Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (588-4-son)
04.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 4-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 588-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 30-noyabrda 2-271/04-son va 1235/04-1-son bilan tasdiqlangan Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 588, 1999-yil 7-yanvar) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-aprel,
18-2021-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-son buyrugʻiga ILOVA
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 49-moddasining sakkizinchi qismi va Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.”.
2. 2-banddagi “tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida oʻzlarining yashash joyidagi tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga ish qidirayotgan shaxs sifatida murojaat qilsalar, markaz xodimlari bunday shaxslarga uch oylik davr ichida, agarda ular oʻttiz kalendar kundan keyin murojaat qilsalar oʻn kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
7. Agar ish qidiruvchi shaxslarga tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb eʼtirof etiladilar.”.
4. 8 va 9-bandlardagi “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi” degan soʻzlar “Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida” degan soʻzlar “tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 12-banddagi “Ish bilan taʼminlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 15-banddagi “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga” degan soʻzlar “tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 10-kunigacha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga mablagʻ oʻtkazadilar.”.
9. 18-banddagi “Ish bilan taʼminlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasidan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 19 va 20-bandlardagi “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” degan soʻzlar “Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakliga asosan muddatidan oldin pensiya olayotgan shaxslar soni va toʻlangan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda hududiy bandlik bosh boshqarmalariga, ular esa oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadilar.”.
12. 1 — 3-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1 — 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
“Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
