Parlamentlararo tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada faollashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (913-IV-son)
28.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 271-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar:
Parlamentlararo Ittifoq bilan uzoq muddatli istiqboldagi amaliy hamkorlik rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-aprel,
913-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 28-aprel,
KQ-220-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-aprelda qabul qilingan 913-IV/KQ-220-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 1-ILOVA
Parlamentlararo Ittifoq bilan uzoq muddatli istiqboldagi amaliy hamkorlik
REJASI
t/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Ijrochilar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillarini Parlamentlararo Ittifoq (bundan buyon matnda — PI deb yuritiladi) qoʻmitalarining muddati tugagan aʼzolari oʻrniga kiritish. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari aʼzolarini PIning qoʻmitalariga kiritishning milliy manfaatlarga mosligi va amaliy maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari aʼzolarini PIning ushbu qoʻmitalariga kiritish masalasini kelishib olish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari aʼzolarining qoʻmitalarga kiritishga oid arizalarini PIga yuborish. 2021-2022-yillar Qonunchilik palatasi, Senat, TIV 2. PI Assambleyasining 142-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlament delegatsiyasining ishtirok etishi. 2021-yil 24 — 27-may. (onlayn shaklida) 1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining PI Assambleyasi sessiyasida ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy–protokol masalalarni hal etish. 3. PI Assambleyasi sessiyalarida ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish. tadbirdan bir oy oldin tadbirdan 2 hafta oldin ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida Qonunchilik palatasi, Senat, QMPTI, TIV 3. Elektron parlament boʻyicha Butunjahon konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlamenti delegatsiyasining ishtirok etishi. 2021-yil 16 — 18-iyun. 1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 3. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish. tadbirdan bir oy oldin tadbirdan 2 hafta oldin ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida Qonunchilik palatasi, Senat, TIV, QMPTI 4. BMTning yuqori darajadagi siyosiy forumi doirasida boʻlib oʻtadigan Parlament forumida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlament delegatsiyasining ishtirok etishi. 2021-yil 12-iyul. 1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 3. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish. tadbirdan bir oy oldin tadbirdan 2 hafta oldin ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida Qonunchilik palatasi, Senat, TIV, QMPTI 5. Ayol spikyerlar sammitida ishtirok etish. 2021-yil 6-sentabr 1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 3. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish. tadbirdan bir oy oldin tadbirdan 2 hafta oldin ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida Senat, Qonunchilik palatasi, TIV, QMPTI 6. Parlament spikyerlarining 5-Butunjahon konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining ishtirok etishi. 2021-yil 7-8-sentabr. 1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 3. Ishti�ok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish. tadbirdan bir oy oldin tadbirdan 2 hafta oldin ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida Qonunchilik palatasi, Senat, TIV, QMPTI 7. BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining ochilishi munosabati bilan boʻlib oʻtadigan ushbu sessiyaning parlament majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlament delegatsiyasining ishtirok etishi. 2021-yil 22-sentabr. 1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 3. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish. tadbirdan bir oy oldin tadbirdan 2 hafta oldin ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida Qonunchilik palatasi, Senat, TIV, QMPTI 8. PI Assambleyasining 143-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining ishtirok etishi. 2021-yil 6 — 10-noyabr, Ruanda, Kigali sh. 1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 3. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish. tadbirdan bir oy oldin tadbirdan 2 hafta oldin ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida Qonunchilik palatasi, Senat, TIV, QMPTI 9. PI rezolyutsiyalarini implementatsiya qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. 1. Ishchi guruh tashkil etish. 2. Oʻrganish natijalari boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish masalasini koʻrib chiqish. qabul qilinishiga qarab Qonunchilik palatasi, Senat, TIV, QMPTI 10. PIga aʼzolik badalini har yili toʻlash. 1. Toʻlovni amalga oshirish uchun invoys olish. 2. Invoysga asosan Moliya vazirligi gʻaznachiligi orqali toʻlovni amalga oshirish. har yili dekabr-yanvar oylaridan 20-martga qadar Qonunchilik palatasi, Moliya vazirligi, TIV
