Oʻrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirish uchun asosiy ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma hamda oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma shakllariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (2417-1-son)
17.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2417-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 77-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2417, 2013-yil 29-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirish uchun asosiy ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma hamda oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma shakllaridagi “pasporti” degan soʻzlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur shakllar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-aprel,
23-2021-B-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi M. RAFIKOV
2021-yil 22-aprel
