Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish toʻgʻrisida (873-IV-son)
19.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69 va 78-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddaciga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida umumiy yer maydoni 8 223 gektar boʻlgan Yangi Namangan tumani tashkil etilsin.
2. Namangan shahrining “Mingterak”, “Bunyodkor”, “Mustaqillikning 5 yilligi”, “Axsikent”, “Mashrab”, “Maʼnaviyat”, “Furqat”, “Guliston”, “Beruniy”, “Mingchinor”, “Tinchlik”, “Yoshlik”, “Oromgoh”, “Atangan guzar”, “Yangi zamin”, “Mehnatobod”, “Sihatgoh”, “Goʻzal”, “Chamanzor”, “Ishonch”, “Sherbuloq”, “Kelajak tongi”, “Sohil” va “Istiqbol” mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududlari Yangi Namangan tumani tarkibiga oʻtkazilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Namangan viloyati Namangan shahri tarkibidagi Yangi Namangan tumani chegarasining tavsifi va chizma shakllari tegishincha 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Namangan shahrining Yangi Namangan tumani tarkibiga oʻtkazilayotgan saylov okruglaridan (1-Oromgoh, 6-Axsikent, 7-Mingchinor, 8-Goʻzal, 9-Mehnatobod, 10-Istiqbol) saylangan xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining deputatlari xalq deputatlari Yangi Namangan tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-aprel,
873-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 19-apreldagi 873-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibidagi Yangi Namangan tumani chegarasining tavsifi
Namangan viloyati Namangan shahri tarkibidagi Yangi Namangan tumanining chegarasi A dan B gacha Namangan shahri yerlari bilan chegaradosh boʻlib, tavsifi quyidagicha:
Namangan shahri K. Mamarasulov koʻchasi 4R113 avtomobil yoʻlining 1 000 metrida Shimoliy Fargʻona magistral kanali “Yangiqoʻrgʻon” koʻprigining oʻng tomoni, gʻarbiy burchagi 1-boshlangʻich nuqta sifatida qabul qilindi (shimoliy kenglik koordinatalari — 41°1'7.74", sharqiy uzunlik koordinatalari — 71°40'29.07").
1-nuqtadan chegara janubi-gʻarbiy yoʻnalishda Shimoliy Fargʻona magistral kanalining oʻng tomoni boʻylab 5 549 metr masofada 4R261 avtomobil yoʻlidagi “Gʻirvonsoy” koʻprigining oʻng tomoni, gʻarbiy burchagidagi 2-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari — 40°59'56.51”, sharqiy uzunlik koordinatalari — 71°37'34.09”).
2-nuqtadan chegara shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda Namangan shahrining Davlatobod tumani bilan mavjud maʼmuriy chegarasi boʻylab 6 899 metr masofada Katta Namangan magistral kanali dyukeri bilan Gʻirvonsoy kesishgan joydagi dyukerni soy oqimidan himoyalovchi Gʻirvonsoy gidroinshootining oʻng tomoni, janubiy burchagidagi 3-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari — 41°3'3.79”, sharqiy uzunlik koordinatalari — 71°35'42.66”).
3-nuqtadan chegara shimoli-sharqiy yoʻnalishda Namangan shahrining Kosonsoy tumani bilan mavjud maʼmuriy chegarasi boʻylab 15 825 metr masofada “Qorapolvon” aholi punkti nomsiz dala yoʻli ayrilgan joydagi 4-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari — 41°9'0.41”, sharqiy uzunlik koordinatalari — 71°40'19.10”).
4-nuqtadan chegara janubiy yoʻnalishda Namangan shahrining Yangiqoʻrgʻon tumani bilan mavjud maʼmuriy chegarasi boʻylab 25 755 metr masofada 4N-461 avtomobil yoʻli Sherbuloq koʻchasi bilan tutashgan joyning janubi-sharqiy tomonidagi Yangiqoʻrgʻon va Chortoq tumanlari chegaralari tutashgan 5-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari — 41°3'43.34”, sharqiy uzunlik koordinatalari — 71°42'45.74”).
5-nuqtadan chegara janubiy yoʻnalishda Namangan shahrining Chortoq tumani bilan mavjud maʼmuriy chegarasi boʻylab 7 930 metr masofada, Shimoliy Fargʻona magistral kanalining oʻng tomonidagi “Sohil” koʻprigining sharqiy burchagidan kanal boʻylab sharq tomonga 582 metr masofada 6-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari — 41°2'20.64”, sharqiy uzunlik koordinatalari — 71°44'41.16”).
6-nuqtadan chegara gʻarbiy yoʻnalishda Shimoliy Fargʻona magistral kanalining oʻng tomoni boʻylab 6 785 metr masofada K. Mamarasulov koʻchasi 4R113 avtomobil yoʻlining 1 000 metrida Shimoliy Fargʻona magistral kanali “Yangiqoʻrgʻon” koʻprigining oʻng tomoni, gʻarbiy burchagidagi boshlangʻich 1-nuqtagacha davom etadi (shimoliy kenglik koordinatalari — 41°1'7.74”, sharqiy uzunlik koordinatalari — 71°40'29.07”).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 19-apreldagi 873-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Namangan viloyati Namangan shahri tarkibidagi Yangi Namangan tumani chegarasining chizmasi
