Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning va tabiiy meros obyektlarining qoʻriqlanma zonalarini belgilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (282-son)
05.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ekologik turizmni rivojlantirish, kamyob hamda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimliklar va hayvonlarning turlarini saqlab qolish va koʻpaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 27-maydagi 332-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm hamda Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining Zomin davlat qoʻriqxonasi (4 016,4 ga), Nurota davlat qoʻriqxonasi (20 312,87 ga), Qizilqum davlat qoʻriqxonasi (3 104 ga), Surxon davlat qoʻriqxonasiga (16 691 ga) tutash hududlarida ularning qoʻriqlanma zonasini tashkil qilish, shuningdek, Surxon davlat qoʻriqxonasi hududida joylashgan (395,6 ga) “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyektini qoʻriqxona hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Zomin davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi maydoni 1-ilovaga muvofiq;
Nurota davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi maydoni 2-ilovaga muvofiq;
Qizilqum davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi maydoni 3-ilovaga muvofiq;
Surxon davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi maydoni 4-ilovaga muvofiq;
Surxon davlat qoʻriqxonasi hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkazilayotgan “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyekti maydoni 4a-ilovaga muvofiq;
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning va tabiiy meros obyektlarining qoʻriqlanma zonalari toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
qoʻriqxonalarning qoʻriqlanma zonasidagi yerlar ushbu zonalarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi;
Surxon davlat qoʻriqxonasi hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkaziladigan “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyekti ushbu qoʻriqxonaning doimiy foydalanishida qoldiriladi.
4. Davlat ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda Hisor, Zomin, Qizilqum, Surxon va Nurota davlat qoʻriqxonalarining qoʻriqlanma zonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2021-yil yakuniga qadar Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda hududlaridagi mavjud buyurtma qoʻriqxonalar va tabiat yodgorliklarining qoʻriqlanma zonalarini belgilasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar:
Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyektida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qoʻriqxonalarning qoʻriqlanma zonalarida ziyorat va ekologik turizmni tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani yaratishga investorlar va grantlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A.I. Maqsudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-may,
282-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga 1-ILOVA
Zomin davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
MAYDONI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga 2-ILOVA
“Nurota” davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
MAYDONI
gektarT/pYer egalari va yerdan foydalanuvchilarLalmi yerlarYaylovlarSiyrak oʻrmon bilan qoplangan yerlarToshli yaylovlarToshloq yerlarButazorlar oʻsgan yaylovlarToshli butazorlarDaryo va soylarAriq, kanallar va jilgʻalarJarliklarYoʻllarSoʻqmoq yoʻllarBoshqa yoʻllarJami yer maydoniJizzax viloyati Forish tumani1.Forish davlat oʻrmon xoʻjaligi 397385181281151035 5,5 1,512212.Zaxira yerlar 802,2406204541271076.5 6,5 11714,2Navoiy viloyati Nurota tumani3.“Nurota qorakoʻl naslchilik” MCHJ 90 4084,29 20,58 4194,87Samarkand viloyati Qoʻshrabot tumani4.Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish koʻmitasi 1264,59 2835 18 279,31624,895.Fozilmon oʻrmon xoʻjaligi 1600,5 2,949,3 1652,76.“Abdurahmon bobo tarang tulporlari” f/x15,51239,5 0,7 0,6 0,61256,97.Quvkalla hoji bobo maxsum” f/x15,7395,7 12,7424,18.“Qora bayir saxovati” f/x 150 1509.“Pangat togʻ giyohlari” MCHJ 1765 4176910.“Pangat qizil olma bogʻi” MCHJ 570 57011.“Pangat qizil olma chorvasi” MCHJ 440 44012.“Qizil olma chorvadorlik” MCHJ 125 12513.“Quvkalla baland bogʻlari” MCHJ 85 85Samarqand viloyati Payariq tumani14.Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi 1888,142,9 21,2 5,3 1917,54Jami31,28924,497916357,4384,9242212,9130,5835,71218,65,3299,117145,2
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga 3-ILOVA
Qizilqum davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
MAYDONI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga 4-ILOVA
“Surxon” davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
MAYDONI
