“Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilikni taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2019-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (SQ-280-IV-son)
23.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 25-mart kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilikni taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2019-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilikni taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2019-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 23-aprel,
SQ-280-IV-son
