Farovon”, “Ulugʻbek” MFYlarida asalarichilikka ixtisoslashtirish, buning uchun 150 ta asalari oilalari parvarishini yoʻlga qoʻyish, natijada yiliga 8-10 tonnadan asal olishga erishish. 180 180 6. “Shahriobod” MFYda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish. “Shahriobod” MFYda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish uchun xususiy tibbiyot klinikasi qurishni tashkil etish, buning hisobiga yangi ish oʻrinlari yaratish, tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash. 100 100 2021 — 2023-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaziy bank, tegishli tijorat banklari, Andijon viloyati hokimligi II. Qishloq xoʻjaligi yerlardan samarali foydalanish boʻyicha 7. Tumanda sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladigan maydonlarda yer unumdorligini oshirish maqsadida almashlab ekishni tashkil qilish. 1. Tumanda 2021-yil hosili uchun parvarish qilinadigan 8 ming 534 gektar paxta, 5 ming 225 gektar gʻalla maydonlarida erning unumdorligini oshirish maqsadida har yili 236 gektardan ekinl�rning hosildorligini kamaytirmagan holda almashlab ekish tizimini tashkil qilish. 2. Almashlab ekiladigan maydonlarda chorva ozuqa ekinlarini ekish va qoʻshimcha 2 ming 355 tonna chorva ozuqa mahsulotlarini yetishtirish. 3. Almashlab ekish hisobiga ozuqa ekinlari yetishtirish natijasi bilan tumanda qoʻshimcha 471 bosh qoramollar parvarishini yoʻlga qoʻyish. 2021-2022-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Andijon viloyati hokimligi, 8. Tumanda foydalanishdan chiqib ketgan 409 gektar yer maydonlarini oʻzlashtirish. 1. Tumanda 409 gektarni foydalanishga kiritish hisobiga yangi ish oʻrinlarini yaratish. 5 000 5 000 2021-yilda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 2. Foydalanishga kiritiladigan maydonlarning 15 gektarida mevali bogʻ tashkil qilish, 75 gektar maydonga moyli ekinlar, 119 gektarga ozuqa, 84 gektarga dukkakli don ekinlar, 115 gektarga poliz ekinlarini joylashtirish. 3 000 3 000 9. Tumanda 2021-2022-yillarda tomchilatib sugʻorish ishlarini tashkil etish. 1. 2021-yilda paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarida jami 117 gektar, “Vodiy sanoat faxri” MChJ paxta-toʻqimachilik klasterda 803 gektar, jami 920 gektarda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish. 23 000 23 000 2021-yilda Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 2. 2022-yilda paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarida jami 480 gektar, “Vodiy sanoat faxri” MChJ paxta toʻqimachilik klasterda 500 gektar, jami 980 gektar maydonlarda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish. 24 500 24 500 2022-yilda 10. Tumandagi “Andijon”, “Iminov”, “Jalaquduq” va “Istiqlol” MFY hududlaridagi 445 gektar qishloq xoʻjaligi yerlarida suv taʼminotini yaxshilash “Andijon”, “Jalaquduq”, “Istiqlol” va “Iminov” MFYda sugʻorish kanallarini rekonstruksiya qilish. 8 859,3 mln.soʻm 8 859,3 mln.soʻm (Respublika budjeti) 2021-2022-yillarda Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 11. Tumanda 240 gektar qishloq xoʻjaligi ekin yer maydonlarida suv taʼminotini yaxshila� “Eski mazgil” nasos stansiyasini modernizatsiya qilish. 633,0 ming doll. 633,0 ming doll. (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki) 2021 — 2023-yillarda Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 12. Tumanda 1535 gektar qishloq xoʻjaligi ekin yer maydonlarida suv taʼminotini yaxshilash “Doʻstlik” MFY hududidagi “Doʻstlik” nasos stansiyasini taʼmirlash 28,0 mln.soʻm 28,0 mln.soʻm (Mahalliy budjet) 2021-yil Andijon viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 13. 755 gektar qishloq xoʻjaligi ekin yer maydonlarida suv taʼminotini yaxshilash “Iminov” MFY hududidagi “Omad” nasos stansiyasini taʼmirlash 12,0 mln.soʻm 12,0 mln.soʻm (Mahalliy budjet) 2021-yil Andijon viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 14. 409 gektar qishloq xoʻjaligi ekin yer maydonlarida suv taʼminotini yaxshilash Ulugʻnor tumanida 14 ta sugʻorish quduqlarini qurish 3 470,0 mln.soʻm 3 470,0 mln.soʻm 2021-yil Andijon viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi III. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish 15. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish. 1. Tumanda 2021-2022-yillarda asosiy turdagi mahsulotlar yetishtirishni koʻpaytirish, 2023-yilda 2020-yilga nisbatan meva yetishtirishni 143,8 foizga, uzum yetishtirishni 114,6 foizga, moyli ekinlarni yetishtirishni 139,2 foizga, dukkakli don ekinlarini yetishtirishni 189,3 foizga, sut yetishtirish 121,2 foizga, goʻsht yetishtirishni 118,8 foizga, baliq mahsulotlarini 122,4 foizga, tuxum 125,9 foizga va asal yetishtirishni 133,1 foizga oshirish choralarini koʻrish. 2. Etishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni 2023-yilda 2020-yildagiga nisbatan quyidagi hajmlarda oshirish: mevani qayta ishlashni 138 foizga, jumladan olmani qayta ishlashni 130 foizga, oʻrikni 127 foizga, behini 132 foizga, olxoʻrini 129 foizga, shuningdek, sutni 131 foizga oshirish choralarini koʻrish. 3. Tumanda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishni oshirish, shu jumladan; meva eksportini 132 foizga, dukkakli don ekinlar eksportini 136 foizga oshirish choralarini koʻrish. 2021 — 2023-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Andijon viloyati hokimligi 16. Tumanda 2021-2022-yillarda umumiy qiymati 35,1 mlrd soʻmlik 12 ta loyihalarni amalga oshirish. 1. “Ulugʻnorda yuksalish sari” fermer xoʻjaligida 124 bosh, “Karimov Aqljon chorvador” fermer xoʻjaligida 64 bosh qoramollarni parvarish qiladigan loyihalarni amalga oshirish va buning hisobiga 19 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. 3 600 1 000 2 600 2021-yilda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Asalarichilik” uyushmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 2. “Diyor chikken” fermer xoʻjaligida 400 ming bosh, “Andijon broyler” MChJda 3 mln 500 ming bosh goʻsht yoʻnalishidagi va “Ulugʻnorda yuksalish sari” fermer xoʻjaligida 15 ming bosh, “Shiddat korn” MChJda 100 ming bosh tuxum yoʻnalishidagi parrandachilik loyihalarini amalga oshirish, buning hisobiga 130 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. 23 500 21 500 2 500 2021-yilda 3. “Gulsevar savdo” MChJda 200 bosh quyon parvarishlashni yoʻlga qoʻyish hisobiga 10 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. 7 00 200 500 2021-yilda 4. Fuqaro Madrahimov Ikromjon va Mahmudov Jahongir xonadonlarida har birida 50 oiladan, jami 100 oilali asalari boqishni tashkil etish hisobiga 4 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. 150 80 70 5. “Boʻston import eksport” MChJ, “Limonchilik agrofirmasi” MChJ va “Saxiy ziroat agro” MChJlarning har birida 1 gektardan, jami 3 gektarda limon yetishtirish issiqxonalarini tashkil qilish va buning hisobiga 30 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. 7 141 2 000 5 141 (xorijiy kredit hisobidan 510 ming AQSh dollar) 2021-yilda 17. Tumanda 2021 — 2023-yillarda agrosanoat sohasini rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya faoliyatini tashkil qilish. 1. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida maxsus komissiya tuzish va ularning vazifalarini belgilash. 2021-yilda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 2. Maxsus komissiya tomonidan mazkur “Yoʻl xaritasi”da belgilangan har bir bandlarning ijrosini taʼminlash yuzasidan monitoring olib borish va yuqori tashkilotlarga axborot berib borish. 2021 — 2023-yillarda 18. Tumanda 1 ta “Tomorqa xizmati” MChJ ochish, ushbu MChJda har bir dehqon xoʻjaliklari, aholi xonadonlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish. “Tomorqa xizmati” MChJ tashkil qilish hisobiga 15 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. Bunda, tumanda tashabbuskor tadbirkor rahbarligida “Tomorqa xizmati” MChJ tashkil etish va ushbu tomorqa xizmati korxonasi orqali dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlariga shartnoma asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, parvarishlash va sotib olish boʻyicha xizmat koʻrsatishini tashkil etish. 1 000 1 000 (Jamgʻar-ma mablagʻlari hisobidan) 2022-yilda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 19. “Doʻstlik” MFY foydalanishga kiritilayotgan 15 gektar yer maydonlarini 30 nafar kam taʼminlangan aholi xonadonlarning har biriga 50 sotixdan dehqonchilik qilish uchun kooperatsiya usulida ajratib berish. “Doʻstlik” MFYda foydalanishga kiritilayotgan yer maydonlarini birinchi navbatda kam taʼminlangan oilalarga ajratish, ularning dehqonchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish uchun shart-sharoitlar yaratib berish. 120 120 (Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Andijon viloyati hokimligi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 314-son qaroriga 3-ILOVA
2021-yilda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida qoʻshimcha oʻzlashtiriladigan ekin yer maydonlari
