28-modda. Davlat xaridlarining elektron tizimi
Davlat xaridlari toʻgʻrisida (O‘RQ-684-son) · Sana: 22.04.2021 · Amalda
Davlat xaridlari subyektlarining hamkorligini, elektron davlat xaridlari jarayonidagi xarid qilish tartib-taomillari oʻtkazilishini taʼminlaydigan tashkiliy, axborotga oid va texnik yechimlarning dasturiy majmui davlat xaridlarining elektron tizimidir.
Davlat xaridlarining elektron tizimi vakolatli organ tomonidan belgilangan talablarga, shu jumladan:
texnik parametrlarga oid talablarga;
texnik va texnologik imkoniyatlarga oid talablarga;
axborotni va tegishli maʼlumotlarni saqlovchi asbob-uskunalarning joylashish yeriga oid talablarga;
axborot xavfsizligi usullari va shartlariga;
maxsus axborot portali va boshqa tashqi axborot tizimlari bilan hamkorlik imkoniyatlariga;
xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazishga oid talablarga;
davlat xaridlari subyektlarining, vakolatli organning va xarid qilish tartib-taomillari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlarining tizimdan foydalanish imkoniyatlariga;
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa talablarga mos boʻlishi kerak.
