“Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisidagi 187-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-767-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (910-IV-son)
27.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 20-aprelda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisidagi 187-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-767-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-aprel,
910-IV-son
