“Oʻzdeuavto” AJ mahsulotlarining narxlarini kelishib olish komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida (298-son)
16.06.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻzDEUavto” AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlar uchun ichki va tashqi bozorlardagi narxlarni tartibga solish va ularni asosli ravishda belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Komissiyaga ichki va tashqi bozorlarda sotiladigan “OʻzDEUavto” AJ mahsulotlarining narxlarini kelishib olish masʼuliyati yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda “OʻzDEUavto” AJ mahsulotlarining narxlarini kelishib olish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Komissiya:
muntazam ravishda isteʼmol bozori (respublika hududida va uning tashqarisida)ning konyunkturasini hamda “OʻzDEUavto” AJ mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga (kamayishiga) taʼsir qiluvchi omillarni, shu jumladan “DEU” avtomobillari detallari va butlovchilarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalar tashkil etishning taʼsirini oʻrganib borsin;
Koreya Respublikasiga borib, korporatsiya tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar bozoridagi narxlarni shakllantirish va tartibga solish sohasidagi DEU korporatsiyasi tajribasini oʻrgansin;
avtomobillar ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan butlovchi buyumlar va materiallar uchun jahon narxlari surʼatlarini va ularning oʻzgarish tamoyillarini tahlil qilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 16-iyun,
298-son
