Hukumatning “Oʻzfarmsanoat” konserni boʻyicha baʼzi qarorlarini oʻzgartirish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (300-son)
17.06.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil qilish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 17-iyundagi 290-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 11-noyabrdagi 542-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 17-iyun,
300-son
