Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash toʻgʻrisida (3303-son)
12.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3303]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-may,
6-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-may
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-may
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 12-maydagi 6-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari
NOMENKLATURASI
T/r Bazaviy mutaxassisliklar (bakalavriat bosqichi) Asosiy mutaxassisliklar (magistratura* va klinik ordinatura**) Qoʻshimcha yoki chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etadigan mutaxassisliklar*** Tibbiy (shifokorlik) mutaxassisliklar (taʼlim yoʻnalishi va shifr): I. “Davolash ishi” — 5510100 1. 1. Oilaviy shifokorlik Akusherlik va ginekologiya* (5A510101) Akusherlik va ginekologiya** Reproduktologiya Onkoginekologiya Ftizioginekologiya 2. Anesteziologiya va reanimatologiya* (5A510120) Anesteziologiya va reanimatologiya** Toksikologiya Ekstrakorporal detoksikatsiya 3. Terapiya* (5A510103) Terapiya** Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza Gastroenterologiya Oʻsmir va chaqiruv yoshidagilar kasalliklarining shifokorlik ekspertizasi Endoskopiya Xalq tabobati Kasb kasalliklari Pulmonologiya Revmatologiya Farmakologiya Klinik farmakologiya Diyetologiya Gematologiya va transfuziologiya Allergologiya va klinik immunologiya Nefrologiya gemodializ bilan Reabilitologiya (davolash fizkulturasi, kurortologiya, fizioterapiya) Davolash fizkulturasi Sport tibbiyoti 4. Kardiologiya* (5A510105) Kardiologiya** Intervension kardiologiya 5. Dermatovenerologiya* (5A510108) Dermatovenerologiya** Tibbiy kosmetologiya 6. Yuqumli kasalliklar* (5A510107) Yuqumli kasalliklar** 7. Nevrologiya* (5A510109) Nevrologiya** Tibbiy genetika 8. Patologik anatomiya* (5A510124) Patologik anatomiya** 9. Psixiatriya* (5A510111) Psixiatriya** Bolalar va oʻsmirlar psixiatriyasi Sud-psixiatriya ekspertizasi Suitsidologiya Tibbiy psixoterapiya 10. Tibbiy psixologiya* (5A510116) Tibbiy psixologiya** 11. Narkologiya* (5A510119) Narkologiya** 12. Tibbiy radiologiya* (5A510132) Tibbiy radiologiya** Intervension radiologiya Yadroviy tibbiyot 13. Neyroxirurgiya* (5A510114) Neyroxirurgiya** Intervension radiologiya 14. Umumiy onkologiya* (5A510110) Umumiy onkologiya** Kimyoterapiya Nur terapiyasi 15. Otorinolaringologiya* (5A510104) Otorinolaringologiya** Surdologiya Foniatriya 16. Oftalmologiya* (5A510106) Oftalmologiya** Onkooftalmologiya Ftiziooftalmologiya Bolalar oftalmologiyasi 17. Sud-tibbiy ekspertiza* (5A510123) Sud-tibbiy ekspertiza** 18. Travmatologiya va ortopediya* (5A510121) Travmatologiya va ortopediya** Osteonkologiya Suyak tizimi ftiziatriyasi 19. Urologiya* (5A510117) Urologiya** Andrologiya va seksopatologiya Onkourologiya Ftiziourologiya 20. Ftiziatriya** 21. Xirurgiya* (5A510123) Xirurgiya** Torakal xirurgiya Onkoxirurgiya Ftizioxirurgiya Kombustiologiya Kardioxirurgiya Qon tomirlar xirurgiyasi Plastik xirurgiya 22. Endokrinologiya* (5A510102) Endokrinologiya** Xirurgik endokrinologiya 23. Shoshilinch tibbiy yordam* (5A510125) Shoshilinch tibbiy yordam** Xirurgiya Terapiya 24. Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash* (5A510115) Valeologiya II. “Pediatriya ishi” — 5510200 25. 