Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlariga oʻrtacha normativlar belgilash toʻfrisida” 1996-yil 14-maydagi 176-son qarorini qisman oʻzgartirish haqida (284-son)
06.06.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, normativdan ortiqcha qoldiqlar hajmini qisqartirish va statistik axborotlarning ishonchliligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalarning tayyor mahsulotlar qoldiqlarining texnologik sikllar xususiyatlarini va oluvchilarning, buyurtmalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan normativlarini belgilash toʻgʻrisidagi takliflari ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. Vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning rahbarlari:
tayyor mahsulotlar qoldiqlarining tegishli oʻrtacha normativlarini korxonalarga uch kun muddatda yetkazsinlar;
haqiqiy qoldiqlarning normativdagidan oshib ketishiga yoʻl qoʻymasinlar;
korxonalar omboridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlarini ularning tarkibi, likvidligi va narx omillarini hisobga olgan holda kamaytirishga doir ishlarni doimiy amalga oshirsinlar, qoldiqlarning vujudga kelishi sabablarini tahlil qilsinlar, normativdagidan ortiqcha qoldiqlarni qisqartirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga tegishli takliflar kiritsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining tegishli Kotibiyatlariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 6-iyun,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 284-son qaroriga ILOVA
Sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlarining
OʻRTAChA NORMATIVLARI
Eslatmalar:
1. Sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlarining oʻrtacha normativlari savdo tashkilotlaridagi tovarlar qoldiqlariga tatbiq etilmaydi.
2. Paxta tolasi, don, goʻsht, oʻsimlik yogʻi, meva-sabzavot konservalari qoldiqlari boʻyicha oʻrtacha normativlar belgilanmaydi.
