2021-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida (PQ-5094-son)
28.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini taʼminlash boʻyicha yangi taʼsirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2021-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) maʼqullansin:
a) 2021-yilda 457 127 ta doimiy yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari, shu jumladan:
2021-yilda doimiy yangi ish oʻrinlarini tashkil etishning yigʻma prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2021-yilda tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlarining prognoz koʻrsatkichlari 1.1-ilovaga muvofiq;
2021-yilda hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi kichik korxona, mikrofirmalar tashkil etish hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlarining prognoz koʻrsatkichlari 1.2-ilovaga muvofiq;
2021-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlarining prognoz koʻrsatkichlari 1.3-ilovaga muvofiq;
b) 2021-yilda mehnat organlari tomonidan 513 575 nafar fuqaro bandligiga koʻmaklashish va ish beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning prognoz koʻrsatkichlari, shu jumladan:
2021-yilda aholi bandligiga koʻmaklashish va ish beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning umumiy prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2021-yilda ishsizlarni boʻsh va zaxira ish oʻrinlariga ishga joylashtirish prognoz koʻrsatkichlari 2.1-ilovaga muvofiq.
2. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2021-yilda aholi bandligiga koʻmaklashish uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya, nafaqalar va mikrokreditlar ajratish prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
subsidiyalar ajratish uchun — 92,3 mlrd soʻm;
ishsizlik nafaqalari toʻlab berish uchun — 65,1 mlrd soʻm;
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xarajatlarini qoplash uchun — 40,6 mlrd soʻm;
yangi ish oʻrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar uchun — 125 mlrd soʻm.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda:
Davlat dasturi doirasidagi prognoz koʻrsatkichlarini tuman (shahar)lar va sektorlar boʻyicha oylar va choraklar kesimida ishlab chiqib, ularning xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlarida muhokamadan oʻtkazilishini;
Davlat dasturi doirasidagi 2021-yilga moʻljallangan loyihalarning tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, hududiy mutasaddi tashkilot va idoralar tomonidan tasdiqlanishini;
2021-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi hududiy (manzilli) dastur toʻgʻrisida qaror qabul qilinishini taʼminlasin.
4. Davlat dasturini oʻz vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan quyidagi idoralar rahbarlari tegishli yoʻnalishlar boʻyicha masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin:
Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.V. Voitov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) — tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va 34 881 ta ish oʻrni yaratishga;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (O.B. Rustamov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxoʻjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari — hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va 206 098 ta ish oʻrni yaratishga;
Bosh vazir oʻrinbosari B.M. Musayev, Maktabgacha taʼlim vazirligi (A.V. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh.X. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshqulov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari — ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirish va 6 641 ta ish oʻrni yaratishga;
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxoʻjayev), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari — yuridik shaxs tashkil etgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga ish oʻrinlarini tashkil etish va 121 038 ta ish oʻrni yaratishga;
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), Davlat xizmatlari agentligi (U.I. Muhammadiyev), Moliya vazirligi (D.Sh. Sultonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari — yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkorlikni, shu jumladan hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga ish oʻrinlarini tashkil etish va 88 469 ta ish oʻrni yaratishga;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Husanov) — mehnat organlari tomonidan 513 575 nafar fuqaro bandligiga koʻmaklashishga;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Husanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxoʻjayev) — masʼul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Davlat dasturi oʻz vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirishga.
Davlat dasturi yuzasidan ushbu bandda koʻrsatilgan masʼul vazirlik, idora hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har oy yakuniga koʻra keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar tegishli maʼlumotlarni umumlashtirish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etib borsin.
5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin. Bunda, quyidagilar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida aks ettiriladi:
mehnat staji uchun ijtimoiy soliq toʻlagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har oy yakuni boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar;
tashkil etilgan ish oʻrnida band boʻlgan jismoniy shaxslardan (yakka tartibdagi tadbirkorlardan) olinadigan daromad soligʻi yoki ijtimoiy soliq hamda norasmiy faoliyat koʻrsatayotgan yashirin ish oʻrinlarini rasmiylashtirish, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har oy yakuniga qadar;
yuridik shaxslar tomonidan yangi tashkil etilgan va qisqartirilgan ish oʻrinlari soni toʻgʻrisidagi oylik, choraklik, yillik maʼlumotlar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari) hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har oy yakuni boʻyicha:
Davlat dasturi ijrosi yuzasidan umumlashgan tahliliy maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin;
Davlat dasturi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida hisobot berib borsin.
