21-modda. Tibbiyot xodimlarining hamda boshqa mutaxassislarning psixiatriya yordami koʻrsatish chogʻidagi huquq va majburiyatlari
Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (O‘RQ-690-son) · Sana: 12.05.2021 · Amalda
Ruhiy holatning buzilishi tashxisini qoʻyish faqat shifokor-psixiatr tomonidan amalga oshiriladi.
Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya yordami koʻrsatish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoxud bu masalani koʻrib chiqish uchun xulosa berish faqat shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarining va boshqa mutaxassislarning faoliyati kasbga oid odob-axloqqa asoslanadi hamda qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Boshqa ixtisoslikdagi shifokorning shaxsning ruhiy sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi xulosasi dastlabki xususiyatga ega boʻladi hamda shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini cheklash toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun, shuningdek ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan kafolatlarni unga berish uchun asos boʻlmaydi.
