“2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-683-son) · Sana: 21.04.2021 · Amalda
Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi”;
2) 5-moddaning ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 6-modda:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 11-moddaning beshinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 12-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchiligiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 13-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 14-moddaning:
nomidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 15-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
77-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda) oʻzbekcha matniga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