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda (keyingi oʻrinlarda — vaqtincha ishlar) band boʻlgan fuqarolarning mehnat faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha quyidagilardan iborat yangi tizimni yaratish haqidagi taklifi maʼqullansin:
vaqtincha ishlarda band boʻlgan fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamini kengaytirish, shu jumladan ularga vaqtincha ish joylari va ish beruvchilarni qidirishda koʻmaklashish, oʻzini oʻzi band qilib ishlash uchun zarur sharoitlar yaratib berish;
ish beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha ishlarda band boʻlgan fuqarolarni yollash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish masalalari boʻyicha maslahat va uslubiy yordam berish;
vaqtincha ishlarda band boʻlgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish, ularga mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlar bilan taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish;
“barcha uchun ish” tamoyili asosida vaqtincha ishlarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ish beruvchilar va ishlovchilarga masofadan turib xizmatlar koʻrsatishni keng joriy etish;
vaqtincha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish jarayonlariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish, bunda ish izlovchilarni yotoqxona va transport bilan taʼminlash, tezkor buyurtmalar olish va boshqa qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.
7. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari huzurida faoliyat yuritayotgan vaqtincha bir martalik ish bilan taʼminlash byurolari Kunlik mehnat markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) sifatida qayta tashkil etilsin hamda quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ish izlovchilarni roʻyxatga olish, ular toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yuritish, ish beruvchi jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolarni vaqtincha ishlarga yollash boʻyicha buyurtmalar olish;
vaqtincha ishlarni bajaruvchi shaxslarning oʻzini oʻzi band qilgan sifatida roʻyxatdan oʻtishi va elektron (qogʻoz) shakldagi maʼlumotnoma olishiga shart-sharoit yaratish;
ish izlovchilarni korxona va tashkilotlardagi boʻsh (vakant) ish oʻrinlari bilan muntazam tanishtirib borish hamda doimiy ishga joylashishlariga koʻmaklashish;
vaqtincha ishlar bilan shugʻullanuvchi shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish, kasbga tayyorlash (qayta tayyorlash va malakasini oshirish)ni tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
manfaatdor ish beruvchilar va ish izlovchilar ishtirokida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil qilish;
vaqtincha ishlar bilan shugʻullanuvchi shaxslarga mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarni ijaraga berish.
8. Belgilansinki:
Markazda vaqtincha ishlarni bajaruvchi shaxslarga ularning doimiy yashash joyidan qatʼi nazar (eksterritoriallik tamoyili boʻyicha), ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan holda bandlik xizmatlari koʻrsatiladi;
Markazda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori tomonidan tayinlanadigan ishga joylashtirish mutaxassislari faoliyat yuritadi;
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktorining oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida ushbu hududdagi Markazning rahbari hisoblanadi;
jamoat tartibini saqlash uchun Markazga tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimining masʼul xodimi doimiy ravishda biriktiriladi;