KOʻRSATKIChLARI
T/r Hududlar nomi Jami oʻzlashtiriladigan yer maydoni, gektar Foydalanishga kiritilayotgan yer maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, gektar Mevali ekinlar Moyli ekinlar Ozuqabop ekinlar Dukkakli ekinlar Poliz ekinlari 1. Shahrixon MFY 2 2 2. Oq oltin MFY 35 15 20 3. Andijon MFY 96 96 4. Jalaquduq MFY 45 26 19 5. Iminov MFY 197 75 119 3 6. Istiqlol MFY 33 33 409 15 75 119 84 115
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 314-son qaroriga 4-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va yerlarning suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Amalga oshiriladigan tadbirlar Suv taʼminoti yaxshilanadigan maydon, gektar Ijro muddati Moliyalashtirish Masʼul ijrochilar Miqdori* Manbai 1. Ulugʻnor tumani “Andijon”, “Jalaquduq”, “Istiqlol” va “Iminov” mahalla fuqarolari yigʻinlari hududlaridagi sugʻorish kanallarni rekonstruksiya qilish 445 2021-2022-yillar 8 859,3 mln.soʻm Respublika budjeti Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 2. Ulugʻnor tumanidagi “Eski mazgil” nasos stansiyasini modernizatsiya qilish 240 2021 — 2023-yillar 633,0 ming doll. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi 3. Ulugʻnor tumanidagi “Doʻstlik” nasos stansiyasini taʼmirlash 1 535 2021-yil 28,0 mln.soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari Andijon viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi 4. Ulugʻnor tumanidagi “Omad” nasos stansiyasini taʼmirlash 755 2021-yil 12,0 mln.soʻm 5. Ulugʻnor tumanida 14 ta sugʻorish quduqlarini qurish 409 2021-yil 3 470,0 mln.soʻm Loyiha tashabbuskori oʻz mablagʻlari Andijon viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi
Izoh. Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng, bajariladigan ishlar qiymatiga aniqlik kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 314-son qaroriga 5-ILOVA
2021-2022-yillarda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
T/r Hududlar nomi Jami paxta maydoni Tomchilatib sugʻorish rejasi, gektar Shundan, gektar 2021-yil 2022-yil 1. Andijon 207 30 30 2. Guliston 754 30 30 3. Doʻstlik 439 71 31 40 4. Jalaquduq 219 30 30 5. Istiqlol 239 34 14 20 6. M. Iminov 599 55 25 30 7. Mingbuloq 695 30 30 8. Mirzaaxmedov 600 62 12 50 9. Naʼmuna 271 40 40 10. Oq oltin 360 38 8 30 11. Terakzor 585 30 30 12. Toʻrttol 624 41 11 30 13. Oʻzbekiston 332 20 20 14. Ulugʻnor 567 40 40 15. Shahrixon 457 46 16 30 klaster 1 586 1 303 803 500 JAMI 8 534 1 900 920 980
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 314-son qaroriga 6-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilishning
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 314-son qaroriga 7-ILOVA
2021-yilda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qayta ishlash loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Loyiha tashabbuskori Loyiha nomi Loyiha quvvati Loyiha qiymati (mln soʻm) shundan Ish oʻrni Ishga tushish muddati Xizmat koʻrsatuvchi banklar Oʻlchov birligi hajmi oʻz mablagʻi bank krediti xorijiy kredit 1. “Ulugʻnor Yuksalish sari” MChJ Chorvachilikni tashkil etish bosh 124 2 500 500 2 000 15 01.08.2021 Mikrokreditbank 2. “Diyor chikken” MChJ Parrandachilikni tashkil etish ming bosh 400 2 000 2 000 20 01.06.2021 Oʻzsanoatqurilishbank 3. “Andijon broyler” MChJ Parrandachilikni tashkil etish ming bosh 3 500 17 500 17 500 80 01.07.2021 Oʻzsanoatqurilishbank 4. “Ulugʻnorda yuksalish sari” f/x Parrandachilikni rivojlantirish (tuxum yoʻnalishida) ming bosh 15 1 000 1 000 10 01.09.2021 Mikrokreditbank 5. “Gulsevar savdo” MChJ Quyonchilikni tashkil etish bosh 200 700 200 500 10 01.09.2021 Mikrokreditbank 6. Fuqaro Madraximov Ikromjon Asalarichilikni tashkil etish oila 50 50 50 2 01.06.2021 Agrobank 7. Fuqaro Maxmudov Jaxongir Asalarichilikni tashkil etish oila 50 100 30 70 2 01.06.2021 Agrobank 8. “Shiddat korn” MChJ Parrandachilikni rivojlantirish (tuxum yoʻnalishida) bosh 100 3 000 1 000 2 000 20 01.08.2021 Agrobank 9. “Karimov Aqljon chorvador” f/x Chorvachilikni tashkil etish bosh 64 1 100 500 600 4 01.11.2021 Xalq banki 10. “Boʻston import eksport” MChJ Limonariya tashkil etish ga 1 2 109 1 000 110 10 01.09.2021 Turon bank 11. “Limonchilik Agrofirmasi” MChJ Limonariya tashkil etish ga 1 2 516 500 200 10 01.09.2021 Turon bank 12. “Saxiy ziroat agro” MChJ Limonariya tashkil etish ga 1 2 516 500 200 10 01.09.2021 Turon bank JAMI 35 091 24 780 5 170 510 193
