36-modda. Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar
Davlat xaridlari toʻgʻrisida (O‘RQ-684-son) · Sana: 22.04.2021 · Amalda
Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi kerak:
shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining maʼlumotlar bazalarida ishtirokchining sud qarorlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari mavjud emasligi;
oʻziga nisbatan joriy etilgan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
