Oʻzbekiston Respublikasi muzey va ilmiy muassasalari fondidan Amir Temur va Temuriylar davriga oid eksponatlarni Temuriylar tarixi davlat muzeyiga oʻtkazish toʻgʻrisida (259-son)
26.05.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Temuriylar tarixi Davlat muzeyidagi Amir Temur va temuriylar davriga oid eksponatlar fondini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi :
1. Oʻzbekiston Respublikasi muzey va ilmiy muassasalari fondidagi roʻyxati ilova* qilinayotgan Amir Temur va temuriylar davriga oid eksponatlar Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga bepul oʻtkazilsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda eksponatlarni Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga oʻtkazishni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bosh vazirning oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-may,
259-son