Markaz xodimlarining va unga doimiy ravishda biriktirilgan tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimining masʼul xodimi mehnatiga haq toʻlash tegishli ravishda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamda ichki ishlar boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda olti oy muddatda “barcha uchun ish” tamoyili asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydonini ishga tushirsin:
ishsizlar, ayniqsa, ayollar, yoshlar, talabalar, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ishlar, masofadan turib bajariladigan ishlar, uyda bajariladigan ishlar, kasanachilik ishlari, frilanserlik faoliyati, ish grafiklari, talab etiladigan malaka darajasi, ish haqi miqdori va boshqalarni aks ettirish;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari) hamda ularga ehtiyoji bor boʻlgan ish beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari)ni reklama qilish;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va ularning xizmatiga ehtiyoji bor ish beruvchilar oʻrtasida kunlik va uzoq muddatli oferta shartnomasi tuzish.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
“Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydonini ishga tushirishni moliyalashtirish Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
vaqtincha bir martalik ishlar toʻgʻrisidagi kunlik maʼlumotlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyat turlari (xizmatlari, ishlari) toʻgʻrisidagi eʼlonlar “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn maydoni orqali bepul taqdim etib boriladi;
xususiy bandlik agentliklariga kunlik ishlar haqidagi axborotni va ish izlovchilarning rezyumelarini eʼlon qilish uchun “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn-maydonida shaxsiy kabinet ochishiga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ruxsat beriladi;
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari huzurida ehtiyojdan kelib chiqib, filial shaklida Markazlarni tashkil etish, Markaz toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash hamda shtat birliklari ajratish mehnat bozorining konyunkturasi va kunlik ishlarga boʻlgan talabdan kelib chiqqan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Markazlarni tashkil etish, saqlash va moddiy-texnik taʼminlash xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, ularda videokuzatuv va ogohlantiruvchi aloqa tizimlarini oʻrnatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band boʻlgan fuqarolarning mehnatfaoliyatini tartibga solish hamda Kunlik mehnat markazlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori qabul qilinishini taʼminlasin.
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
2021-yil 1-iyulga qadar yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha hisobotlarni yuritish, ularni real vaqt rejimida Davlat soliq qoʻmitasining yagona integratsiyalashgan axborot resurs bazasi bilan monitoring qilishga moʻljallangan elektron dastur ishlab chiqilishini;
uch oy muddatda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini, jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bilan belgilangan ish oʻrinlarining eng kam soni va ish beruvchilar tomonidan ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida aks ettirilishini;
ikki oy muddatda nogironligi boʻlgan shaxslar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun bandlik sohasida interaktiv xizmatlar doirasi kengaytirilishini taʼminlasin.
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Husanov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-dekabrga qadar axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-aprel,
PQ-5094-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son qaroriga 1-ILOVA
2021-yilda doimiy yangi ish oʻrinlarini tashkil etishning yigʻma prognoz koʻrsatkichlari
