2021-yildan amalga kiritiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (256-son)
29.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yuklatilgan vazifalarning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2021-yildan amalga kiritiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “2020-yil uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 28-fevraldagi 114-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-aprel,
256-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 256-son qaroriga ILOVA
2021-yildan amalga kiritiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi
MIQDORLARI
