24-modda. Davlat xaridlarining ijrochisi
Davlat xaridlari toʻgʻrisida (O‘RQ-684-son) · Sana: 22.04.2021 · Amalda
Davlat xaridlarining ijrochisi (bundan buyon matnda ijrochi deb yuritiladi) xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib deb topilgan va oʻzi bilan davlat xaridlari toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan ishtirokchidir.
Ijrochi:
davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani bajarish jarayonida tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish;
yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat) uchun haq olish;
shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
Ijrochi:
qonunchilik talablariga rioya etishi;
shartnomani uning shartlariga muvofiq bajarishi;
asosiy benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etishi;
shartnomani bajarish jarayonida davlat buyurtmachisiga yoki vakolatli davlat organiga uning soʻrovi boʻyicha tushuntirishlar va axborot berishi shart.
