“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida (SQ-201-IV-son)
19.12.2020
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabr kuni qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 19-dekabr,
SQ-201-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 19-dekabrdagi SQ-201-IV-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
