“7-modda. Oila toʻgʻrisidagi va fuqarolik qonunchiligining oʻxshashlik boʻyicha qoʻllanilishi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-683-son) · Sana: 21.04.2021 · Amalda
Oila aʼzolari oʻrtasidagi munosabatlar oila toʻgʻrisidagi qonunchilik yoki taraflarning kelishuvi bilan tartibga solinmagan va bunday munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi fuqarolik qonunchiligi normalari mavjud boʻlmagan taqdirda, mohiyati jihatidan ushbu munosabatlarga zid kelmaydigan oila toʻgʻrisidagi va (yoki) fuqarolik qonunchiligining oʻxshash munosabatlarni tartibga soluvchi normalari (qonun oʻxshashligi) qoʻllaniladi. Bunday normalar boʻlmagan taqdirda oila aʼzolarining huquq va majburiyatlari oila hamda fuqarolik huquqining umumiy tamoyillariga tayangan holda (huquq oʻxshashligi), shuningdek insoniylik, oqillik va adolat tamoyillariga amal qilgan holda belgilanadi”;
6) 8-moddaning matnidagi “Qonun hujjatlarida” va “qonun hujjatlari” degan soʻzlar tegishincha “Qonunchilikda” va “qonunchiligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 9-moddaning matnidagi “qonun hujjatlaridagidan” degan soʻzlar “qonunchilikdagidan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 31-moddaning beshinchi qismidagi “qonun hujjatlarining” degan soʻzlar “qonunchilikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 34-moddaning toʻrtinchi qismidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchiligi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 56-moddaning beshinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchiligida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 73-moddaning toʻrtinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 76-moddaning uchinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
13) 77-moddaning toʻrtinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
14) 81-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
15) 84-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
16) 89-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
17) 90-moddaning beshinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchiligida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