(ish oʻrni) T/r Koʻrsatkichlar Respublika boʻyicha shu jumladan, hududlar kesimida (masʼullar — tegishli hudud rahbarlarining oʻrinbosarlari): Qoraqalpogʻiston Respublikasi (masʼul — N. Yerlepesov) Andijon viloyati (masʼul — O. Tursunov) Buxoro viloyati (masʼul — N. Xolmurodov) Jizzax viloyati (masʼul — A. Mustanov) Qashqadaryo viloyati (masʼul — B. Yusupov) Navoiy viloyati (masʼul — O. Hasanov) Namangan viloyati (masʼul — T. Yusupov) Samarqand viloyati (masʼul — J. Urakov) Surxondaryo viloyati (masʼul — F. Mamanov) Sirdaryo viloyati (masʼul — A. Karimov) Toshkent viloyati (masʼul — M. Fayziyev) Fargʻona viloyati (masʼul — A. Oʻrinboyev) Xorazm viloyati (masʼul — K. Igambergenov) Toshkent shahri (masʼul — X. Shakirov) Jami yangi ish oʻrinlarini tashkil etish 457 127 22 041 43 239 29 568 18 181 28 045 17 697 49 853 35 969 29 896 15 687 42 814 39 615 24 766 59 758 shu jumladan: I. Investitsiya loyihalari va ijtimoiy infratuzilma hisobiga 247 620 11 136 27 909 15 282 10 183 10 595 11 093 34 684 18 465 17 320 8 820 24 068 22 685 10 701 24 681 1. Tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish 34 881 254 7 987 1 910 1 016 1 267 2 983 2 682 908 1 872 1 840 4 906 2 550 785 3 921 2. Hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish 206 098 10 591 19 481 12 966 8 631 8 648 7 944 31 503 16 681 14 856 6 520 18 576 19 463 9 803 20 435 3. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 6 641 291 441 406 536 680 166 499 876 592 460 586 672 113 325 II. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 209 507 10 905 15 330 14 286 7 998 17 450 6 604 15 169 17 504 12 576 6 867 18 746 16 930 14 065 35 077 1. Yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish hisobiga 121 038 6 040 8 000 9 000 3 856 10 027 4 500 6 500 8 300 7 000 3 950 10 500 8 500 7 300 27 565 2. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni, shu jumladan hunarmandchilikni rivojlantirish 88 469 4 865 7 330 5 286 4 142 7 423 2 104 8 669 9 204 5 576 2 917 8 246 8 430 6 765 7 512
* 2021-yil davomida prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son qaroriga 1.1-ILOVA
2021-yilda tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlarining prognoz koʻrsatkichlari
(ish oʻrni) T/r Koʻrsatkichlar Respublika boʻyicha shu jumladan hududlar kesimida: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Andijon Buxoro Jizzax Qashqadaryo Navoiy Namangan Samarqand Surxondaryo Sirdaryo Toshkent Fargʻona Xorazm Toshkent shahri Tashkil etiladigan ish oʻrinlari, jami 41 522 545 8 428 2 316 1 552 1 947 3 149 3 181 1 784 2 464 2 300 5 492 3 222 898 4 246 shu jumladan: 1. Tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish 34 881 254 7 987 1 910 1 016 1 267 2 983 2 682 908 1 872 1 840 4 906 2 550 785 3 921 2. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 6 641 291 441 406 536 680 166 499 876 592 460 586 672 113 325 shundan: sogʻliqni saqlash 148 17 40 30 13 10 13 5 20 maktabgacha taʼlim 3 711 266 282 395 262 414 141 185 600 167 282 311 310 98 0 xalq taʼlimi 1 480 90 175 115 290 105 160 140 205 90 110 oliy taʼlim 1 302 8 29 11 69 138 25 14 171 252 33 70 272 15 195
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son qaroriga 1.2-ILOVA
2021-yilda hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi kichik korxona, mikrofirmalar tashkil etish hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlarining prognoz koʻrsatkichlari
