26-modda. Davlat xaridlari jarayoni
Davlat xaridlari toʻgʻrisida (O‘RQ-684-son) · Sana: 22.04.2021 · Amalda
Davlat xaridlari jarayoni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
davlat xaridlarini rejalashtirish;
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;
shartnomani tuzish va bajarish;
davlat xaridlari monitoringi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga va boshqa davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlari asosida “fast-track” usulida (bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
