Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2859-3-son)
12.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2859-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlari, 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qarori (roʻyxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 122-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-aprel,
9-2021-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-aprel,
22-son
Bandlik va mehnat munosabatlar vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-aprel,
20-2021-Q/Q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 9-2021-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 12-apreldagi 20-2021-Q/Q hamda Moliya vazirligining 2021-yil 7-apreldagi 22-son qaroriga ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. I-bobda:
a) 2 va 3-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 2. Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 3. Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 ”;
b) 4 pozitsiya chiqarib tashlansin.
2. III-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ III. JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN IShLASh, NAZORAT VA MONITORING BOʻLIMI (1500 gacha boʻlgan kontingentda — JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN IShLASh, NAZORAT VA MONITORING SEKTORI) 1. Boʻlim boshligʻi (sektor mudiri) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Bosh mutaxassis 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 3. Inspektor 1 1 1 1 1 1 1 ”.
3. Quyidagi mazmundagi III1-bob bilan toʻldirilsin:
“ III1. KORRUPSIYAGA QARShI KURAShISh “KOMPLAYENS-NAZORAT” TIZIMINI BOShQARISh BOʻLIMI 1. Boʻlim boshligʻi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Bosh mutaxassis 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 ”.
4. IV va V-boblar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ IV. OʻQUV-USLUBIY BOʻLIMI (5 000 dan ortiq kontingentda — OʻQUV-USLUBIY BOShQARMA) 1. Boʻlim (boshqarma) boshligʻi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari 1 1 1 3. Uslubchi mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi 4. Sirtqi (Maxsus sirtqi) taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha uslubchi mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi 5. Kechki (smenali) taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha uslubchi mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi 6. Oʻquv ishlari boʻyicha inspektor 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2 2 7. Dispetcher 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Taʼlimning kredit tizimini boshqarish sektori 1. Bosh mutaxassis 1 1 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2. Etakchi mutaxassis 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori 1. Bosh mutaxassis mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi V. MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BOʻLIMI 1. Boʻlim boshligʻi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Bosh mutaxassis 1 1 1 1 1 1 1 1 2 2 2 3 3 3. Marketolog 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 ”.
5. IX va X-boblar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ IX. RAQAMLI TAʼLIM TEXNOLOGIYALARI MARKAZI 1. RTT markazi boshligʻi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Raqamli taʼlim texnologiyalarini joriy etish boʻlimi 1. Boʻlim boshligʻi 1 1 1 1 1 1 1 2. Muhandis-dasturchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2 3 3. Tizim administratori 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 4. Veb-dizayner 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 5. Kontent-menedjer (axborot resurslari boʻyicha mutaxassis) 1 1 1 1 1 1 2 2 2 2 3 3 Tarmoqlarni boshqarish boʻlimi 1. Boʻlim boshligʻi 1 1 1 1 1 1 2. Muhandis-dasturchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2 3. Tarmoq administratori 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 4. Texnik 1 1 1 1 Texnik qoʻllab-quvvatlash boʻlimi 1. Boʻlim boshligʻi 1 1 1 2. Muhandis-dasturchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 3. Muhandis-elektronchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 1 1 1 1 4. Kompyuter zali mudiri 1 1 1 1 1 1 1 1 1 5. Texnik-elektronchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 Axborot xavfsizligini taʼminlash boʻlimi 1. Boʻlim boshligʻi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Muhandis-dasturchi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 3. Tarmoq administratori 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 X. AXBOROT — RESURS MARKAZI 1. Direktor (Mudir) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Direktor oʻrinbosari (Mudir oʻrinbosari) 1 1 1 Ilmiy-uslubiy va axborot-maʼlumot (davriy nashrlar) boʻlimi 1. Boʻlim mudiri 1 1 1 1 1 1 1 2. Etakchi mutaxassis 1 1 1 1 1 1 1 3. Uslubchi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 4. Bibliograf (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 1 1 5. Kutubxonachi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 2 2 2 2 2 2 2 3 3 5 6 6 Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish boʻlimi 1. Boʻlim mudiri 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Axborot-kutubxona texnologiyalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 3. Bibliograf (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 1 1 4. Kutubxonachi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 2 2 3 3 3 3 5 6 6 Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat koʻrsatish boʻlimi (abonementlarga xizmat koʻrsatish, oʻquv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda) 1. Boʻlim mudiri 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Bosh kutubxonachi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 3. Bibliograf (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 1 1 2 3 4 4 4. Kutubxonachi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 2 2 2 3 3 3 3 3 5 8 9 9 Elektron axborot resurslari boʻlimi 1. Boʻlim mudiri 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Axborot-kutubxona texnologiyalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 3. Elektron kutubxonalar kutubxonachisi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash boʻlimi 1. Boʻlim mudiri 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Bibliograf (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 3. Kutubxonachi (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 ”.
6. XII-bob quyidagi mazmundagi 7-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 7. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim boʻyicha dekan oʻrinbosari mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi ”.
7. XVI-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ XVI. BUXGALTERIYA 1. Bosh buxgalter 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 2. Bosh buxgalter oʻrinbosari 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 3. Buxgalter (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 2 3 5 5 6 7 7 7 7 7 4. Xarid boʻyicha bosh mutaxassis 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 5. Gʻaznachi 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish boʻyicha shartnomalarni rasmiylashtirish va hisobga olish guruhi 1. Buxgalter (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 2 2 2 2 4 4 4 4 4 5 ”.
8. XXV-bobning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 2. Muhandis (toifasiz, 1-toifa, 2-toifa) 1 1 1 1 2 2 2 2 2 2 3 3 3 ”.
9. Ilovada:
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Kotib — ish yurituvchi lavozimi 1 birlik hisobida rektor (filial direktori) va har bir prorektor (filial direktori oʻrinbosari) uchun alohida kiritiladi.”;
b) quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. Tasarrufida akademik litsey va texnikum mavjud boʻlgan OTMlarda ularga metodik yordam koʻrsatish uchun 1 birlik hisobida bosh mutaxassis lavozimi kiritiladi.
Mazkur shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.”;
v) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Kunduzgi taʼlim fakulteti dekani oʻrinbosari lavozimi fakultetda:
kunduzgi va kechki (smenali) taʼlim talabalari soni 201 nafardan 400 nafargacha boʻlganda — 0,5 birlik;
kunduzgi va kechki (smenali) taʼlim talabalari soni 401 nafar va undan ortiq boʻlganda, keyingi har 200 nafar talaba uchun qoʻshimcha 0,5 birlik hisobida, lekin fakultet uchun 3 shtat birligidan oshmagan holda kiritiladi.”;
g) quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimi fakultetda:
sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalari soni 501 nafardan 1 000 nafargacha boʻlganda — 0,5 birlik;
sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim talabalari soni 1 001 nafar va undan ortiq boʻlganda 1,0 birlik hisobida kiritiladi.
Mazkur shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.”.