gektarT/pYer egalari,yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarShudgorQilinadigan yerlarBogʻlarUzum-zorlarLalmi boʻz yerlarOʻtloq va yaylovlarTomorqa yerlarOʻrmonlarOʻrmonnihol xonalariDaryo va soyliklarAriqlar, kanallar zovurlarYoʻllarQurilish-lar, koʻchalar va maydonlarBoshqa yerlarJami yer maydoniSugʻori ladigan yerlarLalmi yerlar 1.Qiziriq davlat oʻrmon xoʻjaligi yerlari 4327 1338 19916072.Sherobod tumanidagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga qarashli yerlardan (Davlon, Tangidevol va Zarvus tabiiy maskanlari), Xatak massivi 418,7 1701,5 3 6,70,262,22192,303.Kuhitang massividagi “Xomkon-Sherobod-Taraqqiyot” fermer xoʻjaligi yerlaridan)2,8 6,194210,986,8 35,50,113,28,1844,910419,404.“Qoʻrchiq Sherobod” f/x 59,7 358,8 1,91,50,92,60,79435,205.“Chinorsoy baraka” f/x 5,6 188,8 0,8 0,7 2,5198,406.“Pariqov Kamoliddin” f/x 57,2 0,2 0,1 57,507.“Zavqiddin Mansur” f/x 90,3 1 0,6 91,908.“Toshtemir Sanjar Sherzod” f/x 1,9 98,8 13,2 0,2 114,109.“Ibragimov Xurshid Ermuhammad” f/x 1,3 116,9 0,2 0,5 118,90
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga 4a-ILOVA
Surxon davlat qoʻriqxonasi hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkazilayotgan “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyekti
MAYDONI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 282-son qaroriga 5-ILOVA
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning va tabiiy meros obyektlarining qoʻriqlanma zonalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari (keyingi oʻrinlarda — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar)ning qoʻriqlanma zonalarini belgilash hamda rejimini oʻrnatish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Buyurtma qoʻriqxonalar, tabiiy pitomniklarda kurort tabiiy hududlarda, rekreatsiya zonalarida, suvni muhofaza qilish zonalarida belgilangan rejim ular hududida joylashgan tabiiy meros obyektini saqlab qolishni taʼminlamasa, tabiiy meros obyekti hududiga tutashgan yer maydonida ushbu Nizomga muvofiq qoʻriqlanma zonalari belgilanadi.
2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bilan chegaradosh hududlar, shu jumladan, ularning hududiy qismlari oraligʻida joylashgan hududlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari hisoblanadi.
Umumdavlat ahamiyatiga molik boʻlgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida belgilanadi.
Muqaddam tashkil etilgan, lekin tashkil etish davrida qoʻriqlanma zonalari belgilanmagan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qoʻriqxonalaridan tashqari) qoʻriqlanma zonalarining oʻlchamlari va rejimi, shuningdek, yer uchastkalarini saqlash vazifasi maxsus vakolatli davlat organlarining yoki mazkur hududlar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslarning taqdimnomasiga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Qoʻriqlanma zonalarning belgilanishi bilan bogʻliq xarajatlar mazkur hududlar qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoplanadi.
3. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud qoʻriqlanma zonasining oʻlchamlari, chegaralari va rejimi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.
Qoʻriqlanma zonasining oʻlchamlari va uning chegaralari davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga asosan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tabiiy obyektlari va majmualarini muhofaza qilish maqsadida umumdavlat ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari chegaralari Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari chegaralari mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.
4. Qoʻriqlanma zona hududidagi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer maydonlaridan foydalanishda qoʻriqlanma zona rejimiga rioya etishlari shart.
Qoʻriqlanma zonada joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari olib qoʻyilmaydi. Bunda yuridik yoki jismoniy shaxslar qoʻriqlanma zonaning rejimini muntazam buzsa, maʼmuriy javobgarlikka tortilsa va ushbu shaxslarga nisbatan boshqa huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilganda, ularning muddatli yoki doimiy foydalanishdagi yer uchastkalari yoxud ularning bir qismi belgilangan tartibda olib qoʻyilishi mumkin.
5. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud qoʻriqlanma zonasida yer egalari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoki oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan quyidagilar taʼminlanadi:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tabiiy obyektlari va majmualariga har qanday salbiy taʼsirning oldini olish va kamaytirish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududning alohida qismlari oʻrtasidagi aloqani taʼminlash orqali hayvonlarning yashash sharoitlari va migratsiyasini yaxshilash, ularni muhofaza qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududda yetarli samaraga erishilmagan holatlarda ularning sonini koʻpaytirish va tiklash;
muhofaza etiladigan tabiiy hududda muhofaza ostiga olingan oʻsimlik va hayvon turlari uchun tegishli biotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish, muhofaza qilish, qayta tiklash, boshqa tabiiy obyektlardan barqaror foydalanish hamda ularni sanoqdan oʻtkazishning eng oqilona usullarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish;
antropogen taʼsir doirasidagi hududlardan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishda muhofaza etiladigan tabiiy hudud tabiiy obyektlari va majmualarini saqlash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan, boshqariladigan ekologik turizmni amalga oshirish.