(ish oʻrni) T/r Hududlar nomi Jami shu jumladan: Hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish shundan yoʻnalishlar boʻyicha: Yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish Sanoat Qishloq xoʻjaligi Xizmat koʻrsatish va boshqalar Respublika boʻyicha 327 136 206 098 107 418 43 840 54 840 121 038 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 16 631 10 591 4 459 4 404 1 728 6 040 2. Andijon viloyati 27 481 19 481 7 911 7 017 4 553 8 000 3. Buxoro viloyati 21 966 12 966 6 694 5 203 1 069 9 000 4. Jizzax viloyati 12 487 8 631 4 724 2 278 1 629 3 856 5. Qashqadaryo viloyati 18 675 8 648 3 342 2 764 2 542 10 027 6. Navoiy viloyati 12 444 7 944 4 116 1 855 1 973 4 500 7. Namangan viloyati 38 003 31 503 23 101 3 058 5 344 6 500 8. Samarqand viloyati 24 981 16 681 6 657 3 158 6 866 8 300 9. Surxondaryo viloyati 21 856 14 856 8 607 3 252 2 997 7 000 10. Sirdaryo viloyati 10 470 6 520 4 313 1 556 651 3 950 11. Toshkent viloyati 29 076 18 576 8 686 5 583 4 307 10 500 12. Fargʻona viloyati 27 963 19 463 11 063 3 221 5 179 8 500 13. Xorazm viloyati 17 103 9 803 8 917 491 395 7 300 14. Toshkent shahri 48 000 20 435 4 828 0 15 607 27 565
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-5094-son qaroriga 1.3-ILOVA
2021-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlarining prognoz koʻrsatkichlari
(ish oʻrni) T/r Hududlar nomi Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish shundan: Yangi yakka tartibdagi tadbirkorlikni tashkil etish shundan: Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan jalb etiladigan yollanma ishchilar Hunarmandchilikni rivojlantirish Jami 88 469 81 184 10 663 7 285 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 865 4 511 413 354 2. Andijon viloyati 7 330 7 150 1 500 180 3. Buxoro viloyati 5 286 4 710 763 576 4. Jizzax viloyati 4 142 4 059 399 83 5. Qashqadaryo viloyati 7 423 6 775 775 648 6. Navoiy viloyati 2 104 1 995 760 109 7. Namangan viloyati 8 669 8 567 810 102 8. Samarqand viloyati 9 204 8 057 394 1 147 9. Surxondaryo viloyati 5 576 5 382 683 194 10. Sirdaryo viloyati 2 917 2 886 242 31 11. Toshkent viloyati 8 246 7 018 560 1 228 12. Fargʻona viloyati 8 430 8 120 2 420 310 13. Xorazm viloyati 6 765 5 834 154 931 14. Toshkent shahri 7 512 6 120 790 1 392
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son qaroriga 2-ILOVA
2021-yilda aholi bandligiga koʻmaklashish va ish beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning umumiy prognoz koʻrsatkichlari
(kishi) T/r Koʻrsatkichlar Respublika boʻyicha shu jumladan, hududlar boʻyicha: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Andijon Buxoro Jizzax Qashqadaryo Navoiy Namangan Samarqand Surxondaryo Sirdaryo Toshkent Fargʻona Xorazm Toshkent shahri Xizmat koʻrsatish turlari 513 575 42 097 51 524 28 531 24 710 38 349 21 161 50 162 41 747 31 613 20 203 33 648 51 699 57 397 20 734 1. Ishga joylashishga koʻmaklashish 281 289 24 905 36 977 16 992 10 658 18 225 10 059 31 511 25 400 17 011 9 849 20 090 32 898 18 100 8 614 2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish 112 332 10 899 4 010 5 007 7 947 10 506 5 142 7 952 6 012 4 840 4 886 5 064 10 654 25 500 3 913 3. Kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malaka oshirish 75 700 3 205 7 543 3 644 4 411 5 620 4 360 5 851 6 036 6 529 3 920 5 529 4 190 8 000 6 862 4. Subsidiya ajratish 39 754 2 788 2 674 2 588 1 414 3 588 1 360 4 438 3 809 3 033 1 208 2 575 3 527 5 497 1 255 4.1. Tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish xarajatlari 8 965 680 813 509 270 813 313 596 596 596 226 726 770 1 600 457 4.2. Kvotalangan ish oʻrinlari uchun 1 589 175 87 132 83 97 66 177 108 92 61 154 112 117 128 4.3. Malaka oshirishga sarflanadigan xarajatlar 8 850 490 810 510 360 850 260 730 1 050 680 220 760 980 480 670 4.4. Tomorqa yer egalariga sarflanadigan xarajatlar 11 635 790 658 921 395 1 053 395 1 711 1 184 1 053 395 527 1 053 1 500 0 4.5. Kooperativ aʼzolari uchun 8 715 653 306 516 306 775 326 1 224 871 612 306 408 612 1 800 5. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan beriladigan kredit hisobiga 4 500 300 320 300 280 410 240 410 490 200 340 390 430 300 90
