“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro valyuta fondi, rekonstruksiyalash va rivojlanish xalqaro banki, rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, xalqaro moliya korporatsiyasi, koʻp tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentligining aʼzosi ekanligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida (622-XII-son)
02.07.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi, Rekonstruksiyalash va rivojlanish xalqaro banki, Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Koʻp tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi Agentligining aʼzosi ekanligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda:
ikki oylik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarini oʻzgartirish va ushbu Qonunga muvofiq holga keltirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar kiritsin;
ushbu Qonunga zid keluvchi hukumat va tarmoq normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqilishini va bekor qilinishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
622-XII-son
