31-modda. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot
Davlat xaridlari toʻgʻrisida (O‘RQ-684-son) · Sana: 22.04.2021 · Amalda
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik;
davlat xaridlarining reja-jadvallari;
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar;
hujjatlarning namunaviy shakllari;
xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun zarur boʻlgan namunaviy shartnomalar;
davlat xaridlari bosqichlarining natijalari toʻgʻrisidagi axborot;
Shartnomalarning yagona reyestri;
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri;
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri;
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning qarorlari;
davlat xaridlari boʻyicha statistik axborot.
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portalida eʼlon qilinadi.
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq, xolis va ishonchli boʻlishi kerak.
