“2-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-683-son) · Sana: 21.04.2021 · Amalda
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi”;
2) 3-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 5-moddaning ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 7-moddaning ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 10-moddaning oʻn birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 14-moddaning toʻrtinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 24-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 26-moddaning matnidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 27-moddaning:
nomidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
matnidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
80-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 490-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) oʻzbekcha matniga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