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son qaroriga 2.1-ILOVA
2021-yilda ishsizlarni boʻsh va zaxira ish oʻrinlariga ishga joylashtirish prognoz koʻrsatkichlari
(kishi) T/r Hududlar nomi Ishga joylashishda koʻmaklashish shundan Murojaat qilgan ishsiz fuqarolarni boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashtirish Maxsus (kvota asosida) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish Respublika boʻyicha 281 289 240 635 40 654 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 24 905 23 166 1 739 2. Andijon viloyati 36 977 30 609 6 368 3. Buxoro viloyati 16 992 14 552 2 440 4. Jizzax viloyati 10 658 9 222 1 436 5. Qashqadaryo viloyati 18 225 16 959 1 266 6. Navoiy viloyati 10 059 7 917 2 142 7. Namangan viloyati 31 511 28 304 3 207 8. Samarqand viloyati 25 400 19 077 6 323 9. Surxondaryo viloyati 17 011 14 629 2 382 10. Sirdaryo viloyati 9 849 7 979 1 870 11. Toshkent viloyati 20 090 15 880 4 210 12. Fargʻona viloyati 32 898 29 196 3 702 13. Xorazm viloyati 18 100 16 230 1 870 14. Toshkent shahri 8 614 6 915 1 699
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-apreldagi PQ-5094-son qaroriga 3-ILOVA
2021-yilda aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya, ishsizlik nafaqalari va mikrokreditlar ajratish prognoz koʻrsatkichlari
(mln soʻm) T/r Hududlar nomi Subsidiyalar* Ishsizlik nafaqasi uchun ajratilgan mablagʻ miqdori* (mln soʻm) ** Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xarajatlari uchun Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar* shundan: Jami Tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish xarajatlari** Kvotalangan ish oʻrinlari uchun** Malaka oshirishga sarflanadigan xarajatlar** Tomorqa yer egalariga sarflanadigan xarajatlar Kooperativ aʼzolari uchun “Mikro-kreditbank” ATB “Agro-bank” ATB “Xalq banki” AT JAMI 92 260,3 4 996,4 4 997,7 14 969,9 45 501,0 21 795,2 65 052,8 40 600,8 125 000,0 50 000,0 37 000,0 38 000,0 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 7 601,5 289,3 774,0 1 098,5 3 299,8 2 140,0 3 735,1 1 311,9 11 642,0 2 902,0 3 960,0 4 780,0 2. Andijon 5 789,3 513,8 454,1 1 148,4 2 648,3 1 024,7 5 905,7 4 363,0 9 216,0 4 716,0 2 220,0 2 280,0 3. Buxoro 6 641,3 381,0 279,7 875,5 3 671,7 1 433,4 5 178,4 1 575,4 8 140,0 2 900,0 2 960,0 2 280,0 4. Jizzax 3 361,2 158,7 175,4 614,4 1 557,4 855,3 2 412,9 1 464,0 7 718,0 2 478,0 2 960,0 2 280,0 5. Qashqadaryo 9 791,1 519,7 431,4 1 412,3 5 139,7 2 288,0 5 873,4 3 652,5 11 496,0 4 716,0 2 220,0 4 560,0 6. Navoiy 3 770,9 191,2 139,3 433,4 2 123,8 883,3 2 160,1 2 981,9 7 476,0 2 540,0 2 960,0 1 976,0 7. Namangan 13 179,3 408,9 376,2 1 229,2 7 869,2 3 295,9 5 077,8 2 161,3 10 676,0 4 656,0 2 220,0 3 800,0 8. Samarqand 9 187,3 378,0 521,2 1 668,4 4 169,7 2 450,0 6 920,5 6 356,0 12 900,0 5 380,0 2 960,0 4 560,0 9. Surxondaryo 8 143,7 337,7 195,3 1 178,5 4 704,2 1 728,0 5 473,1 2 804,6 5 628,0 1 996,0 1 960,0 1 672,0 10. Sirdaryo 3 051,7 143,8 129,0 395,3 1 555,9 827,7 2 134,7 1 184,0 7 448,0 3 688,0 2 220,0 1 540,0 11. Toshkent 6 404,5 417,2 417,9 1 365,1 2 896,0 1 308,3 4 744,4 2 229,2 9 354,0 4 354,0 2 960,0 2 040,0 12. Fargʻona 8 573,1 476,0 526,3 1 670,8 4 083,9 1 816,0 7 436,0 3 945,0 11 320,0 5 320,0 2 960,0 3 040,0 13. Xorazm 5 080,9 483,0 247,7 824,2 1 781,5 1 744,5 3 681,9 2 713,2 9 340,0 2 600,0 3 700,0 3 040,0 14. Toshkent shahri 1 684,4 298,2 330,2 1 056,0 0,0 0,0 4 319,0 3 858,9 2 646,0 1 754,0 740,0 152,0
* Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
** Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Jahon bankining grant mablagʻlari.
