“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida (285-son)
06.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
2. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining buyurtmasiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
4. “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-may,
285-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 285-son qaroriga1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimiz oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oʻrmonlarni muhofaza qilish, saqlash va koʻpaytirish, ulardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanayotgan hamda atrof muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
4. Davlat organlari va hududiy tashkilotlar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) har yili 1-fevralga qadar taqdim etadi.
Nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida maʼlumotnoma, uning soʻnggi uch yil davomida oʻrmonchilik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma taqdim etiladi.
5. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisi tomonidan 5 nafardan iborat tarkibda komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
6. Komissiya tarkibi va Komissiya toʻgʻrisidagi nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Komissiya yigʻilishida nomzodlarning tegishli hujjatlari oʻrganilib, har yili 1-martga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
8. Komissiya xulosasi asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 10-martga qadar chiqariladi.
9. Koʻkrak nishoni har yili 21-mart — Xalqaro oʻrmonchilar kuni arafasida Qoʻmita raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
10. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalari beriladi.
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
11. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Qoʻmita raisining buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Qoʻmitaning Internet axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
13. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
14. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Qoʻmita ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomgaILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Davlat organlari va hududiy tashkilotlar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar Koʻkrak nisho�i bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga taqdim etadi. Har yili 1-fevralga qadar 2-bosqich Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosani qabul qiladi. Har yili 1-martga qadar 3-bosqich Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining buyrugʻini chiqaradi. Har yili 10-martga qadar 4-bosqich Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi. Har yili 21-mart — Xalqaro oʻrmonchilar kuni arafasida
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 285-son qaroriga2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining markazida, balandlik uzra nur taratib turgan quyosh fonida koʻp yillik oʻrmon daraxti va yashil dala, uning quyi qismida yaylov tasviri aks ettirilgan.
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan doira ichida yashil rangli emal fonida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRMON XOʻJALIGI FIDOYISI” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida sakkiz burchakli yulduz tasvirlangan.
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida besh qatorda harflarning balandligi 2,2 millimetr boʻlgan “SONADAGI KOʻP YILLIK FIDOKORONA MENNATLARI UCNUN” soʻzlari yozilgan.
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrt burchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
Qadagʻich eni 22 millimetrli yashil rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning har ikki tarafidan eni 2 millimetrli oq rangdagi yoʻllar tushirilgan.
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi”koʻkrak nishoni
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 285-son qaroriga3-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “OʻRMON XOʻJALIGI FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Yozuvlar toʻq yashil rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda, 15 millimetrli chiziq va “-sonli guvohnoma” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi joylashgan.
Undan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon”, ikkinchi satrda “xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “OʻRMON XOʻJALIGI FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “RAIS” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni
GUVOHNOMASI