6. Ushbu Nizom asosida har bir muhofaza etiladigan tabiiy hududning toifasi, turi va uning qoʻriqlanma zonasiga oʻrnatiladigan rejimning xususiyatlariga muvofiq ravishda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qoʻriqlanma zonasi toʻgʻrisidagi nizom mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hudud qaysi davlat organi yoki yuridik va jismoniy shaxslar tarkibida boʻlsa, shu davlat organi yoki yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2-bob. Qoʻriqlanma zona rejimi
7. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
ekologik tizimlar barqarorligining buzilishi va tabiiy landshaftlar koʻrinishining oʻzgartirilishiga olib keladigan ishlarni amalga oshirish;
oqova va chiqindi suvlarni tashlash uchun relyefning past joylaridan foydalanish;
oʻta xavfli kimyoviy va biologik moddalarni qoʻllash, atrof muhitga zararli fizik taʼsir koʻrsatuvchi harakatlarni amalga oshirish;
iqlimlashtirish maqsadida oʻsimlik va hayvonlarning turlari hamda kenja turlarini joylashtirish;
sanoat usulida qayta ishlash maqsadida dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklar xomashyolarini tayyorlash;
qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻsimliklarni himoya qilish maqsadida kimyoviy zaharli vosita (pestitsid)larni qoʻllash;
ilmiy maqsadlardan tashqari hayvonlarni ovlash, daraxt va butalarni kesish;
daryo va soylarning gidrologik rejimini oʻzgartirish;
oʻsimliklar va landshaft qoplamini oʻzgartirish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy obyektlari va majmualariga salbiy taʼsir qiluvchi sanoat obyektlarining faoliyat yuritishi, ularni qurish, qayta taʼmirlash;
portlatish yoʻli bilan geologik-qidiruv ishlarini olib borish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy obyektlari va majmualariga salbiy taʼsir qiluvchi foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini amalga oshirish;
ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini, shuningdek, radioaktiv materiallarni saqlash va koʻmish.
8. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning qoʻriqlanma zonasidagi tabiiy obyektlar va majmualarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga asosan cheklanishi mumkin.
Cheklashlar quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
qoʻriqlanma zonada joylashgan tabiiy obyektlardan foydalanishda atrof muhitga chiqindi yoki ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishiga sabab boʻladigan faoliyat turlariga vaqtincha taqiq oʻrnatish (kalendar yilning maʼlum bir vaqti, mavsumi yoki davri uchun);
ayrim faoliyat turlarining tabiiy resurslardan foydalanish hajmlari belgilanmagan hollarda foydalanish hajmlarini belgilash, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida yoki vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan meʼyorlarga nisbatan kamroq hajmlarda foydalanish tartibini oʻrnatish.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar yoki mazkur hududning boshqaruv organi bilan kelishgan holda ayrim faoliyat turlariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga asosan ruxsat etilishi mumkin.
9. Tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob oʻsimliklarni va davlat tabiat yodgorliklarini asrash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarida uning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan faoliyatni cheklash yoki taqiqlash uchun yer uchastkalarini saqlash vazifasi belgilanadi. Yer uchastkalarini saqlash mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi.
10. Qoʻriqlanma zonada cheklangan va taqiqlangan xoʻjalik yoki boshqa turdagi faoliyatlar roʻyxati muhofaza etiladigan tabiiy hududning qoʻriqlanma zonasiga kirish joylarida oʻrnatiladigan maʼlumotlar taxtasida yozib qoʻyiladi.
11. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonasi hududida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni oʻtlatish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan meʼyorlarga qatʼiy rioya qilgan holda davlat oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon biletlariga muvofiq, aholi punktlari va zaxira yerlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hududiy boʻlinmalarining ruxsatnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Qoʻriqlanma zonaning oʻlchamlari, chegaralari va rejimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, cheklangan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat turlarining roʻyxati muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportiga kiritiladi.
13. Ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalariga muvofiq amalga oshiriladi. Zarur hollarda boshqaruv rejalari loyihalari yerdan foydalanuvchilar, yer egalari va ijarachilar bilan kelishiladi.
Qoʻriqlanma zona hududida biotexnik tadbirlarning oʻtkazilishi muhofaza etiladigan tabiiy hudud, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
14. Qoʻriqlanma zona hududida sayyohlik va ekskursiya qatnov yoʻnalishlari (ekosoʻqmoqlar), toʻxtash joylari, koʻrgazma maydonchalari, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan volyerlar tashkil qilish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududning faoliyatini, tabiatni muhofaza qilish va boshqa masalalarni targʻib etish uchun maxsus maydonlar ajratilishi mumkin.
Sayyohlar toʻxtash joylari, chodirlar oʻrnatish, avtotransport vositalarini joylashtirish, gulxan yoqish va shu kabilar faqat maxsus ajratilgan joylarda amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Qoʻriqlanma zonaning rejimi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlash xodimlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari hamda oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon qoʻriqchilari tomonidan taʼminlanadi.
16. Qoʻriqlanma zona rejimining taʼminlanishi boʻyicha nazorat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qoʻriqlash xodimlari, shuningdek, oʻrmon fondi yerlaridagi oʻrmonlarni muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Qoʻriqlanma zonasi rejimi buzilishida aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Qoʻriqlanma zonasi rejimining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar aybdorlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda qoplanishi lozim.