2. Umumiy pediatriya Pediatriya* (5A510201) Pediatriya** Bolalik davri immunoprofilaktikasi Bolalar allergologiyasi va immunologiyasi Ftiziopediatriya (bolalar ftiziatriyasi) Bolalar endokrinologiyasi Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi Bolalar nevrologiyasi Bolalar nefrologiyasi gemodializ bilan Bolalar gyematologiya-onkologiyasi Bolalar klinik immunologiyasi 26. Neonatologiya* (5A510206) Neonatologiya** 27. Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi* (5A510203) Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi** 28. Bolalar xirurgiyasi* (5A510202) Bolalar xirurgiyasi** Bolalar kardioxirurgiyasi Neonatal xirurgiya Bolalar onkoxirurgiyasi 29. Bolalar yuqumli kasalliklari* (5A510107) Bolalar yuqumli kasalliklari** 30. Bolalar va oʻsmir qizlar ginekologiyasi** III. “Tibbiy profilaktika ishi” — 5510300 31. 3. Gigiyena va epidemiologiya Sanitar-gigiyenik laboratoriya tekshiruvi Parazitar kasalliklar laboratoriya diagnostikasi Bakteriologik laboratoriya Virusologik laboratoriya Oʻta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi Radiatsion gigiyena laboratoriyasi Toksikologik laboratoriya 32. Gigiyena* (5A510301) Radiatsion gigiyena 33. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi** 34. Kommunal gigiyena** 35. Mehnat gigiyenasi** 36. Nutritsiologiya (ovqatlanish gigiyenasi)* (5A510129) Nutritsiologiya (ovqatlanish gigiyenasi)** 37. Epidemiologiya** Parazitologiya Dezinfektologiya Tibbiy entomologiya 38. Bakteriologiya 39. Virusologiya 40. Atrof muhit va inson salomatligi* (5A510302) Tibbiy ekologiya 41. Morfologiya* (5A510118) IV. “Stomatologiya” — 5510400 42. 4. Umumiy stomatologiya Stomatologiya* (5A510401) 43. Terapevtik stomatologiya** 44. Ortopedik stomatologiya** 45. Xirurgik stomatologiya (ogʻiz boʻshligʻi)** 46. Yuz-jagʻ xirurgiyasi** 47. 5. Bolalar stomatologiyasi Stomatologiya (bolalar yuz-jagʻ xirurgiyasi)* (5A510401) 48. Bolalar terapevtik stomatologiyasi** 49. Bolalar xirurgik stomatologiyasi** 50. Ortodontiya** Ortodontiya 51. Dental implantologiya** Dental implantologiya 52. Paradontologiya V. “Tibbiy biologik ish” — 5510900 53. 6. Tibbiy biologik ish Laboratoriya ishi** Klinik laboratoriya diagnostikasi 54. Bakteriologiya va virusologiya Zoologiya (biologiya) Parazitologiya (biologiya) VI. “Biotibbiyot muhandisligi” — 5313000 55. 7. Biotibbiyot muhandisligi VII. “Klinik psixologiya” 56. 8. Klinik psixologiya Sud psixologik ekspertizasi 57. Ijtimoiy tibbiyot VIII. “Xalq tabobati” — 5511100 58. 9. Xalq tabobati Invaziv yoʻnalish (teri butunligining buzilishi) Noinvaziv yoʻnalish Biologik invaziv yoʻnalish Parhez va oʻsimlik vositalarini qoʻllash
Izoh:
* Magistratura bosqichi mutaxassisliklari.
** Klinik ordinatura mutaxassisliklari.
*** Birlamchi ixtisoslashtirish boʻyicha egallanadigan mutaxassisliklar.
Mazkur Nomenklatura Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 12-maydagi 6-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 25-iyuldagi 97-son “Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2908, 2017-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 765-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 55-son “Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga qoʻshimchalar kiritish haqidagi”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2908-1, 2018-yil 28-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2908-1/2389-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2019-yil 15-martdagi 72-son “Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2908-2, 2019-yil 5-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 10/19/2908-2/2887-son).