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-aprelda qabul qilingan 913-IV/KQ-220-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik
REJASI
t/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Ijrochilar 1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi tarkibini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Parlamentlararo Assambleyasining (bundan buyon matnda — MDH PA deb yuritiladi) kelgusi yalpi majlislarida va uning doimiy komissiyalari majlislarida ishtirok etishi uchun kengaytirish. 1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi tarkibini kengaytirish masalasini ishlab chiqish va kelishib olish. 2. MDH PA Kotibiyatini Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining yangi kengaytirilgan tarkibi haqida xabardor qilish. 2021-yil I-II choraklari Senat, Qonunchilik palatasi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarini MDH PAning doimiy komissiyalariga kiritish masalasini ishlab chiqish. 1. Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasi aʼzolarining MDH PA doimiy komissiyalari ishida ishtirok etishi maqsadga muvofiqligini oʻrganish. 2. Oʻzbekiston parlamenti vakillarining ishtiroki respublika uchun eng koʻp manfaatli hisoblangan MDH PA doimiy komissiyalarini belgilash. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarini aniqlash va MDH PA doimiy komissiyalari tarkibiga kiritish masalasini kelishib olish. 4. MDH PA Kotibiyatini MDH PAning u yoki bu doimiy komissiyasida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston parlament delegatsiyasi aʼzolari haqida xabardor qilish. 2021-yil I-II choraklari kelishuvga qarab Senat, Qonunchilik palatasi 3. MDH ishtirokchi davlatlarining Yoshlar parlamentlararo assambleyasi (YoPA) tarkibiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti delegatsiyasini tuzish. 1. Qoida tariqasida, Oliy Majlis palatalari vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Yoshlar parlamenti aʼzolaridan iborat 30 yoshgacha boʻlgan 6 kishidan tashkil topgan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti delegatsiyasi tarkibini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti delegatsiyasi tarkibini kelishib olish. 3. MDH PA Kotibiyatini Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti delegatsiyasi tarkibi haqida rasman xabardor qilish. 2021-yil I-II choraklari 2021-yil I-II choraklari Senat, Qonunchilik palatasi, aloqador vazirliklar va idoralar 4. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi vakillarining MDH PA doimiy komissiyalari majlislarida ham ishtirok etishi masalasini ishlab chiqish. 1. MDH PAdagi Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi vakilining reja-topshir�gʻini tayyorlash. 2. MDH PAdagi Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi vakilining tegishli komissiya majlisi kun tartibidagi bandlar boʻyicha nuqtai nazarini kelishib olish. 3. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 2021-yil yanvar — may 2021-yil sentyabr-noyabr Senat, Qonunchilik palatasi 5. Oʻzbekiston Respublikasi bolalar delegatsiyasining MDH ishtirokchi davlatlarining “Hamdoʻstlik bolalari” xalqaro madaniy–maʼrifiy forumida ishtirok etishi masalasini ishlab chiqish. 1. Oʻzbekiston Respublikasining 12 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalardan iborat delegatsiyasi tarkibini belgilash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi bolalar delegatsiyasi tarkibini kelishib olish. 3. MDH PA Kotibiyatini Oʻzbekiston Respublikasi bolalar delegatsiyasi tarkibi haqida rasman xabardor qilish. MDH PAdan taklif olinishiga qarab Senat, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar 6. Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi pozitsiyasi haqidagi Maʼlumotnomani shakllantirish. 1. Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan Oʻzbekistonning haqida Maʼlumotnoma tayyorlash. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillari bilan ularni joriy mintaqaviy va xalqaro muammolar boʻyicha respublikaning nuqtai nazari toʻgʻrisida xabardor qilishga doir ishlarni amalga oshirish. 3. Maʼlumotnoma qoidalarini muntazam ravishda yangilab turish. 2021-yil I-II choraklari bir yilda bir marta TIV, Senat, Qonunchilik palatasi 7. Uchinchi Yevroosiyo xotin-qizlar forumi hozirgi zamon jamiyatida xotin–qizlar rolini muhokama qilish uchun eng yirik xalqaro maydon ishida qatnashish (2021-yil 13 — 15-oktabr, Sankt-Peterburg shahri). 1. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi reja-topshirigʻini tayyorlash. 2. Forum kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekiston oʻrnini kelishish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbarining forumda soʻzlaydigan nutqi tezislarini tayyorlash va kelishish. Xorijiy hamkorlar bilan suhbatlar uchun materiallar toʻplash. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini tayyorlash. 5. Tashkiliy-bayonnoma masalalarni hal qilish. 2021-yil avgust 2021-yil Avgust-sentyabr 2021-yil sentyabr tadbirdan ikki hafta oldin 2021-yil oktyabr Senat, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar 8. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining MDH PAning kuzgi yalpi majlisida ishtirok etishi. 1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining reja-topshirigʻini tayyorlash. 2. Oʻzbekistonning kuzgi majlis kun tartibi bandlari boʻyicha nuqtai nazarini kelishib olish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqiga tezislar tayyorlash va uni kelishib olish, shuningdek xorijiy hamkorlar bilan boʻladigan suhbatlar uchun materiallar toʻplash. 4. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 2021-yil avgust 2021-yil sentyabr-oktyabr 2021-yil oktyabr tadbirdan 2 hafta avval 2021-yil noyabr Senat, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar 9. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti delegatsiyasining MDH ishtirokchi davlatlari Yoshlar parlamentlararo assambleyasi majlisida ishtirok etishi. 1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining reja-topshirigʻini tayyorlash. 2. Majlis kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekistonning nuqtai nazarini kelishib olish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqiga tezislar tayyorlash va uni kelishib olish, shuningdek xorijiy hamkorlar bilan boʻladigan suhbatlar uchun materiallar toʻplash. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi loyihasini tayyorlash. 5. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 2021-yil avgust 2021-yil sentyabr-oktyabr 2021-yil oktyabr tadbirdan 2 hafta avval noyabr Senat, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi 10. MDH PAning tadbirini Oʻzbekistonda oʻtkazish. 1. MDH PA Kotibiyati bilan Assambleyaning tadbirlaridan birini Oʻzbekistonda oʻtkazish yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazish (belgilangan davrda rejalashtirilgan tadbirlar, tashkiliy masalalar, moliyaviy jihatlar va hokazolar). 2. MDH PA Kotibiyati bilan Assambleyaning tadbirlaridan birini Oʻzbekistonda oʻtkazish masalasini kelishib olish. 2022-yil Senat, Qonunchilik palatasi 11. MDH PA ishtirokchi davlatlarida oʻtkaziladigan saylovlar/referendumlarda MDH PAning kuzatuvchilari missiyasi tarkibida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakillari delegatsiyasini shakllantirish. 1. MDH PA ishtirokchi davlatlarida oʻtkaziladigan saylovlar/referendumlarda MDH PA kuzatuvchilari missiyasi tarkibiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalaridan nomzodlar koʻrsatish. 2. MDH PA ishtirokchi davlatlarida oʻtkaziladigan saylovlar/referendumlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibini kelishib olish. MDH PAdan taklif olinishiga qarab Senat, Qonunchilik palatasi, MSK 12. MDH PAga yillik aʼzolik badalining oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash. 1. MDH PA Kengashi Kotibiyatidan rasmiy invoysni olish. 2. Aʼzolik badalini toʻlash. 2021-yil II-III choraklari Senat, TIV, Moliya vazirligi 13. Keyingi kalendar yiliga moʻljallangan Oʻzbekistonning MDH PA bilan oʻzaro amaliy hamkorlik qilish rejasini tasdiqlash. 1. Oʻzbekistonning MDH PA bilan keyingi kalendar yiliga moʻljallangan oʻzaro amaliy hamkorlik qilish rejasini tuzish, kelishish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan Rejani aloqador vazirlik va idoralarga yuborish. 3. Qabul qilingan Reja ijrosini monitoring qilish. 2021-yil IV choragi yarim yilda bir marta Senat, Qonunchilik palatasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-aprelda qabul qilingan 913-IV/KQ-220-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik
REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Ijrochilar 1. Oʻzbekiston tashqi siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlarga mos hamda respublikada olib borilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalariga muvofiq boʻlgan masalalar boʻyicha Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasi (bundan buyon matnda — EXHT PA deb yuritiladi) rezolyutsiyalari loyihalari yuzasidan takliflar va tashabbuslar bilan chiqish amaliyotini joriy etish. 1. Kelgusidagi rezolyutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida eng dolzarb masalalarni aniqlash maqsadida respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari ishtirokida maslahatlashuvlar oʻtkazish. 2. Rezolyutsiyalar loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlash va kelishish ishlarini olib borish. 3. EXHT PAning Xalqaro kotibiyati va Assambleyaning ishtirokchi davlatlari delegatsiyalari bilan tegishli rezolyutsiya loyihasini ilgari surishga yoʻnaltirilgan manzilli ishlarni olib borish. doimiy asosda Senat, Qonunchilik palatasi, tegishli vazirliklar va idoralar Hozirgi davrdagi dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar boʻyicha EXHT PA rezolyutsiyasini qabul qilish masalalari yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. 1. EXHT PAning rejalashtirilayotgan rezolyutsiyasi loyihasi mavzusini ishlab chiqish. 2. EXHT PAning rezolyutsiyasi loyihasini tayyorlash. 3. Masalani tegishli tartibda kelishish. 4. Assambleyaning kuzgi va qishki majlislari davomida EXHT PA ishti�okchi davlatlarining delegatsiyalari bilan rezolyutsiya loyihasini ular tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi borasida maqsadli ishlarni olib borish. 5. Assambleyaning navbatdagi sessiyasida EXHT PAning qabul qilinishi kutilayotgan rezolyutsiyasi loyihasiga takliflar kiritish. 2021-yil iyul-avgust 2021-yil sentyabr-oktyabr 2021-yil noyabr 2022-yil iyun EXHT PA bilan kelishish jarayonida 2. Assambleyaning har yilgi yozgi sessiyalarida qabul qilinadigan EXHT PAning rezolyutsiyalari loyihalariga takliflar tayyorlash. 1. EXHT PA rezolyutsiyasi loyihalari mazmun-mohiyatining Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga mosligini oʻrganish hamda ushbu hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash. 2. Assambleya majlislari davomida �XHT PA ishtirokchi davlatlarining delegatsiyalari bilan ularning Oʻzbekiston tomoni taklif qilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni qoʻllab-quvvatlashiga erishish yuzasidan maqsadli ishlarni olib borish. 3. Tegishli rezolyutsiya loyihasini oʻzgartirish va unga qoʻshimcha kiritish boʻyicha takliflar kiritish. Rezolyutsiya loyihasi kelib tushishi jarayonida EXHT PA yigʻilishlari davomida har yilgi yozgi sessiyadan ikki hafta avval Senat, Qonunchilik palatasi, tegishli vazirliklar va idoralar 3. Oʻzbekistonning Ipak yoʻlini qoʻllab-quvvatlash guruhi doirasida oʻzaro hamkorlik qilishga doir tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqish. 1. Oʻzbekistonning Ipak yoʻlini qoʻllab-quvvatlash guruhi doirasida oʻzaro hamkorlik qilishga doir ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash. 2. EXHT PAning ishtirokchi davlatlarida oʻzaro hamkorlikda oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar roʻyxatini tuzish. 3. Oʻzbeki�tonning Ipak yoʻlini qoʻllab-quvvatlash guruhida samarali va natijador ishtirok etishiga doir aniq takliflar ishlab chiqish. 2021-yil may Senat, Qonunchilik palatasi, TIV, ITSV, Transport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 4. EXHT PAning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan Oʻzbekistonning Assambleya faoliyati doirasidagi hamkorligi va oʻzaro aloqalarini faollashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash nuqtai nazaridan maqsadli siyosiy–diplomatik ish olib borish. 1. EXHT PA Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili R. Lapatka (Avstriya) bilan EXHT PA doirasida respublikamizning amaliy hamkorlik qilishiga doir ustuvor yoʻnalishlarni muhokama etish maqsadida Oʻzbekistonning Vena shahridagi Elchixonasi orqali uchrashuv tashkil etish. 2. EXHT PAning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan bu mamlakatlar uchun oʻzaro manfaatli qoʻshma tadbirlarni tashkil etish masalalarini muhokama qilish uchun ishchi muloqotlarni oʻrnatish va olib borish. 2021-yil iyul doimiy asosda TIV, Senat, Qonunchilik palatasi 5. Oʻzbekistonda EXHT PAning tadbirlaridan birini oʻtkazish masalasini oʻrganish. 1. Oʻzbekistonda EXHT PAning tadbirlaridan birini oʻtkazish ehtimoli masalasini ishlab chiqish. 2. EXHT PAning yozgi majlisi (Vena/Kopengagen shahri, 2021-yil iyul) davomida EXHT PAning tadbirlaridan birini Oʻzbekiston hududida oʻtkazish, uning mavzusi, konsepsiyasi, tartib-taomillari va moliyaviy jihatlarini dastlabki tarzda muhokama etish. 3. Oʻzbekistonda EXHT PAning tadbirlaridan birini oʻtkazish masalasini kelishish. 2021-yil iyun 2021-yil iyul (tomonlar kelishuviga koʻra) Senat, Qonunchilik palatasi, TIV, Vazirlar Mahkamasi 6. EXHT PAning majlislari doirasida Oʻzbekistonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surishga qaratilgan va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan maqsadli tadbirlarni (taqdimotlar, davra suhbatlari, brifinglarni) oʻtkazish amaliyotini joriy etish. 1. EXHT PAning majlisi doirasida rejalashtirilayotgan maqsadli tadbirning yoʻnalishi/mavzusini belgilash. 