“Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga doir choralar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-282-IV-son)
24.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 23-aprel kuni qabul qilingan “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga doir choralar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga doir choralar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 24-aprel,
SQ-282-IV-son
