Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash “Umid” jamgʻarmasi homiylarini soliqlardan ozod qilish toʻgʻrisida (328-son)
27.06.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash “Umid” jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-yanvardagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash “Umid” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasining xayriya jamgʻarmalari sirasiga kiritilsin.
2. Belgilansinki, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek jismoniy shaxslarning “Umid” jamgʻarmasi dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlari foyda (daromad)ga soliq solish bazasidan chiqarib tashlanadi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 27-iyun,
328-son