2. Maqsadli tadbirni oʻtkazish masalasini belgilangan tartibda kelishish. 3. Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirning dasturi va ssenariysi, tarqatma materiallarini tayyorlash. 4. Taqdimotlar yoki bir vaqtga belgilangan tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha zarur tashkiliy masalalarni hal etish. 2021-2022-yillar oʻtkaziladigan tadbirdan bir oy avval oʻtkaziladigan tadbirdan ikki hafta avval Senat, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirliklar va idoralar 7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarini EXHT PAning umumiy qoʻmitalari va maxsus komissiyalariga kiritish maqsadga muvofiqligi masalasida umumiy nuqtai nazarni shakllantirish. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarini EXHT PAning umumiy qoʻmitalari va maxsus komissiyalariga kiritishning milliy manfaatlarga mosligi va amaliy maqsadga muvofiqligini oʻrganish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarini EXHT PAning umumiy qoʻmitalari va maxsus komissiyalariga kiritilishi ehtimoli masalasini kelishish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ?alatalari vakillarini EXHT PAning umumiy qoʻmitalari va maxsus komissiyalariga kiritish uchun arizalarni EXHT PAga yuborish. 2021-2022-yillar Senat, Qonunchilik palatasi, TIV 8. Oʻzbekistonning EXHT PA bilan keyingi kalendar yildagi oʻzaro amaliy hamkorligi rejasini tasdiqlash. 1. Oʻzbekistonning EXHT PA bilan keyingi kalendar yilga oʻzaro amaliy hamkorligi rejasini tuzish, kelishish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan Rejani tegishli vazirliklar va idoralarga ijro uchun yuborish. 3. Qabul qilingan Reja ijrosini monitoring qilish. 2021-yilning IV choragi doimiy asosda Senat, Qonunchilik palatasi 9. EXHT PAga yillik aʼzolik badali oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash. 1. EXHT PAning xalqaro kotibiyatidan rasmiy invoysni olish. 2. Aʼzolik badalini toʻlash.. har yilning I choragi Senat, Moliya vazirligi, TIV 10. EXHT PAning yozgi sessiyasida ishtirok etish (Vena/Kopengagen shahri, 2021-yil). 1. Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasining Reja-topshirigʻini tayyorlash. 2. Yozgi sessiya kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekiston yondashuvini kelishish. 3. Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqi uchun tezislarni tayyorlash va kelishish hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilishi ehtimoli boʻlgan suhbatlar uchun materiallar toʻplash. 4. EXHT PAning rezolyutsiyalari loyihalari boʻyicha ovoz berish borasida Oʻzbekistonning nuqtai nazarini koʻrib chiqish. 5. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 2021-yil may 2021-yil iyun Senat, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi 11. EXHT PAning har yilgi kuzgi sessiyasida ishtirok etish (Dublin shahri, 2021-yil). 1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining Reja-topshirigʻini tayyorlash. 2. Kuzgi sessiya kun tartibi bandlar� boʻyicha Oʻzbekistonning nuqtai nazarini kelishish. 3. Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqi uchun tezislarni tayyorlash va kelishish hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilishi ehtimoli boʻlgan suhbatlar uchun materiallar toʻplash. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi loyihasini tayyorlash. 5. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 2021-yil sentyabr 2021-yil oktyabr Senat, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi 12. EXHT PA qishki sessiyasida ishtirok etish (Vena shahri, 2022-yil, fev?a?). 1. Oʻzbekiston Respublikasi parla�ent delegatsiyasining Reja-topshirigʻini tayyorlash. 2. Qishki sessiya kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekistonning nuqtai nazarini kelishish. 3. Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqi uchun tezislarni tayyorlash va kelishish hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilishi ehtimoli boʻlgan suhbatlar uchun materiallar toʻplash. 4. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 2022-yil yanvar 2022-yil fevral Senat, Qonunchilik palatasi, TIV 13. EXHT PAning yozgi sessiyasida ishtirok etish (Birmingem shahri, 2022-yil). 1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining Reja-topshirigʻini tayyorlash. 2. Yozgi sessiya kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekiston nuqtai nazarini kelishish. 3. Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqi uchun tezislarni tayyorlash va kelishish hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilishi ehtimoli boʻlgan suhbatlar uchun materiallar toʻplash. 4. EXHT PAning rezolyutsiyalari loyihalari boʻyicha ovoz berish borasida Oʻzbekiston nuqtai nazarini koʻrib chiqish. 5. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 2022-yil may 2022-yil iyun Senat, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi 14. EXHT PAning har yilgi kuzgi sessiyasida ishtirok etish (Sofiya shahri, 2022-yil). 1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining Reja-topshirigʻini tayyorlash. 2. Kuzgi sessiya kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekiston nuqtai nazarini kelishish. 3. Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqi uchun tezislarni tayyorlash va kelishish hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilishi ehtimoli boʻlgan suhbatlar uchun materiallar toʻplash. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi loyihasini tayyorlash. 5. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish. 2022-yil avgust 2022-yil sentyabr Senat, Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi 15. EXHT PAning Xalqaro kotibiyatiga Assambleyaning missiyasi 2021-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovini kuzatishda ishtirok etishi uchun taklifnoma yuborish. 1. 2021-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovini kuzatish uchun EXHT PAning missiyasini taklif qilish masalasini kelishish. 2. EXHT PAning Xalqaro kotibiyatiga taklifnoma yuborish. 2021-yil avgust 2021-yil, sentyabr MSK, TIV 16. EXHTning ishtirokchi davlatlarida oʻtkaziladigan saylovlar/referendumlarda EXHT PAning kuzatuvchilari missiyasi tarkibida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakillari delegatsiyasini shakllantirish. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalaridan xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan saylovlarni kuzatish boʻyicha EXHT PA miss?yasi tarkibiga kiritish uchun nomzodlarni belgilash va koʻrsatish. 2. EXHT PAning kuzatuvchilari missiyasida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibini kelishish. EXHT PAdan taklif kelib tushishga qarab Senat, Qonunchilik palatasi, MSK, TIV
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-aprelda qabul qilingan 913-IV/KQ-220-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik rejasi
REJASI
t/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Ijrochilar 1. Turkiy tilli davlatlarning Parlament assambleyasiga (bundan buyon matnda — TurkPA deb yuritiladi) aʼzo boʻlish bilan bogʻliq masalalarni nihoyasiga yetkazish. 1. TurkPAga aʼzo boʻlib kirish boʻyicha yakuniy xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. 2. TurkPAga aʼzolik bilan bogʻliq hujjatlarni tayyorlash va ularni qonunchilikda belgilangan tartibda kelishish. 3. Qabul qilingan qaror yuzasidan yakuniy xabarnomani TurkPAning Kotibiyatiga yuborish. 2021-yil 15-may 2021-yil 15-avgust 2021-yil 15-sentabr Senat, Qonunchilik palatasi, TIV, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi 2. TurkPAning tadbirlarida ishtirok etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan Oliy Majlisning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi delegatsiyasini shakllantirish. 1. Oliy Majlisning doimiy delegatsiyasi tarkibi boʻyicha takliflar tayyorlash. 2. Parlament delegatsiyasi tarkibini belgilangan tartibda kelishib olish. 3. Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qoʻshma qarori bilan Oliy Majlisning doimiy delegatsiyasi tarkibini tasdiqlash. 4. Oliy Majlisning doimiy delegatsiyasi tarkibini shakllantirish yakunlari toʻgʻrisida TurkPAning Kengashini xabardor qilish. 2021-yil 1-oktabr 2021-yil 1-noyabr 2021-yil 15-noyabr Senat, Qonunchilik palatasi, TIV 3. Parlament assambleyasining 2021-yilgi ish jadvalini hisobga olgan holda TurkPAning tadbirlarida Oliy Majlis doimiy delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash. 1. Oliy Majlisning doimiy delegatsiyasi respublika manfaatlariga mos keluvchi tadbirlari roʻyxatini va uning ishtirok etish darajasini belgilash. 2. Har bir tadbirning kun tartibi boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 3. TurkPAning tadbirlarida Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal qilish. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va kiritish. 5. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish. 2021-yil 1-iyun kun tartibi loyihasining kelib tushishiga qarab, tadbirdan ikki hafta oldin tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining ishtirok etishiga qarab jadvalga muvofiq Senat, Qonunchilik palatasi, TIV 4. Oʻzbekistonda 2021-yilda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovini kuzatishda ishtirok etishi uchun TurkPAning Kotibiyatiga taklifnoma yuborish. 1. Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan Prezident saylovini kuzatish uchun TurkPAning missiyasini taklif qilish masalasini belgilangan tartibda kelishish. 2. TurkPAning Kotibiyatiga taklifnoma yuborish. 2021-yil sentyabr 2021-yil, oktyabr MSK, Senat, Qonunchilik palatasi,, TIV
